Farmakologik xususiyatlari
Preparat qo‘llanilgan joyda tomirlarni toraytiradi, burun va yuqori nafas yo‘llari shilliq qavatining shishishini kamaytiradi, burundan ajralmalarni kamaytiradi, burun orqali nafas olishni tiklaydi, burun yondosh bo‘shliqlari va o‘rta quloq bo‘shlig‘ining shamollatilishini tiklashga yordam beradi, bu esa bakterial asoratlar (sinusitlar, o‘rta otit) rivojlanishining oldini oladi.
Burunga qo‘llanganda terapevtik konsentratsiyalarda burun shilliq qavatini bezovta qilmaydi, giperemiyaga olib kelmaydi.
Romashka va evkalipt yog‘i mahalliy yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, shilliqni ajralishini osonlashtiradi. Preparat burun yo‘llari shilliq qavatiga muloyim ta’sir ko‘rsatadi, uni namlaydi va ortiqcha qurib qolishdan himoya qiladi.
Preparatning ta’siri tez boshlanadi (qo‘llangandan bir necha daqiqa o‘tib).
Ta’sir davomiyligi - 12 soatgacha.
Mahalliy intranazal qo‘llanganda tizimli ta’sir ko‘rsatmaydi.