Nojo´ya ta´sirlar
Nojo‘ya reaktsiyalar chastotasi quyidagi MedDRA tasnifiga muvofiq keltirilgan:
· juda tez-tez (>1/10);
· tez-tez (>1/100, <1/10);
· tez-tez bo‘lmagan (>1/1000, <1/100);
· kam hollarda (>1/10 000, <1/1000);
· juda kam hollarda (<1/10 000);
· noma’lum (mavjud ma’lumotlarga ko‘ra aniqlash imkoni yo‘q).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: teri toshmasi, juda kam hollarda — angionevrotik shish.
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va o‘rta ko‘krak qismi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda — laringospazm.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: fotosensibilizatsiya, og‘iz qurishi, og‘iz bo‘shlig‘ida uvishish hissi, og‘izda achish hissi.