Maxsus ko'rsatmalar
Allergik reaktsiya rivojlanganda Polioksidoniyning qo‘llanilishini to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Agar Polioksidoniyni qabul qilishni to‘xtatish zarur bo‘lsa, bekor qilishni darhol amalga oshirish mumkin, dozani asta-sekin kamaytirmasdan.
Navbatdagi dozani kiritishni o‘tkazib yuborish holatida, keyingi qo‘llanishni ushbu ko‘rsatmalarda yoki shifokor tavsiyasiga muvofiq odatdagi tartibda amalga oshirish kerak. Bemor o‘tkazib yuborilgan dozalarni qoplash maqsadida ikki baravar dozani kiritmasligi kerak.
Preparatni uning yaroqsizligini ko‘rsatuvchi vizual belgilari mavjud bo‘lsa, ishlatmang (qadoqlanishdagi nuqson, kukun rangining o‘zgarishi).
Inyeksiya joyida og‘riq bo‘lsa, preparatni 1 ml 0,5% prokain (novokain) eritmasida eritish kerak, agar bemorda prokain (novokain) ga nisbatan yuqori individual sezgirlik bo‘lmasa. Venaga (tomchilatib) kiritishda oqsil saqlovchi infuzion eritmalarda eritmaslik kerak.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.