Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Eritma faqat tomir ichiga (v/v) qo'llash uchun mo'ljallangan. Doza shifokor tomonidan belgilanadi va bemorning yoshi, tana massasi, klinik holati va laborator ko'rsatkichlariga bog'liq. V/v tomchilab kuniga 500 dan 1000 ml gacha dozada yuboriladi, o'rtacha yuborish tezligi - tana massasining 1 kg ga 3,0 ml soatiga yoki 70 tomchi/min yoki 250 ml/soat.
Eritmani buyurish har bir bemor uchun hisoblangan qo'llab-quvvatlovchi yoki o'rnini bosuvchi suyuqlik ehtiyojiga asoslanishi kerak.
Umumiy sutkalik doza tana massasining 2-6% gacha.
Parenteral preparatlarni ishlatishdan oldin ularni zarrachalar va rang o'zgarishi bor-yo'qligiga vizual tekshirish kerak.
Nojo´ya ta´sirlar
Katta hajmdagi eritma kiritilganda, kislotali holat rivojlanishi mumkin. Noto'g'ri yuqori dozada suv-elektrolit muvozanatining buzilishi, jumladan, gipovolemiya, gipernatriemiya, giperkaliemiya, giperkaltsiyemiya, giperkhloremiya mumkin.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamiка. «Ringer laktat eritmasi» — elektrolitlar muvozanatli tarkibiga ega tuzli eritma. Aylanayotgan qon hajmi yetishmovchiligini to‘ldiradi. Dori vositasi tarkibiga kiruvchi laktat metabolik jarayonlar natijasida bikarbonat anionlariga aylanadi, bu esa qonni reaksiyasini biroz ishqoriy tomonga o‘zgartiradi. Eritma, shuningdek, qondagi toksik mahsulotlar konsentratsiyasini kamaytirish va diurezni faollashtirish natijasida detoksikatsion ta’sirga ega. Eritma izotonik eritmaga yaqin.
Farmakokinetika. Preparat tomir ichiga yuborilganda qisqa vaqt ichida qonni osmolarligi oshadi. Preparat taxminan yarim soatdan so‘ng to‘qimalarga o‘tadi. Preparat komponentlari siydik bilan chiqariladi.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Kaliy tejovchi diuretiklar, angiotenzin aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari va kaliy preparatlari qo‘llanilganda giperkaliemiya rivojlanish xavfi oshadi. «Ringer laktat eritmasi» va yurak glikozidlari bir vaqtda qo‘llanilganda eritmada Ca++ ionlari mavjudligi hisobiga oxirgilarning toksik ta’siri kuchayadi.
Preparat tsefamandol, amfoteritsin, etil spirti, tiopental, aminokapron kislotasi, metaraminol, ampisillin, vibramitsin va monotsiklin bilan mos kelmaydi.
«Ringer laktat eritmasi»ni infuziya yo‘li bilan yuboriladigan antibiotiklarni hamda yallig‘lanishga qarshi preparatlarni suyultirish uchun vosita sifatida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda organizmda natriy ushlanishi ortishi mumkin: nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYaQV), androgenlar, anabolik gormonlar, estrogenlar, kortikotropin, mineralokortikoidlar, vazodilatatorlar yoki ganglioblokatorlar.
Dori vositasi tarkibida laktat mavjudligi sababli, u pH ni ishqoriylashtiradi, «Ringer laktat eritmasi»ni buyrak orqali chiqarilishi pH ga bog‘liq bo‘lgan preparatlar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Salitsilatlar, barbituratlar, litiyning buyrak klirensi kamayishi, simpatomimetiklar va stimulyatorlar (masalan, deksamfetamin sulfat, fenfluramin gidroxlorid) klirensi esa oshishi mumkin.
Maxsus ko'rsatmalar
«Ringer laktat eritmasi» dori vositasi bilan infuzion terapiya o'tkazilayotganda bemorning klinik holatini elektrolitlar konsentratsiyasi, suv-elektrolit muvozanati, pH va pCO2, laktat darajasi (massiv infuziyalar o'tkazilganda) monitoringi asosida baholash zarur.
Natriy ionlari tarkibi tufayli «Ringer laktat eritmasi» arterial gipertenziya, buyrak va yurak-qon tomir yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga, keksalar, shuningdek natriy ushlanishi va shishlar bilan kechadigan klinik holatli bemorlarga, gipoksiya va jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak.
Vena ichiga eritmalar yuborilishi suyuqlik bilan ortiqcha yuklanish, gipergidratatsiya, dimlanish va o'pka shishiga olib kelishi mumkin. Dilutsiya rivojlanish xavfi elektrolitlar konsentratsiyasiga teskari proporsional. Eritma bilan ortiqcha yuklanish, bu periferik shishlar va o'pka shishi bilan dimlanishga olib keladigan holat rivojlanish xavfi elektrolitlar konsentratsiyasiga to'g'ri proporsional.
Gipersensitivlik reaksiyasining har qanday namoyon bo'lishi yuzaga kelganda eritma yuborilishini darhol to'xtatish va mos davolash o'tkazish kerak.
Preparat natriy laktat saqlaganligi sababli, uni gipernatriyemiyaga moyil (masalan, adrenokortikal yetishmovchilik, qandli diabet insipidus yoki to'qimalarning massiv shikastlanishi bo'lgan) bemorlarga va yurak kasalliklari bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak; natriy ionlari tarkibi tufayli eritmani buyrak va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, ayniqsa operatsiyadan keyingi davrda, shuningdek natriy ushlanishi va shishlar bilan kechadigan klinik holatli bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo'llash zarur.
Natriy saqlovchi eritmalarni kortikosteroidlar yoki kortikotropin qabul qilayotgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Kaliy tarkibi tufayli eritmani yurak kasalliklari va organizmda kaliy ushlanishi bilan kechadigan klinik holatli bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo'llash zarur.
Kalsiy buyurilganda yurak faoliyatini elektrokardiografiya (EKG) yordamida nazorat qilish zarur, ayniqsa digitallis qabul qilayotgan bemorlarda. Qon zardobidagi kalsiy darajalari har doim ham to'qimalardagi kalsiy darajasini aks ettirmaydi.
Buyrak chiqaruv funksiyasi pasaygan bemorlarda eritma qo'llanilishi natriy yoki kaliy ushlanishiga olib kelishi mumkin.
Eritmada kalsiy ionlari mavjudligi sababli, qon preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanganda ehtiyotkorlik zarur, chunki koagulyatsiya rivojlanishi mumkin.
Kalsiy parenteral buyurilganda yurak glikozidlari qabul qilayotgan bemorlarga alohida e'tibor zarur.
Laktat glyukoneogenez uchun substrat hisoblanadi, shuning uchun II tur qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda qondagi glyukoza darajasini diqqat bilan nazorat qilish zarur.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!