-
Tarkibi
1 flakon tarkibida:
faol modda: inson xorionik gonadotropini 1000 ME, 2000 ME, 5000 ME, 10000 ME;
yordamchi modda: mannitol, kaliy digidrofosfat, kaliy gidrofosfat ikki valentli.
-
Qo'llanilishi
Ayollar uchun: tuxumdonlar disfunktsiyasi (anovulyator), amenoreya; anovulyatsiya yoki follikulalar yetilishi buzilishi bilan bog‘liq bepushtlikda ovulyatsiyani induktsiya qilish; sariq tanacha fazasini qo‘llab-quvvatlash; tuxumdonlarni boshqariladigan giperstimulyatsiya dasturlarida follikulalarni punksiya qilishga tayyorlash (yordamchi reproduktiv texnologiyalar uchun).
O‘g‘il bolalar va erkaklar uchun: gipofizning gonadotrop funksiyasi yetishmovchiligi bilan bog‘liq jinsiy yetilishning kechikishi; anatomik to‘siq bilan bog‘liq bo‘lmagan kryptorxizm; spermatogenez yetishmovchiligi, oligo-astenospermiya, azoospermiya; o‘g‘il bolalarda anorxizm va kryptorxizmni differensial-diagnostik test o‘tkazishda; uzoq muddatli stimulyatsion davolashni boshlashdan oldin gipogonadotrop gipogonadizmda moyaklar funksiyasini baholash uchun Leydig funksional testi o‘tkazishda.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, jinsiy a'zolar va ko‘krak bezining gormonga bog‘liq yomon sifatli o‘smalari (tuxumdon raki, bachadon raki, ayollarda ko‘krak bezi raki); androgen bog‘liq o‘smalar (prostata bezi raki, ko‘krak bezi raki, tuxumdon o‘smalari); tuxumdon kistalari yoki kattalashuvi, polikistoz tuxumdonlar sindromi bilan bog‘liq bo‘lmagan; noma'lum etiologiyali qin qon ketishi yoki qonli ajralmalar; anamnezda ektopik homiladorlik (davolash boshlanishidan 3 oy oldin); birlamchi tuxumdon yetishmovchiligi; ayollarda homiladorlikning normal kechishiga mos kelmaydigan jinsiy a'zolar rivojlanishidagi anomaliyalar; homiladorlikka mos kelmaydigan bachadon miomasi; menopauza; moyakning qin ichiga tushmasligi bilan bog‘liq holatlar (chov churrasi, chov sohasida jarrohlik amaliyotlari, moyak ektopiyasi); markaziy asab tizimining organik shikastlanishlari (shu jumladan gipofiz, gipotalamus o‘smalari); chuqur venalarning tromboflebiti; gipotiroidizm; buyrak usti bezi yetishmovchiligi; gipyerprolaktinemiya; homiladorlik, emizish davri; 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
-
Qo'llash usuli
Dori vositasini qo'llash usuli va dozalash tartibi uning chiqarilish shakli va boshqa omillarga bog'liq. Optimal dozalash tartibini shifokor belgilaydi. Foydalanilayotgan dori shaklining aniq ko'rsatmalarga va dozalash tartibiga mosligini qat'iy rioya qilish lozim.
Individual, ko'rsatmalar va davolash sxemasiga qarab.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ayollarda endokrin tizimi tomonidan: tuxumdonlarni giperstimulyatsiya sindromi rivojlanishi mumkin, bu tuxumdon kistalari rivojlanishi, ularning yorilishi xavfi, assit, gidrotoraks va tromboemboliyaning xavfi bilan kechadi.
O‘g‘il bolalar va erkaklarda endokrin tizimi tomonidan: vaqtinchalik qaytariluvchi ko‘krak bezlari, prostata bezining kattalashuvi, suv va elektrolitlar ushlanishi, oddiy akne; o‘g‘il bolalarda birinchi jinsiy yetilish bosqichida kuzatiladigan xatti-harakat o‘zgarishlari bo‘lishi mumkin, ular davolash tugagandan so‘ng o‘tib ketadi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Gonadotrop gormon. Inson platsentasi tomonidan ishlab chiqariladi va siydik orqali ajraladi, u yerdan ekstraksiya qilinib, tozalanishi mumkin. Sariq tanacha tomonidan progesteron ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi va platsenta rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Asosan lyuteinlashtiruvchi gonadotrop ta'sir ko‘rsatadi.
Ayollarda preparat ovulyatsiyani chaqiradi va estrogenlar hamda progesteron sintezini rag‘batlantiradi. Erkaklarda – spermatozoidlar hosil bo‘lishi va jinsiy steroidlar ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Davo samaradorligini pasaytiruvchi antitanachalar hosil bo‘lishi mumkinligi sababli uzoq muddat qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Agar tuxumdonlarni giperstimulyatsiya sindromi rivojlansa, qo‘llashni to‘xtatish kerak.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Xorionik gonadotropin menopauza gonadotropini bilan birga bepushtlikni davolashda qo'llaniladi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilganda ayollarda tuxumdonlarning giperstimulyatsiya sindromi rivojlanishi mumkin, bu ularning o'lchamining kistalar hisobiga kattalashishi, ularning yorilishi xavfi, assit va gidrotoraks paydo bo'lishi bilan namoyon bo'ladi. Uning paydo bo'lishiga quyidagi simptomlar ko'rsatishi mumkin: qorin sohasida taranglik va og'riq hissi, qusish, diareya, nafas olishda qiyinchilik, tana vaznining oshishi.
Davolash: simptomatik.