Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
1 ml tarkibida:Bifidobacterium bifidum - 0,625 x 10^9 KOYe.Bifidobacterium longum - 0,625 x 10^9 KOYe.Lactobactillus acidophilus - 0,025 x 10^9 KOYe.Kolekalsiferol (vitamin D3) - 400 ME.
Qo'llanilishi
Quyidagilar tavsiya etilishi mumkin:ichak bakterial florasining buzilishlarida;ovqatlanish xarakterining o‘zgarishida, masalan, sayohat paytida;ovqatlanish va dieta rejimining buzilishida;ichakning irritatsion sindromida va u bilan bog‘liq simptomlarda, masalan, diareya, qabziyat, og‘riq va qorin dam bo‘lishi, meteorizm;allergik holatlarga moyillikda;antibiotik va kimyoterapiya uzoq muddatli kurslarida;nafas yo‘llari infeksiyalarida (bakterial va virus etiologiyali);zo‘riqtiruvchi kasalliklar va uzoq davom etuvchi stressda;operatsiyadan oldingi tayyorgarlik davrida va operatsiyadan keyin, umumiy mustahkamlovchi vosita sifatida, moslashuvchanlik potensialini oshirish uchun.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Alohida komponentlarga individual sezuvchanlik.Mahsulot tarkibida laktoza mavjud, sut mahsulotlariga sezgir odamlarga ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish zarur.Kunlik iste’mol uchun tavsiya etilgan miqdorni (porciyani) oshirmang.To‘liq ovqatlanish ratsionini almashtiruvchi sifatida ishlatmang.
Qo'llash usuli
Yo‘riqnomaga muvofiq.Qabul qilish kursining davomiyligi shifokor bilan kelishiladi.
Farmakologik xususiyatlari
Bifidobakteriyalar (Bifidobacterium bifidum, Bifidobacterium longum) - ovqat hazm qilish va so‘rilishda faol ishtirok etadi, oziq-ovqatni fermentativ parchalanish jarayonlariga, ichak peristaltikasining normal bo‘lishiga va ichak tarkibining evakuatsiyasiga yordam beradi. Devorga yaqin hazm qilish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlaydi, ichakda vitaminlar sinteziga, ozuqa moddalarning yaxshi o‘zlashtirilishiga yordam beradi, patogen mikrofloraning o‘sishini bostiradi. Laktobakteriyalar Lactobacillus acidophilus - sut kislotasi hosil bo‘lishiga yordam beradi, va shu tarzda hosil bo‘lgan kislotali muhit bifidobakteriyalarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, mikroflora disbalansi va antibiotik bilan bog‘liq diareya rivojlanish xavfini kamaytiradi, infeksion kasalliklar, jumladan o‘tkir respirator kasalliklar tez-tezligini kamaytiradi. Laktobakteriyalar immunomodulyator ta’sirga ega va ichak devoridagi yallig‘lanish darajasini kamaytirishga qodir. Vitamin D3 - immun tizimni faollashtirish uchun, me’da-ichak trakti faoliyatida ishtirok etadi, uning motorikasini tartibga soladi, ichakda kalsiy, fosfat va magniyning so‘rilishida, mineral tuzlarning transportida muhim rol o‘ynaydi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!