-
Tarkibi
5 ml suspenziya tarkibida: Faol moddalari: alyuminiy gidroksidi - 405 mg, magniy gidroksidi - 100 mg, simetikon - 125 mg. Yordamchi moddalari: sorbitol 70%, mannitol, vodorod peroksidi konsentratsiyasi, metilparaben, propilparaben, limon kislotasi suvdan holi, natriy saxarinat, etanol 95%, yalpiz moyi, guar saqichi, tozalangan suv.
-
Qo'llanilishi
• oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi zo‘rayish bosqichida (kombinatsiyalangan terapiya tarkibida); • o‘tkir gastrit, surunkali gastrit zo‘rayish bosqichida; • diafragma qizilo‘ngach teshigi churrasi; • reflyuks-ezofagit; • duodenit; • noqulaylik, meteorizm, epigastriyadagi og‘riq, qizish, nordon kekirish, noto‘g‘ri ovqatlanish, spirtli ichimliklar, kofe va nikotinni ortiqcha iste'mol qilishda yuzaga keladigan.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; - buyrak funksiyalarining yaqqol buzilishi; - 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi; - homiladorlik va laktatsiya davri.
-
Qo'llash usuli
Ichga qabul qilish uchun suspenziya. Qabul qilishdan oldin flakondagi suspenziya yaxshilab chayqatilishi kerak. Kattalarga 2 choy qoshiqdan (10 ml) kuniga 4 marta ovqatdan 30–40 daqiqa oldin (agar shifokor boshqacha ko‘rsatmasa) qabul qilinadi. Reflyuks-ezofagitda preparat ovqatdan 1 soat o‘tgach ham 2 choy qoshiqdan (10 ml) qabul qilinadi. Epizodik qo‘llanilganda (noto‘g‘ri ovqatlanishda noqulaylik) – bir martalik 2 choy qoshiq (10 ml). Maksimal sutkalik doza 16 choy qoshiq (80 ml). 10 yoshdan katta bolalar uchun ovqatdan 1 soat o‘tgach (agar shifokor boshqacha ko‘rsatmasa) 1 choy qoshiqdan (5 ml) kuniga 2 marta.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda yuqori dozalarda qabul qilinganda, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya yoki qabziyat, ta'm sezgilarining o‘zgarishi. Modda almashinuvi tomonidan: preparat yuqori dozalarda buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda alyuminiyning buyraklar orqali chiqarilishi buzilishi va suyaklarda to‘planishi bilan bog‘liq osteomalatsiya kuzatilishi mumkin, uzoq muddat qo‘llanganda gipofosfatemiya rivojlanishi mumkin, bu og‘irroq shaklda anoreksiya, mushak zaifligi va osteomalatsiyaga olib kelishi mumkin. Boshqalar: artralgiyalar, Altsgeymer kasalligining zo‘rayishi (keksalarda).
-
Farmakologik xususiyatlari
Preparat faol moddalarning yaxshi muvozanatlangan kombinatsiyasidan iborat. Alyuminiy gidroksidi - oshqozondagi ortiqcha xlorid kislotani neytrallaydi, alyuminiy xloridini hosil qiladi. Alyuminiy xloridi xlorid kislotasi ta’sirida ishqoriy alyuminiy tuzlariga aylanadi, ular juda yomon so‘riladi, lekin me’da-ichak trakti orqali chiqariladi. Shu bilan birga, qonda alyuminiy ionlari miqdori deyarli o‘zgarmaydi. Magniy gidroksidi - shuningdek, oshqozondagi xlorid kislotani neytrallaydi, magniy xloridiga aylanadi. Ichakda bu tuz yomon so‘riladigan magniy karbonatini hosil qiladi va qonda magniy ionlari konsentratsiyasini sezilarli darajada o‘zgartirmaydi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda magniy va alyuminiy ionlari darajasi ularning chiqarilishi buzilishi natijasida qonda toksik darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Simetikon - butun me’da-ichak trakti bo‘ylab ta’sir qiladi va inert birikma hisoblanadi. Karminativ ta’sir ko‘rsatadi (meteorizmni bartaraf etadi). Fazalar chegarasida sirt tarangligini kamaytiradi, bu gaz pufakchalari hosil bo‘lishini qiyinlashtiradi va ularning me’da-ichak trakti shilliq va suspenziyasida parchalanishiga yordam beradi. Simetikon antatsidlar bilan qo‘llanganda ularning qoplovchi ta’sirini kuchaytiradi va shu bilan shilliq qavatni agressiv omillar ta’siridan himoya qiladi. U boshqa moddalarning so‘rilishiga ta’sir qilmaydi, to‘planmaydi va to‘planishga yordam bermaydi, me’da-ichak trakti pH va kimyoviy muhitini o‘zgartirmaydi va o‘zgarmagan holda chiqariladi. Preparat umuman olganda erkin xlorid kislotaga nisbatan yuqori neytrallash va me’da-ichak trakti shilliq qavatini himoya qilish xususiyatlarini ta’minlaydi. Antatsid, qoplovchi va adsorbsiyalovchi ta’sir ko‘rsatadi. Xlorid kislotani neytrallash hisobiga kislotalikni kamaytiradi, uni doimiy darajada ushlab turadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatni jigar va markaziy asab tizimi kasalliklari bo‘lgan bemorlarga, alkogolizm va epilepsiyadan aziyat chekayotganlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak; Preparatni boshqa dori vositalari bilan birga qo‘llaganda, qabul qilish oralig‘i kamida 2 soat bo‘lishi kerak. Zaruriyat tug‘ilganda preparat buyrak, jigar funksiyasi buzilgan va keksalar yoshidagi bemorlarga – alohida ehtiyotkorlik bilan va davolovchi shifokor nazorati ostida buyuriladi. Preparatni uzoq muddat qo‘llashda qonda fosfor va magniy miqdorini nazorat qilish tavsiya etiladi. Preparat bemorning psixofizik holatini o‘zgartirmaydi, avtotransport boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini buzmaydi. Preparatni bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar: kalsiy, magniy, fosfor almashinuvi buzilishi belgilar (zaiflik, suyaklarda og‘riq, terining qizarishi, noadekvat xatti-harakat). Davolash: zaruriyat tug‘ilganda simptomatik terapiya o‘tkaziladi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Remetik bir vaqtda quyidagi dori vositalari bilan qabul qilinganda: tetratsiklin qatori antibiotiklari, vitaminlar, digoksin, gistamin H2-retseptorlari blokatorlari, temir tuzlari, tsiprofloksatsin, fenotiazin, izoniazid, beta-adrenoblokatorlar, indometatsin va ketokonazol, ularning terapevtik ta'sirini kamaytirishi mumkin.