-
Tarkibi
Har bir ichakda eriydigan qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni o'z ichiga oladi:
faol modda: serratiopeptidaza – 10 mg yoki 20 mg;
yordamchi moddalari: ikki asosli kalsiy fosfati, makkajo'xori kraxmali, makkajo'xori kraxmali (pasta uchun), natriy metilparaben, natriy propilparaben, povidon (PVPK-30), tozalangan suv, tozalangan talk, magniy stearati, natriy kraxmal glikolyati, eritrozin leyki bo'yoq, Instakoat ((IC-EN-827) oq, izopropil spirti, metilen xlorid, tozalangan talk.
-
Qo'llanilishi
Xirurgiya: Sport jarohatlari, paylarning cho‘zilishi va uzilishi, sinishlar va chiqishlar, operatsiyadan keyin paydo bo‘ladigan shishlar: preparat transplantatlarni rad etish ehtimoli bo‘lganda ham qo‘llaniladi.
Plastik xirurgiya: Preparat operatsiyadan keyingi shishlarni kamaytiradi va transplantat rad etilgan joyda mikrosirkulyatsiyani tiklaydi.
Yuqori nafas yo‘llari kasalliklari: Preparat balg‘amning quyuqligini kamaytiradi va antibiotiklarning yaxshiroq kirib borishiga yordam beradi.
LOR organlari kasalliklari: Preparat quloq bo‘shlig‘i va burun bo‘shliqlarida mukolitik ta’sir ko‘rsatadi.
Dermatologiya: Preparat o‘tkir og‘riqli yallig‘lanishli dermatozlarda qo‘llaniladi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Serratiopeptidaza yoki boshqa dori vositalarining komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
-
Qo'llash usuli
Preparat 1 tabletka (10 mg uchun) yoki 1/2 tabletka (20 mg uchun) kuniga 3 marta ovqatdan qat'i nazar buyuriladi. Tabletkalarni chaynashsiz, 1 stakan suv bilan yutib yuborish kerak.
Davolash kursining davomiyligi patologik jarayonning xususiyati va dinamikasiga bog'liq va individual ravishda belgilanadi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ba'zi hollarda preparat bilan davolash diareya, ko'ngil aynishi, qusish, anoreksiya va epigastral sohada noqulaylikni keltirib chiqarishi mumkin. Juda kam hollarda burundan qon ketishi va balg'amda qon izlari paydo bo'lishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Serrapepdaza, shuningdek, serratiopeptidaza nomi bilan ham tanilgan, proteolitik ferment bo'lib, u patogen bo'lmagan ichak bakteriyalari Serratia E15 dan olinadi. Klinik sinovlar serratiopeptidaza fibrinolitik, yallig'lanishga qarshi va shishlarga qarshi ta'sirga ega ekanligini ko'rsatdi.
Yallig'lanish jarayonini kamaytirishdan tashqari, serratiopeptidaza og'riqli aminlarning yallig'langan to'qimalardan ajralishini bloklash orqali og'riqni kamaytiradi.
Serratiopeptidaza qon alfa-2-makroglobulini bilan 1:1 nisbatda birikadi, bu uning antigenligini yashiradi, lekin ferment faolligini saqlab qoladi. Serratiopeptidaza yallig'lanish o'chog'idagi ekssudatga o'tadi va uning qondagi darajasi asta-sekin kamayadi.
Serratiopeptidaza to'g'ridan-to'g'ri kapillyarlarning kengayishini kamaytiradi va ularning o'tkazuvchanligini bradikinin, gistamin va serotonin gidrolizi orqali nazorat qiladi. Serratiopeptidaza plazmin ingibitorlarini bloklaydi va shu tariqa plazminning fibrinolitik faolligiga yordam beradi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, epigastral sohada noqulaylik. Ba'zi hollarda dozani oshirib yuborish simptomlari balg‘amda qon izlari va qon ketishidir.
Davolash: davolash simptomatik.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Bir vaqtda qo‘llanganda preparat antikoagulyantlarning ta’sirini kuchaytiradi. Bunday preparatlar kombinatsiyasi diqqatli tibbiy nazorat ostida qo‘llanilishi kerak.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat qon ivishiga ta'sir qilgani sababli, uni qon ketish xavfi va qon ivish vaqti buzilgan bemorlarda, shuningdek, antikoagulyantlar qabul qilayotgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Jigar va buyrakning og'ir kasalliklarida preparat ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo'llanilishi
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llash tajribasi yo'q, shuning uchun bunday bemorlarga uni qo'llash tavsiya etilmaydi.
Bolalar
Bolalarda qo'llash tajribasi yo'q, shuning uchun preparatni ushbu yosh guruhida qo'llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Serratiopeptidaza avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga salbiy ta'siri haqida ma'lumot yo'q.
Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo'llash mumkin emas va uni bolalar uchun yetib bo'lmaydigan joyda saqlash kerak.