Maxsus ko'rsatmalar
Ringer laktat eritmasi bilan infuzion terapiya o'tkazishda laborator ko'rsatkichlarni aniqlash va bemorning holatini klinik baholash, elektrolitlar konsentratsiyasi, suv-elektrolit muvozanati, pH va pCO 2 , laktat (massiv infuziyalar o'tkazilganda) monitoringini olib borish zarur. Natriy ionlari tarkibiga ko'ra, Ringer laktat eritmasini arterial gipertenziya, buyrak va yurak-qon tomir yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga, keksalar, shuningdek natriy ushlanishi va shishlar bilan kechadigan klinik holatlarda, gipoksiya va jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Vena ichiga eritmalar yuborilishi suyuqlik va / yoki eritma bilan ortiqcha yuklanish, gipergidratatsiya, dimlanish va o'pka shishini chaqirishi mumkin. Dilutsiya rivojlanish xavfi elektrolitlar konsentratsiyasiga teskari proporsional. Eritma bilan ortiqcha yuklanish xavfi, periferik shishlar va o'pka shishi bilan dimlanish chaqiradi, elektrolitlar konsentratsiyasiga to'g'ri proporsional. Gipersensitivlik reaksiyasi har qanday belgilari paydo bo'lsa, eritma yuborilishini darhol to'xtatish va zarur davolashni o'tkazish kerak. Preparat natriy laktat saqlaganligi sababli, uni gipernatriyemiyaga moyil (masalan, buyrak usti bezlari po'stlog'i, qandli diabet insipidus yoki to'qimalarning massiv shikastlanishi) yoki yurak kasalliklari bo'lgan bemorlarga, natriy ionlari tarkibiga ko'ra, buyrak va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, ayniqsa operatsiyadan keyingi davrda, shuningdek natriy ushlanishi va shishlar bilan kechadigan klinik holatlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Natriy saqlovchi eritmalarni kortikosteroidlar yoki kortikotropin qabul qilayotgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Kaliy miqdori yurak kasalliklari va kaliy ushlanishi bilan kechadigan klinik holatlarda eritmani ehtiyotkorlik bilan qo'llashni talab qiladi. Kalsiy buyurilishi elektrokardiografiya (EKG) nazorati ostida o'tkazilishi kerak, ayniqsa digitalliz qabul qilayotgan bemorlar uchun. Qon zardobidagi kalsiy darajalari har doim ham to'qimalardagi kalsiy darajasini aks ettirmaydi. Buyrak chiqaruv funksiyasi pasaygan bemorlarda eritma buyurilishi natriy yoki kaliy ushlanishiga olib kelishi mumkin. Kalsiy ionlari mavjudligi qon preparatlari bilan birga buyurilganda koagulyatsiya rivojlanish ehtimoli tufayli ehtiyotkorlikni talab qiladi. Kalsiy parenteral buyurilishi yurak glikozidlari qabul qilayotgan bemorlarga alohida e'tibor bilan amalga oshirilishi kerak. Laktat glyukoneogenez uchun substrat bo'lganligi sababli, II tur qandli diabeti bo'lgan bemorlarda qon glyukoza darajasini diqqat bilan nazorat qilish kerak.
Homiladorlik davrida faqat onaga kutilayotgan foyda homilaga mumkin bo'lgan xavfdan ustun bo'lgan hollarda qo'llaniladi.
Eritma dozasidan oshib ketganda, ko'p hollarda yuborishni to'xtatish kifoya qiladi.
Dorini bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.