Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Reozorbilakt 400 ml
Reozorbilakt 400 ml
Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Diabetiklar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Bolalar uchun

    Ruxsat

Mavjud
69 498 so'm 85 800 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari reozorbilakt 400 ml
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 ml eritmada faol moddalardan sorbitol 60,0 mg, natriy laktat (100% modda hisobida) 19,0 mg, natriy xlorid 6,0 mg, kalsiy xlorid digidrat (kalsiy xlorid hisobida) 0,1 mg, kaliy xlorid 0,3 mg, magniy xlorid geksagidrat (magniy xlorid hisobida) 0,2 mg; yordamchi modda in'ektsiya uchun suv. nazariy osmolyerlik – 891 mOsmol/l; pH 6,00-7,60; ion tarkibi 1 l preparatda Nа+ – 272,20 mmol, K+ – 4,02 mmol, Са++ – 0,90 mmol, Mg++ – 2,10 mmol, Cl- – 112,69 mmol, Lac- – 169,55 mmol.
  • Qo'llanilishi
    detoksikatsiya uchun, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash, KORni korreksiya qilish, travmatik, operatsion, gemolitik va kuyish shokida, o‘tkir qon yo‘qotishda, kuyish kasalligida, uzoq davom etuvchi yiringli jarayonlarda, infeksion kasalliklarda, surunkali gepatitda, operatsiyaga tayyorlash va operatsiyadan keyingi davrda, qon tomirlarining oblitiratsiyalovchi kasalliklarida gemodinamikani yaxshilash uchun.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    alkaloz, suyuqlik yuborilishi cheklangan holatlar (insult, tromboemboliya, dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, gipertonik kasallik III bosqichi).
  • Qo'llash usuli
    v/v struyli yoki kapelno. Travmatik, kuyish, operatsiyadan keyingi, gemolitik shokda 600–1000 ml (10–15 ml 1 kg bemor tana vazniga) avval struyli, so‘ngra kapelno; zarurat tug‘ilganda qayta yuboriladi. Surunkali gepatitda 400 ml (6–7 ml 1 kg tana vazniga) kapelno yuboriladi, o‘tkir qon yo‘qotishda takroran — 1500–1800 ml (25 ml gacha 1 kg tana vazniga). Operatsiyadan oldin va operatsiyadan keyin 400 ml (6–7 ml 1 kg tana vazniga) kapelno, bir marta yoki har kuni 3–5 kun davomida takroran yuboriladi. Qon tomirlarining oblitiratsiyalovchi kasalliklarida 8–10 ml 1 kg tana vazniga hisobida, v/v kapelno har kuni emas, balki kunora yuboriladi; davolash kursi — 10 infuziya.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    alkaloz.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Reosorbilakt® reologik, qarshi shok, detoksikatsion, shuningdek, ishqoriylashtiruvchi ta'sirga ega va ichak peristaltikasini stimulyatsiya qiladi. Preparatning asosiy farmakologik faol moddalari sorbitol va natriy laktat hisoblanadi. Jigar hujayralarida sorbitol avval fruktozaga aylanadi, keyinchalik fruktoza glyukozaga, undan so‘ng glikogenga aylanadi. Sorbitolning bir qismi zudlik bilan energiyaga bo‘lgan ehtiyojlar uchun ishlatiladi, boshqa qismi esa zaxira sifatida glikogen ko‘rinishida to‘planadi. Sorbitolning izotonik eritmasi dezagregatsion ta'sirga ega va shu tarzda mikrosirkulyatsiya va to‘qimalar perfuziyasini yaxshilaydi. Bikarbonat eritmasidan farqli o‘laroq, natriy laktat yordamida metabolik atsidozni korreksiya qilish uning almashinuv jarayoniga qo‘shilishi bilan sekinroq sodir bo‘ladi, pHning keskin o‘zgarishlari yuzaga kelmaydi. Natriy laktatning ta'siri yuborilgandan 20-30 daqiqa o‘tib namoyon bo‘ladi. Natriy xlorid rehidratatsion ta'sirga ega. Turli patologik holatlarda natriy va xlor ionlari yetishmovchiligini to‘ldiradi. Kalsiy xlorid kalsiy ionlari yetishmovchiligini to‘ldiradi. Kalsiy ionlari nerv impulslarini o‘tkazish, skelet va silliq mushaklarning qisqarishi, miokard faoliyati, suyak to‘qimasining shakllanishi, qonni ivitish jarayonlari uchun zarur. Hujayralar va tomir tarmog‘i o‘tkazuvchanligini pasaytiradi, yallig‘lanish reaksiyalarining rivojlanishini oldini oladi, organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi. Kaliy xlorid suv-elektrolit muvozanatini tiklaydi. Manfiy xrono- va batmotrop ta'sirga ega, yuqori dozalarda – manfiy ino-, dromotrop va o‘rtacha diuretik ta'sirga ega. Nerv impulslarini o‘tkazish jarayonida ishtirok etadi. Asetilxolin miqdorini oshiradi va vegetativ asab tizimining simpatik bo‘limini qo‘zg‘atadi. Mushak distrofiyasi, miasteniya holatlarida skelet mushaklarining qisqarishini yaxshilaydi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Dori preparati kislota-ishqor muvozanati va qonni elektrolitlari, jigar funksional holati va arterial bosim ko‘rsatkichi nazorati ostida qo‘llaniladi. Kalkulezli xoletsistit bilan kasallangan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan yuborish kerak. Preparat tarkibida sorbit mavjud, shuning uchun kam uchraydigan irsiy fruktoza intoleransiyasi bo‘lgan bemorlarga ushbu preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar haqida ma’lumotlar yo‘q. Bolalar. Bolalarga yuborish tajribasi yetarli emas. Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati. Preparat statsionar sharoitda qo‘llanilgani sababli, bunday ta’sirlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Preparat yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasligi va bolalar uchun yetib bo‘lmaydigan joyda saqlanishi kerak.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Olimjon
    ico ico ico ico ico
    Покупала этот товар впервые и осталась очень довольна результатом. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Nazira
    ico ico ico ico ico
    Отличный продукт! Быстрая доставка и качественная упаковка.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico