-
Tarkibi
Har 5 ml sirop tarkibida:
faol moddalar:
temir glyukonat 129,5 mg;
(15 mg atom temirga hisoblangan)
foliy kislotasi 0,25 mg;
kalsiy laktat 75 mg;
vitamin B12 1,25 mkg;
yordamchi moddalar: natriy benzoat, limon kislotasi, saxaroza, Karamel-III turi kod-VA, natriy gidroksid, metilparaben, propilparaben, sorbit eritmasi 70% v/v, propilenglikol, aralash mevali aromatizator (MFF), tozalangan suv.
-
Qo'llanilishi
Alimentar, makrotsitar va mikrotsitar anemiya, temir tanqisligi anemiyasi, homiladorlik va emizish davrida anemiya, bolalarda anemiya, surunkali qon yo‘qotish tufayli anemiya, tropik kasallik, gelmintlar bilan zararlanish, infeksiyalar va operatsion aralashuv.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
R. B. Ton quyidagi holatlarda kontraindikatsiyalangan:
Har qanday komponentga ma’lum yuqori sezuvchanlik, temirga toqat qilmaslik bo‘lgan bemorlarda. Gemoxromatoz va hemosideroz, takroriy qon quyish oladigan bemorlar, temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiyalar, parenteral temir oladigan bemorlar, surunkali kasallik yoki temir so‘rilishi buzilgan yoki mavjud oshqozon-ichak kasalligi bo‘lgan bemorlar, anamnezida me’da yarasi bo‘lgan bemorlar, podagra yoki jigar disfunktsiyasi va giperoaksalaturiya.
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali.
12 oydan katta bolalar: bir choy qoshiqdan kuniga ikki marta.
Kattalar: 2 choy qoshiqdan kuniga ikki marta ovqatdan keyin.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Qorinda kuyish, ko‘ngil aynishi yoki qusish, me’da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlarida noqulaylik, qabziyat yoki diareya temir preparatlariga sezgir bemorlarda yuzaga kelishi mumkin. Nojo‘ya ta’sirlar ovqat paytida yoki ovqatdan keyin qabul qilish bilan kamaytirilishi mumkin.
Ogohlantirish choralari
R. B. Ton sideroblast anemiyasi va temir tanqisligidan boshqa oziq-ovqat anemiyasi bo‘lgan, anamnezida me’da yarasi, o‘tkir yallig‘lanishli ichak kasalligi, buyrak yetishmovchiligi, giperaparatireoz bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan berilishi kerak.
-
Farmakologik xususiyatlari
R.B. TON – bu kombinatsiyalangan preparat. Preparat tarkibiga temir glyukonat, sianokobalamin, foliy kislotasi, kalsiy laktat kiradi.
Preparat organizmdagi temir ionlari tanqisligini turli kelib chiqishli temir tanqisligi anemiyalarida to‘ldiradi va eritropoezni stimulyatsiya qiladi. Temir gemoglobin tarkibiga kiradi, to‘qimalarga kislorod tashilishini ta’minlaydi, ko‘plab ferment tizimlarining kofaktori hisoblanadi. Temirga ehtiyoj homiladorlik va laktatsiya davrida, pubertat yoshidagi qizlarda hayz ko‘payganda, bolalarda faol o‘sish davrida, surunkali qon ketishlarda, shuningdek, temir so‘rilish jarayonlari buzilishi bilan kechadigan me’da-ichak kasalliklarida ortadi. Kursli davolashda klinik simptomlar (zaiflik, charchoq, bosh aylanishi, taxikardiya, og‘riqlilik, terining quruqligi) va anemiya laborator ko‘rsatkichlarining asta-sekin regressiyasi kuzatiladi.
Organizmda foliy kislotasi tetrahidrofoliy kislotagacha qaytariladi, u koferment bo‘lib, turli metabolik jarayonlarda ishtirok etadi. U megaloblastlarning normal yetilishi va normoblastlar hosil bo‘lishi uchun zarur. Eritropoezni stimulyatsiya qiladi, aminokislotalar (metionin, serin va boshqalar), nuklein kislotalar, purinlar va pirimidinlar, xolin almashinuvida ishtirok etadi. Homiladorlik davrida ma’lum darajada teratogen omillar ta’siriga nisbatan himoya funksiyasini bajaradi.
Sianokobalamin (Vitamin V12) immunomodulyator, antiallergik, antiaterosklerotik ta’sirga ega, arterial bosimni normallashtiradi, nerv to‘qimasining tuzilishini tiklaydi, reproduktiv funksiyani yaxshilaydi, ishtahani oshiradi. Vitamin V12 turli aminokislotalar sintezida ishtirok etadi, jigar, asab tizimi funksiyalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, qon ivish jarayonlarini, uglevod va lipid almashinuvini faollashtiradi.
Kalsiy kalsiy ionlari manbai bo‘lib, ular nerv impulslarini o‘tkazishda, silliq va skelet mushaklari qisqarishida, miokard faoliyatida, qon ivishida ishtirok etadi; ular suyak to‘qimasini shakllantirish, boshqa tizim va organlar faoliyati uchun zarur.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Tavsiya etilgan preparat dozasidan oshmaslik kerak.
Samarasizlik temirning ichakda so‘rilish jarayonlarining buzilishi, gemopoezning susayishi, ayrim dori vositalarining (antimetabolitlar) yuborilishi, shuningdek, boshqa vitaminlar yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Temir tanqisligi anemiyasi yashirin qon yo‘qotilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, uning sababini davolashni boshlashdan oldin aniqlash zarur.
Najastning to‘q rangga bo‘yalishi so‘rilmagan temirning chiqarilishi bilan bog‘liq va klinik ahamiyatga ega emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Preparat homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llaniladi.
Pediatriyada qo‘llanilishi
Preparat 1 yoshdan katta bolalarda qo‘llaniladi.
Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Davolash davrida diqqatni yuqori jamlash va tez psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Antatsidlar temir va foliy kislotasining so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Temir ftorxinolon antibiotiklari va tetratsiklin vositalarining so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Temir, shuningdek, levotiroksin, metildopa va peniltsillamin so‘rilishini kamaytirishi mumkin.
Glyukokortikoidlar va fenitoin kalsiy laktatining so‘rilishini kamaytiradi.
-
Saqlash shartlari
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq joyda saqlansin.
Bollar yetib bormaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Ochilgan flakon original qadoqda muzlatkichda 2 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda saqlanadi.
Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak!
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, epigastral sohada og'riq. Me'da-ichak trakti nekrozi va shok holatlari qayd etilgan.
Davolash: me'dani 1% ichimlik sodasi eritmasi bilan yuvish. Qon zardobida temir konsentratsiyasi 5 mkg/ml dan oshsa, deferoksamin yuboriladi. Shok holati yuzaga kelsa, qarshi shok terapiyasi o'tkaziladi.