Dorilarning o'zaro ta'siri
Preparatni fosfat va karbonat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirib bo‘lmaydi. Boshqa dori vositalari uchun erituvchi yoki tashuvchi sifatida ishlatib bo‘lmaydi, chunki ularni qo‘shish fizik-kimyoviy xususiyatlarning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Agar bunday qo‘shish zarur bo‘lsa, ularning mosligini diqqat bilan tekshirish lozim.
Kaliy preparatlari, kaliy tejovchi diuretiklar, angiotenzin aylanishini bloklovchi ferment (AAF) ingibitorlari bilan birga qo‘llanganda giperkaliemiya rivojlanish xavfi ortadi.
Ringer laktat preparatini yurak glikozidlari bilan bir vaqtda yuborilganda, eritmada kalsiy ionlari mavjudligi sababli yurak glikozidlarining toksik ta’siri kuchayadi.
Antibiotiklarni infuziya ko‘rinishida yuborishda erituvchi sifatida, shuningdek, yallig‘lanishga qarshi preparatlarni suyultirish uchun qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Preparat tsefamandol, amfoteritsin, etil spirti, tiopental, aminokapron kislotasi, metaraminol, ampisillin, vibramitsin va monotsiklin bilan nomutanosibdir.