-
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
faol modda: progesteron 100,0 mg yoki 200,0 mg;
yordamchi modda: soya yog‘i, asalari mumi, natriy metilparaben, natriy propilparaben, gidrogenizatsiyalangan o‘simlik yog‘i, butilgidroksianizol, butilgidroksitoloul.
-
Qo'llanilishi
Ayollarda progesteron yetishmovchiligi holatlari.
Peroral qabul qilish yo‘li:
o‘z-o‘zidan homiladorlikning to‘xtab qolish xavfi yoki lütein yetishmovchiligi aniqlangan odatiy tushishning oldini olish
muddatidan oldin tug‘ruq xavfi
lütein yetishmovchiligi tufayli bepushtlik
premenstrual sindrom
ovulyatsiya yoki anovulyatsiya buzilishi natijasida hayz siklining buzilishi
fibroz-kistoz mastopatiya
premenopauza
peri- va postmenopauzada o‘rinbosar gormonal terapiya (estrogen preparatlari bilan birga).
Vaginal qabul qilish yo‘li:
ishlamaydigan (yo‘q) tuxumdonlarda progesteron yetishmovchiligi holatida o‘rinbosar gormonal terapiya (tuxumdon donorligi)
ekstrakorporal urug‘lantirishga tayyorgarlik vaqtida lütein fazasini qo‘llab-quvvatlash
spontan yoki induktsiyalangan hayz siklida lütein fazasini qo‘llab-quvvatlash
muddatidan oldin menopauza
o‘rinbosar gormonal terapiya (estrogen preparatlari bilan birga)
lütein yetishmovchiligi tufayli bepushtlik
progestin yetishmovchiligi tufayli odatiy va xavfli tushishning oldini olish
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, trombozlarga moyillik, flebit yoki tromboembolik kasalliklarning o'tkir shakllari; noma'lum kelib chiqishga ega jinsiy yo'llardan qon ketish; to'liq bo'lmagan abort, porfiriya. Sut bezlari va jinsiy a'zolarning aniqlangan yoki gumon qilingan yomon sifatli o'smalari. Og'iz orqali qabul qilish - jigar funksiyasining og'ir buzilishlarida.
-
Qo'llash usuli
Davolanish davomiyligi kasallikning xususiyati va o‘ziga xosligiga qarab belgilanadi.
Peroral qabul qilish yo‘li.
Preparat og‘iz orqali, suv bilan ichiladi. Ko‘pchilik hollarda progesteron yetishmovchiligida kunlik doza PROGEST 200-300 mg ni tashkil etadi, 2 marta (ertalab va kechqurun) qabul qilinadi. O‘z-o‘zidan homiladorlikning to‘xtashi va muddatidan oldin tug‘ruq xavfi yoki odatdagi homilani yo‘qotishni oldini olish uchun: 200-600 mg kuniga har kuni homiladorlikning 16-haftasigacha. Dori vositasining keyingi qo‘llanilishi davolovchi shifokorning klinik ma’lumotlar, platsenta funksiyasi va homilador ayol qonidagi progesteron darajasini baholash asosida belgilanishi mumkin. Lutein fazasi yetishmovchiligida (prementrual sindrom, fibroz-kistoz mastopatiya, dismenoreya, premenopauza) kunlik doza 200 yoki 400 mg ni tashkil etadi, 10 kun davomida (odatda siklning 17-kunidan 26-kunigacha) qabul qilinadi. Peri- va postmenopauzada o‘rnini bosuvchi gormonal terapiyada estrogenlar fonida PROGEST 200 mg kuniga 10-12 kun davomida qo‘llaniladi.
Vaginal qo‘llash yo‘li.
Kapsulalar chuqur qin ichiga kiritiladi.
Progesteronning to‘liq yetishmasligi bo‘lgan, ishlamaydigan (yo‘q) tuxumdonli ayollarda (tuxumdon donorligi): estrogen terapiyasi fonida siklning 13 va 14-kunlarida 200 mg kuniga, so‘ngra 15-kunidan 25-kunigacha 100 mg 2 marta kuniga, 26-kunidan boshlab va homiladorlik aniqlanganda doza har hafta 100 mg ga oshiriladi, maksimal 600 mg kuniga, 3 marta bo‘lib qabul qilinadi. Bunday dozalash 60 kun davomida qo‘llanilishi mumkin. Ekstrakorporal urug‘lantirish sikli davomida lutein fazasini qo‘llab-quvvatlash: 200 dan 600 mg gacha kuniga, xorial gonadotropin in’ektsiyasi kunidan boshlab homiladorlikning I va II trimestrida qabul qilish tavsiya etiladi. Spontan yoki induktsiyalangan hayz siklida, sariq tanacha funksiyasi buzilishi bilan bog‘liq bepushtlikda lutein fazasini qo‘llab-quvvatlash uchun 200-300 mg kuniga, siklning 17-kunidan boshlab 10 kun davomida qabul qilish tavsiya etiladi, hayz ko‘rish kechikkan va homiladorlik aniqlanganda davolash davom ettirilishi kerak. Abort xavfi yoki progesteron yetishmovchiligi fonida odatdagi abortlarning oldini olish uchun: 200-400 mg kuniga har kuni 2 marta homiladorlikning 16-haftasigacha. Dori vositasining keyingi qo‘llanilishi davolovchi shifokorning klinik ma’lumotlar, platsenta funksiyasi va homilador ayol qonidagi progesteron darajasini baholash asosida belgilanishi mumkin.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Uyquchanlik va/yoki tez o‘tib ketuvchi bosh aylanishi hissi, ayniqsa, birga kechuvchi gipooestrogeniya holatida kuzatiladi. Dozani kamaytirish yoki yuqoriroq estrogenizatsiyani tiklash bu holatlarni darhol bartaraf etadi, bu esa terapevtik ta’sirni kamaytirmaydi. Agar davolash kursi hayz ko‘rish siklining boshida, ayniqsa 15-kungacha juda erta boshlansa, siklning qisqarishi yoki tasodifiy qon ketishlar bo‘lishi mumkin. Hayz ko‘rish siklidagi o‘zgarishlar, amenoreya yoki hayzlararo qon ketishlar, umuman, progestagenlar qo‘llanilishiga xosdir.
-
Farmakologik xususiyatlari
Gestagen, sariq tanachaning gormoni. Maqsad a'zolar hujayralari yuzasidagi retseptorlar bilan bog'lanib, yadroga kiradi, u yerda DNKni faollashtirib, RNK sintezini rag'batlantiradi. Bachadon shilliq qavatining follikulyar gormon tomonidan chaqirilgan proliferatsiya bosqichidan sekretsion bosqichga o'tishini, urug'lanishdan so'ng esa urug'langan tuxum hujayraning rivojlanishi uchun zarur holatga o'tishini ta'minlaydi. Bachadon va bachadon naylari mushaklarining qo'zg'aluvchanligi va qisqaruvchanligini kamaytiradi, sut bezining uchki elementlarining rivojlanishini rag'batlantiradi. Proteinlipazani rag'batlantirib, yog' zaxiralarini oshiradi; glyukozaning utilizatsiyasini oshiradi; bazal va stimulyatsiyalangan insulin konsentratsiyasini oshirib, jigar hujayralarida glikogen to'planishiga yordam beradi; gipofizning gonadotrop gormonlari ishlab chiqarilishini oshiradi; azotemiyani kamaytiradi, siydik bilan azot chiqarilishini oshiradi. Sut bezlari asinuslarining sekretsion bo'limi o'sishini faollashtiradi va laktatsiyani induktsiya qiladi. Normal endometriy hosil bo'lishiga yordam beradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
• Preparatni kontratsepsiya maqsadida qo‘llash mumkin emas;
• Homiladorlikda jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda og‘iz orqali ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak;
• Agar davolash kursi hayz siklining boshida juda erta, ayniqsa 15-kunigacha boshlansa, siklning qisqarishi va/yoki qon ketishi mumkin. Bachadon qon ketishlari bo‘lsa, ularning sababini aniqlamaguncha, shu jumladan endometriyani tekshirish, preparatni buyurmaslik kerak.
• Tromboembolik va metabolik xavflar to‘liq istisno qilinmaganligi sababli, quyidagi holatlarda PROGEST preparatini qo‘llashni to‘xtatish kerak: ko‘rish buzilishlari, masalan, ko‘rishning yo‘qolishi, ko‘zda ikki ko‘rish, to‘r pardasining tomir zararlanishlari; venoz tromboemboliya yoki trombotik asoratlar, ularning joylashuvidan qat’i nazar; kuchli bosh og‘rig‘i. Tromoflebitlar anamnezida bo‘lsa, bemor diqqat bilan kuzatuv ostida bo‘lishi kerak.
• Davolash jarayonida amenoreya paydo bo‘lsa, bu homiladorlik emasligiga ishonch hosil qilish kerak.
• 50 % dan ortiq erta spontan abortlar genetik asoratlar bilan bog‘liq. Bundan tashqari, infeksion jarayonlar va mexanik shikastlanishlar homiladorlikning erta muddatlarida abort sababchisi bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda progesteron qo‘llanilishi faqat hayotga layoqatsiz homila tuxumining chiqarilishi va evakuatsiyasini kechiktirishi mumkin. Shuning uchun, progesteronni shifokor tavsiyasiga ko‘ra faqat sariq tanachaning sekretsiyasi yetarli bo‘lmagan hollarda buyurish kerak.
• PROGEST tarkibida soya lecitini mavjud va u gipersensitivlik reaksiyalarini (to‘shma va anafilaktik shok) chaqirishi mumkin.
Fertillik, homiladorlik va emizish.
Homiladorlik.
PROGESTni homiladorlik davrida, shu jumladan dastlabki haftalarda qo‘llash mumkin.
Emizish.
Progesteronning ko‘krak sutiga o‘tishi aniq o‘rganilmagan. Shuning uchun, emizish davrida uni buyurishdan saqlanish kerak.
Bolalarda qo‘llanilishi
Ko‘rsatilmagan.
Keksalarda (65 yoshdan katta) qo‘llanilishi
Klinik ma’lumotlar mavjud emas
Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda qo‘llanilishi. Klinik ma’lumotlar mavjud emas
Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda qo‘llanilishi
Klinik ma’lumotlar mavjud emas
Preparatni qo‘llash transport boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashga ta’siri
Og‘iz orqali qabul qilinganda, transport boshqarish va yuqori diqqat va tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyatlar bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Diuretiklar, gipotenziyal dori vositalari, immunodepressantlar, antikoagulyantlar ta’sirini kuchaytiradi. Oksitotsinning laktogen ta’sirini kamaytiradi. PROGESTni barbituratlar, fenitoin, rifampitsin, fenilbutazon, spironolakton, grizeofulvin, ampisillin, tetratsiklin bilan birga qabul qilish dori vositasining ta’sirini o‘zgartirishi mumkin. Menopauza davrida estrogenlar bilan o‘rinbosar gormonal terapiyada progesteronni sikl davomida kamida 12 kun davomida qo‘llash qat’iyan tavsiya etiladi.
Quyidagi dori vositalari bilan birga qo‘llash progesteron metabolizmining tezlashishi va terapevtik ta’sirining o‘zgarishi bilan kechishi mumkin: - kuchli fermentativ induktorlar, masalan, barbituratlar, antiepileptik preparatlar (feniton), rifampitsin, fenilbutazon, spironolakton, grizeofulvin bilan bir vaqtda qo‘llash jigar orqali progesteron metabolizmining tezlashuvi bilan kechadi. - antibiotiklar (ampisillinlar, tetratsiklinlar) ichak mikroflorasida buzilishlarni chaqiradi, bu esa enterogepatik steroid siklining o‘zgarishiga olib keladi. Ko‘rsatilgan o‘zaro ta’sirlarning ifodalanish darajasi turli bemorlarda sezilarli darajada farq qilishi mumkin, shuning uchun sanab o‘tilgan o‘zaro ta’sirlarning klinik effektlarini oldindan aytish qiyin. Progestagenlar glyukoza o‘zlashtirilishini kamaytirishi mumkin va shu sababli diabet bilan kasallangan bemorda insulin yoki boshqa antidiyabetik preparatlarga ehtiyojni oshirishi mumkin. Progesteronning biofoydalanishi chekuvchi bemorlarda va ortiqcha
-
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar: progesteronning yuqori dozalari uyquchanlik, bosh aylanishi, charchoq chaqirishi mumkin.
Davolash: dozani oshirib yuborishni davolash progesteron kapsulasini qabul qilishni to‘xtatish va mos simptomatik hamda yordamchi terapiya o‘tkazishdan iborat.