Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Rengalin eritmasi og'iz orqali 100 ml
Rengalin eritmasi og'iz orqali 100 ml
Ishlab chiqaruvchi: Материа Медика
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    3 yoshdan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Diabetiklar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud
45 765 so'm 56 500 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari rengalin eritmasi og'iz orqali 100 ml
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Faol modda: bradikininga affinni tozalangan antitanalar – 2 000 EMD*, gistaminga affinni tozalangan antitanalar – 2 000 EMD*, morfinnga affinni tozalangan antitanalar – 2 000 EMD*. Yordamchi modda: gipromelloza, maltitol, glitserol, kaliy sorbat, limon kislotasi suvdan holi, tozalangan suv. * EMD – modifikatsiyalovchi ta’sir birligi.
  • Qo'llanilishi
    Rengalin® kattalar va 3 yoshdan boshlab bolalarda qo‘llash uchun ko‘rsatilgan. Gripp va O‘RVI, o‘tkir faringit, laringotraxeit, o‘tkir obstruktiv laringit, surunkali bronxit, surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi va yuqori hamda pastki nafas yo‘llarining boshqa infeksion-yallig‘lanish va allergik kasalliklarida samarali bo‘lgan produktiv va no-produktiv yo‘tal.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    3 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi. Preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik. Fruktozani irsiy o‘zlashtira olmaslik (tarkibida maltitol mavjudligi sababli).
  • Qo'llash usuli
    Og‘iz orqali. Bir qabulga – 1-2 choy qoshiq (5-10 ml) – ovqatdan tashqari. Preparat maksimal samaradorlik uchun eritmani yutishdan oldin og‘izda ushlab turish tavsiya etiladi. 1-2 choy qoshiqdan kuniga 3 marta qabul qilish. Holat og‘irligiga qarab dastlabki uch kun davomida qabul qilish tezligi kuniga 4-6 martagacha oshirilishi mumkin. Davolash davomiyligi kasallik og‘irligiga bog‘liq va davolovchi shifokor tomonidan belgilanadi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Preparat komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lishi mumkin. Agar ko‘rsatilgan nojo‘ya ta’sirlar kuchaysa yoki Sizda yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lsa, bu haqda shifokorga xabar bering.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Eksperimental tarzda ko‘rsatilgan, preparat komponentlari endogen regulyatorlarning mos retseptorlari bilan ligand-retseptor o‘zaro ta’sirining faolligini modifikatsiya qiladi: morfinga qarshi antitanachalar (preparat komponenti) endogen regulyatorlarning opiat retseptorlari bilan ligand-retseptor o‘zaro ta’sirining faolligini modifikatsiya qiladi; gistaminga qarshi antitanachalar – H1 gistamin retseptorlari bilan; bradikininga qarshi antitanachalar – bradikinin retseptorlari bilan; shu bilan birga, komponentlarning birgalikda qo‘llanilishi yo‘talga qarshi ta’sirni kuchaytiradi. Yo‘talga qarshi ta’sirdan tashqari, kompleks preparat uning tarkibiga kiruvchi komponentlar hisobiga yallig‘lanishga qarshi, shishlarga qarshi, antiallergik, spazmolitik (gistaminga qarshi antitanachalar, bradikininga qarshi antitanachalar) va analgezik ta’sir (morfinga qarshi antitanachalar) ko‘rsatadi. Kompleks preparat Rengalin® gistamin-ga bog‘liq H1-retseptorlar va bradikinin-ga bog‘liq B1 va B2-retseptorlar faolligining modifikatsiyasi hisobiga orqa miyaning yo‘tal markazi qo‘zg‘aluvchanligini selektiv ravishda pasaytiradi, yo‘tal refleksining markaziy bo‘g‘inlarini tormozlaydi. Talamusda og‘riq sezgirligi markazlarini bostirib, og‘riq impulslarini bosh miya po‘stlog‘iga uzatilishini bloklaydi. To‘qima va plazma algogenlari (gistamin, bradikinin, prostaglandinlar va boshqalar) ajralishini kamaytirish natijasida periferiyadan og‘riq impulsatsiyasi oqimini ingibitsiya qiladi. Narkotik analgetiklardan farqli o‘laroq, nafas olishni bostirmaydi, dori qaramligini keltirib chiqarmaydi, narkogen va uyqu keltiruvchi ta’sirga ega emas. O‘tkir faringit, laringit va bronxit belgilari namoyon bo‘lishini yengillashtiradi, bronxospazmni kamaytiradi. Allergik reaksiyalarning tizimli va mahalliy simptomlarini gistamin va bradikininning to‘qima hujayralaridan sintezi va ajralishiga ta’sir qilish hisobiga bartaraf etadi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Kamdan-kam uchraydigan irsiy fruktoza intoleransiyasi bo‘lgan bemorlarga ushbu preparatni qabul qilish tavsiya etilmaydi. Zaruriyat tug‘ilganda mukolitiklar bilan birga qo‘llash mumkin. Qandli diabet bilan kasallangan bemorlar esda tutishlari kerakki, har bir choy qoshiq (5 ml) preparatda 0,3 g maltitol mavjud, bu 0,02 non birligiga (XE) teng. Maltitolning metabolizmi uchun insulin zarur, biroq sekin gidroliz va me’da-ichak traktida so‘rilishi tufayli insulinga ehtiyoj kam. Maltitolning energiya qiymati 10 kJ yoki 2,4 kkal/g, bu saxaroza energiya qiymatidan ancha past. Preparatning bir choy qoshiq energiya qiymati taxminan 5,7 kJ (1,37 kkal) ni tashkil qiladi. Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri O‘rganilmagan.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Dozani oshirib yuborishda preparat tarkibiga kiruvchi yordamchi moddalar (maltitol, glitserol) bilan bog‘liq dispeptik holatlar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya) yuzaga kelishi mumkin. Davolash – simptomatik.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Nigora
    ico ico ico ico ico
    Замечательный раствор, заказала для мамы, она довольна результатом. Спасибо магазину Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilzod
    ico ico ico ico ico
    Отличное качественное средство, помогло быстро справиться с проблемами желудка.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico