Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Reasarbilaktat 200 ml infuziya uchun eritma
Reasarbilaktat 200 ml infuziya uchun eritma
Ishlab chiqaruvchi: Temur Med Farm, OOO
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud
24 867 so'm 30 700 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari reasarbilaktat 200 ml infuziya uchun eritma
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 ml eritma quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
    Faol moddalari: sorbitol 60,0 mg, natriy laktat (100 % modda hisobida) 19,0 mg, natriy xlorid 6,0 mg, kalsiy xlorid digidrat (kalsiy xlorid hisobida) 0,1 mg, kaliy xlorid 0,3 mg, magniy xlorid geksagidrat (magniy xlorid hisobida) 0,2 mg;
    yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv.
    nazariy osmolyerlik - 891 mOsmol/l; pH 6,00-7,60;
    ion tarkibi: 1 l preparatda Na+ _ 272,20 mmol, K+ _ 4,02 mmol, Ca++ - 0,90 mmol, Mg++ - 2,10 mmol, Cl- - 112,69 mmol, Lac- - 169,55 mmol.
  • Qo'llanilishi
    dezintoksikatsiya uchun, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash, KORni korreksiya qilish, travmatik, operatsion, gemolitik va kuyish shokida, o'tkir qon yo'qotishda, kuyish kasalligida, uzoq davom etuvchi yiringli jarayonlarda, infeksion kasalliklarda, surunkali gepatitda, operatsiyadan oldingi tayyorgarlik va operatsiyadan keyingi davrda, qon tomirlarning oblitereatsiyalovchi kasalliklarida.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    alkaloz, suyuqlik yuborilishi cheklangan holatlar (insult, tromboemboliya, dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, III bosqich gipertonik kasallik).
  • Qo'llash usuli
    v/v struyali yoki kapelno. Travmatik, kuyish, operatsiyadan keyingi, gemolitik shokda 600–1000 ml (10–15 ml 1 kg tana vazniga) avval struyali, so‘ng kapelno; zaruriyat tug‘ilganda takroran yuboriladi. Surunkali gepatitda 400 ml (6–7 ml 1 kg tana vazniga) kapelno, takroran, o‘tkir qon yo‘qotishda — 1500–1800 ml (25 ml 1 kg tana vazniga qadar). Operatsiyadan oldin va operatsiyadan keyin 400 ml (6–7 ml 1 kg tana vazniga) kapelno, bir martalik yoki takroran har kuni 3–5 kun davomida. Obliteratsiyalovchi qon tomir kasalliklarida 8–10 ml 1 kg tana vazniga, v/v kapelno kun ora; davolash kursiga — 10 infuziya.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    alkaloz.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Reosorbilakt reologik, qarshi shok (antishok), detoksikatsion, shuningdek, ishqoriylashtiruvchi ta’sirga ega va ichak peristaltikasini stimulyatsiya qiladi. Preparatning asosiy farmakologik faol moddalari sorbitol va natriy laktat hisoblanadi. Jigarida sorbitol avval fruktozaga aylanadi, keyinchalik glyukozaga, so‘ngra glikogenga aylanadi. Sorbitolning bir qismi zudlik bilan energiya ehtiyojlari uchun ishlatiladi, boshqa qismi esa zaxira sifatida glikogen ko‘rinishida to‘planadi. Sorbitolning izotonik eritmasi dezagregant ta’sirga ega va shu tarzda mikrosirkulyatsiya va to‘qimalar perfuziyasini yaxshilaydi.
    Bikarbonat eritmasidan farqli o‘laroq, metabolik atsidozni natriy laktat yordamida korreksiya qilish uning almashinuv jarayoniga qo‘shilishi bilan sekinroq sodir bo‘ladi, pHning keskin o‘zgarishlari yuzaga kelmaydi, natriy laktatning ta’siri yuborilgandan 20-30 daqiqa o‘tib namoyon bo‘ladi.
    Natriy xlorid rehidratatsion ta’sirga ega, turli patologik holatlarda natriy va xlor ionlari yetishmovchiligini to‘ldiradi, kalsiy xlorid esa kalsiy ionlari yetishmovchiligini to‘ldiradi. Kalsiy ionlari nerv impulslarini o‘tkazish, skelet va silliq mushaklarning qisqarishi, miokard faoliyati, suyak to‘qimasining shakllanishi, qon ivish jarayonlari uchun zarur.
    Hujayra va tomir tarmog‘i o‘tkazuvchanligini pasaytiradi, yallig‘lanish reaksiyalarining rivojlanishini oldini oladi, organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi.
    Kalsiy xlorid suv-elektrolit muvozanatini tiklaydi. Manfiy xrono- va batmotrop ta’sirga ega, yuqori dozalarda manfiy ino-, lromotrop va o‘rtacha diuretik ta’sir ko‘rsatadi. Nerv impulslarini o‘tkazish jarayonida ishtirok etadi. Asetilxolin miqdorini oshiradi va vegetativ asab tizimining simpatik bo‘limini qo‘zg‘atadi. Mushak distrofiyasi, miasteniya holatlarida skelet mushaklarining qisqarishini yaxshilaydi.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Farrukh
    ico ico ico ico ico
    Очень эффективный раствор. Большое спасибо за оперативную доставку!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilbar
    ico ico ico ico ico
    Отличный продукт. Быстрая доставка и хорошее качество.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico