-
Tavsif
Devorli oq rangga yaqin granulali kukun, suyultirilganda deyarli oq rangli suspenziya hosil qiladi.
-
Tarkibi
Tayyor suspenziyaning har 5 ml da quyidagilar mavjud: faol modda: tsefiksim trigidrat 120,87 mg; suvdan xoli tsefiksimga ekvivalent 100 mg. yordamchi moddalari: kolloid kremniy dioksidi, aspartam, saxaroza, natriy benzoat, qulupnay ta'mli quruq qo‘shimcha, ksantan saqichi.
-
Qo'llanilishi
Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari: џ yuqori va pastki nafas yo‘llari hamda LOR organlari kasalliklari: o‘rta otit, sinusitlar, streptokokkli tonzillit va faringit, o‘tkir va surunkali bronxit; џ murakkablanmagan siydik yo‘llari infeksiyalari: tsistit, tsistouretrit, murakkablanmagan pielonefrit, uretrit, o‘tkir murakkablanmagan gonoreya; џ shigellyoz.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Tsefiksim va preparat komponentlariga (jumladan, tsefalosporinlar va penisillinlarga) yuqori sezuvchanlik
-
Qo'llash usuli
Tayinlashda ajratilgan qo‘zg‘atuvchilarning unga sezgirligini aniqlash kerak. Doza kasallik og‘irligi, infeksiya turi, organizm holati, bemorning yoshi, vazni va buyrak funksiyasiga bog‘liq. Og‘iz orqali qabul qilinadi. Suvda eritib, tayyorlangan suspenziyani darhol ichish kerak. Preparatni ovqatdan qatʼi nazar qabul qilish mumkin.
Kattalar va 12 yoshdan katta, tana vazni 50 kg dan ortiq bo‘lgan bolalar uchun kunlik doza 200-400 mg 1-2 marta/kun. Davolash davomiyligi kasallik kechishi va infeksiya turiga bog‘liq, o‘rtacha – 7-10 kun.
Murakkablanmagan gonoreyada – 400 mg bir marta. Ayollarda pastki siydik yo‘llarining murakkablanmagan infeksiyalarida preparat 3-7 kun davomida, yuqori siydik yo‘llarining murakkablanmagan infeksiyalarida – 14 kun davomida buyurilishi mumkin.
Erkaklarda yuqori va pastki siydik yo‘llarining murakkablanmagan infeksiyalarida davolash davomiyligi 7-14 kun.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 8 mg/kg tana vazniga 1 marta/kun yoki har 12 soatda 4 mg/kg.
Streptococcus pyogenes sababli infeksiyalarda davolash kursi kamida 10 kun bo‘lishi kerak. Infeksiya va/yoki isitma belgilari yo‘qolgandan so‘ng preparatni qabul qilishni kamida 48-72 soat davom ettirish maqsadga muvofiq.
Suspenziya tayyorlash usuli Belgigacha sovutilgan qaynatilgan suv qo‘shib, bir hil massa hosil bo‘lguncha yaxshilab chayqatiladi. 60 ml tayyor suspenziya olinadi. Tayyor suspenziya 2 hafta davomida qabul qilinadi. Tayyor suspenziya ishlatishdan oldin chayqatiladi.
Yosh va dozalari:
6 oydan 1 yoshgacha; 3,75 ml
1-4 yoshli bolalar; 5 ml
5-11 yoshli bolalar; 10 ml
Tana vazniga ko‘ra:
| Tana vazni | Doza/kun, ml | Doza/kun, mg |
| 6 gacha | 2,5 | 50 |
| 6-12,5 | 5 | 100 |
| 12,5-25 | 10 | 200 |
| 25-37,5 | 15 | 300 |
| 37,5-50 | 15-20 | 300-400 |
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo'ya ta'sirlar yuzaga kelish tez-tezligi klassifikatsiyasi (JSST): juda tez-tez >1/10; tez-tez >1/100 dan <1/10 gacha; kamdan-kam >1/1000 dan <1/100 gacha; kam >1/10000 dan <1/1000 gacha; juda kam <1/10000, alohida xabarlarni o'z ichiga oladi. Allergik reaksiyalar: kam – allergik reaksiyalar (kurapka, teri qichishishi, toshma, terining giperemiya (shish), isitma); juda kam – toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), angionevrotik shish (Kvinke shishi), ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan, yomon sifatli ekssudativ eritema yoki Stivens-Djonson sindromi), DRESS sindromi (dori-induktsiyalangan gipersensitivlik sindromi eozinofiliya bilan), boshqa allergik/anafilaktik reaksiyalar, sensibilizatsiya bilan bog'liq – dori isitmasi, serum kasalligiga o'xshash sindrom, gemolitik anemiya va interstitsial nefrite. Anafilaktik shok rivojlanganda epinefrin, tizimli glyukokortikosteroidlar va antigistamin preparatlar yuboriladi. Nerv tizimi tomonidan: kamdan-kam – bosh og'rig'i, bosh aylanishi, disforiya. Nafas olish tizimi tomonidan: kam – nafas qisishi (dispnoe). Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – dispepsiya, og'iz qurishi, qorin og'rig'i, ovqat hazm qilish buzilishi, meteorizm, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, disbakterioz; juda kam – stomatit, glossit, anoreksiya, OVKT kandidiozi, soxta membranoz kolit, gepatit va xolestatik sariqlikning alohida holatlari. Siydik-tanlov tizimi tomonidan: juda kam – qonda kreatinin konsentratsiyasining biroz oshishi, gematuriya, interstitsial nefrite, genital qichishish, vaginit. Qon tizimi va gemopoez organlari tomonidan: kam – leyopeniya, trombotsitopeniya, neytropeniya, trombotsitoz, eozinofiliya, agranulotsitoz, granulositopeniya, gemolitik anemiya, ishqoriy fosfataza va transaminazalar darajasining oshishi, giperbilirubinemiya; juda kam – o'tkinchi leyopeniya, panstsitopeniya. Qon ivishining buzilishi alohida holatlari qayd etilgan. Tayanch-harakat tizimi tomonidan: kam – artralgiya.
-
Chiqarish shakli
Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun
-
Farmakologik xususiyatlari
Uchinchi avlod keng ta'sir doirasiga ega yarim sintetik sefalosporin antibiotik. Bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Ta'sir mexanizmi qo'zg'atuvchi hujayra membranasining sintezini bostirish bilan bog'liq. Tsefiksim ko'pchilik gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalar tomonidan ishlab chiqariladigan β-laktamazalarga chidamli.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Uzoq muddat qo‘llanilganda ichakning normal mikroflorasi buzilishi mumkin, bu esa Clostridium difficile o‘sishiga va og‘ir diareya hamda psevdomebranli kolit rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Diareyaning og‘irroq shakllarida korreksion davolash tavsiya etiladi (masalan, vankomitsin og‘iz orqali 250 mg dan kuniga 4 marta buyuriladi). Psevdomebranli kolit rivojlanishida ichak motorikasini inhibe qiluvchi antidiareya preparatlari qo‘llash mumkin emas. Davolash davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kumbs reaksiyasining ijobiy natijasi va siydikda glyukozaga noto‘g‘ri ijobiy reaksiya kuzatilishi mumkin. Aminoglikozidlar, polimiksin V, kolistimetat natriy, "halqali" diuretiklar (furosemid, etakrin kislotasi) bilan bir vaqtda yuqori dozalarda qo‘llanganda buyrak funksiyasini ayniqsa diqqat bilan nazorat qilish zarur. Preparatni uzoq muddat qo‘llagandan so‘ng gemopoez funksiyasi holatini tekshirish kerak. Preparat tarkibida saxaroza mavjud, bu esa qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda qo‘llashda hisobga olinishi lozim.
Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat bilan davolash davrida avtotransport boshqarishda va yuqori diqqat va tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Buyrak funksiyasi buzilganda doza qon zardobidagi kreatinin klirensi ko‘rsatkichiga qarab belgilanadi. Buyrak funksiyasi buzilganda (KK 21-60 ml/min) yoki gemodializda bo‘lgan bemorlarda sutkalik doza 25% ga kamaytirilishi lozim. KK ≤ 20 ml/min bo‘lsa yoki peritoneal dializda bo‘lgan bemorlarda sutkalik doza 2 marta kamaytiriladi
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Preparatni homiladorlik davrida faqat onaga kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lsa qo‘llash mumkin. Ksillometazolinning ko‘krak suti bilan ajralishi haqida ma'lumot yo‘q. Laktatsiya davrida ko‘krak suti bilan emizishni to‘xtatish zarur.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Kanaltsevoy sekretsiya blokatorlari (probenetsid, allopurinol, diuretiklar va boshqalar) tsefiksimning buyraklar orqali chiqarilishini sekinlashtiradi va toksikligini oshirishga olib kelishi mumkin. Tsefiksim protrombin indeksini pasaytiradi, bilvosita antikoagulyantlarning taʼsirini kuchaytiradi. Magniy yoki alyuminiy gidroksidini o‘z ichiga olgan antatsidlar preparatning so‘rilishini sekinlashtiradi. Tsefiksimni karbamazepin bilan birga qo‘llanganda, oxirgisining plazmadagi konsentratsiyasi oshgani kuzatilgan; bunday hollarda terapevtik dori monitoringini o‘tkazish maqsadga muvofiq.
-
Saqlash shartlari
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin! Muzlatmang.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Nojo'ya ta'sirlar kuchayishi mumkin. Davolash: oshqozonni yuvish; simptomatik va qo'llab-quvvatlovchi terapiya o'tkaziladi. Gemodializ va peritoneal dializ samarali emas