-
Tarkibi
1000 ml emulsiya tarkibida:
Faol modda:
Propofol 10,00 g
Yordamchi moddalari:
Soya loviyalari yog'i 50,00 g
O'rta zanjirli triglitseridlar 50,00 g
Tuxum lecitini 12,00 g
Glitserol 25,00 g
Natriy oleat 0,30 g
In'ektsiya uchun suv 1000 ml gacha
-
Qo'llanilishi
Kirish narkozi uchun va umumiy anesteziya holatini saqlab turish uchun. Sun’iy nafas oldirishda sedativ ta’sir ko‘rsatish uchun.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Propofol yuborilishiga allergik reaksiyalar anamnezida, 1 oylikgacha bo‘lgan bolalar yoshi, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar yoshi (sun’iy nafas oldirishda sedativ ta’sir ko‘rsatish uchun).
-
Qo'llash usuli
Kirish narkoz uchun o‘rtacha tana vazniga ega bo‘lgan kattalarga 40 mg dan har 10 soniyada vena ichiga klinik narkoz belgilari paydo bo‘lguncha yuboriladi. Ko‘pchilik hollarda umumiy doza 2-2,5 mg/kg ni tashkil etadi. 8 yoshdan katta bolalarga vena ichiga sekin klinik anesteziya belgilari paydo bo‘lguncha yuboriladi. Doza yosh va/yoki tana vazniga muvofiq tuzatilishi kerak; o‘rtacha doza 2,5 mg/kg ni tashkil etadi. 8 yoshdan kichik bolalar uchun preparat dozalari yuqoriroq bo‘lishi mumkin.
ASA bo‘yicha 3 va 4 darajali kattalar va 3 yoshdan katta bolalar uchun propofol kichik dozalarda yuborilishi kerak.
Narkozni saqlab turish uchun doimiy infuziyada kattalarga 4-12 mg/kg/soat yuboriladi. Bolalar uchun yuborish tezligi 9-15 mg/kg/soat ni tashkil etadi. Shuningdek, adekvat anesteziya saqlanishi uchun zarur bo‘lgan dozalarda bolyus ko‘rinishida takroran yuborish mumkin.
Sun’iy nafas oldirishda sedativ effekt ta’minlash maqsadida kattalarga propofol 300 mkg/kg/soat dozada yuboriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Kiritish narkoz uchun qo'llanganda arterial gipotenziya, bradikardiya, qisqa muddatli apnoe mumkin.
Kamdan-kam hollarda: tutqanoq, opistotonus, o'pka shishi. Uyg'onish davrida bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish mumkin.
Alohida hollarda: operatsiyadan keyingi isitma.
Yakka hollarda: angionevrotik shish, bronxospazm, eritema, jinsiy erkinlashuv; 4 mg/kg/soatdan yuqori dozalarda rabdomioliz rivojlanishining ayrim hollari qayd etilgan.
Mahalliy reaksiyalar: flebit, tromboz.
-
Farmakologik xususiyatlari
Noingalyatsion narkoz vositasi. Vena ichiga yuborilganda narkoz holati taxminan 30 soniya ichida yuzaga keladi, aniq qo‘zg‘alish belgilari bo‘lmaydi. Propofol yuborilgandan so‘ng organizm to‘qimalariga taqsimlanadi, asosan jigar orqali biotransformatsiyaga uchraydi va nofaol kon’yugatlar hosil qiladi. Propofol ta’sirida narkoz yuzaga kelishi, ehtimol, markaziy asab tizimi neyronlari membranalarining lipidlariga noaniq ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq, natijada ion kanallari, xususan natriy kanallari faoliyati buziladi. Bundan tashqari, propofol ta’sirida miya GABA-ergik jarayonlari kuchayishi ko‘rsatilgan. Propofol deyarli analgezik ta’sirga ega emas. Propofol ta’siri to‘xtatilgandan so‘ng funksiyalar tez tiklanadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya davri
Propofolni homiladorlik davrida qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Shuning uchun propofolni homilador ayollarda aniq ko‘rsatmalar bo‘lmasa qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparat platsentar to‘siqdan o‘tadi va uning qo‘llanilishi homilani susaytirishi mumkin. Biroq, propofol induktsiyalangan abort o‘tkazishda qo‘llanilishi mumkin.
Emizikli ayollar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotlar propofolning kichik miqdorlari ko‘krak sutiga ajralishini ko‘rsatdi. Preparat qo‘llanilayotgan davrda va propofol yuborilgandan keyin 24 soat davomida emizishni to‘xtatish kerak. Ushbu davrda ajralgan sut emizish uchun ishlatilmasligi kerak.
Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Preparat qo‘llanilganda transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish va diqqatni yuqori jamlash hamda tez psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak. Propofol ta’siri odatda yuborish tugaganidan keyin 12 soat o‘tib to‘xtaydi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Propofolni spinal va epidural anesteziya, shuningdek, keng qo'llaniladigan premedikatsiya preparatlari, miorelaksantlar, inhalyatsion anesteziya preparatlari, og'riq qoldiruvchi preparatlar bilan birga qo'llanganda farmakologik nomutanosiblik aniqlanmadi. Umumiy anesteziya yoki sedatsiyani regional anesteziyaga qo'shimcha sifatida qo'llash propofol dozasini kamaytirishni talab qilishi mumkin. Propofol-Lipuro 10 mg/ml preparatini faqat quyidagi preparatlar bilan aralashtirish mumkin: 5% dekstroza eritmasi, 0,9% natriy xlorid eritmasi, 0,18% natriy xlorid eritmasi, 4% dekstroza eritmasi, 1% lidokain gidroxlorid eritmasi (konservantsiz) in'ektsiya uchun.
Propofol-Lipuro 10 mg/ml preparatini 5% dekstroza eritmasi, 0,9% natriy xlorid eritmasi, 0,18% natriy xlorid eritmasi, 4% dekstroza eritmasi bilan birga yuborishda Y-shaklidagi konnektor orqali, iloji boricha yuborish joyiga yaqin joylashtirish tavsiya etiladi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborishda nafas olish va yurak-qon tomir tizimi faoliyatining susayishi mumkin.
Davolash: kislorod bilan sun'iy nafas oldirish. Yurak-qon tomir faoliyati susayganda bemorga oyoq qismi ko'tarilgan holat berish, zarur bo'lsa, plazmani almashtiruvchi va vazopressor preparatlar yuborish kerak.