Dorilarning o'zaro ta'siri
MAO ingibitorlari, sedativ preparatlar, etanolning ta’sirini kuchaytiradi.
Guanetidinning gipotenziyal ta’sirini kamaytiradi, u esa o‘z navbatida fenilefrinning alfa-adrenostimulyatsion faolligini kuchaytiradi.
Antidepressantlar, parkinsonga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydik tutilishi, og‘iz qurishi, qabziyat rivojlanish xavfini oshiradi.
GKS glaukoma rivojlanish xavfini oshiradi.
Paratsetamol diuretik preparatlar samaradorligini kamaytiradi.
Xlorfenamin MAO ingibitorlari, furazolidon bilan birga qo‘llanganda gipertonik kriz, qo‘zg‘alish, giperpireksiya chaqirishi mumkin.
Trisiklik antidepressantlar simpatomimetik ta’sirni kuchaytiradi, galotan bilan birga buyurilganda qorinchadan kelib chiqadigan aritmiya rivojlanish xavfini oshiradi.