Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamiya
Terapevtik effekt deksametazonning yallig‘lanishga qarshi ta’siri va neomitsin hamda polimiksin V ning antimikrob ta’siri bilan bog‘liq. Ko‘rsatilgan antibiotiklar birgalikda qo‘llanilganda, quloqning infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini keltirib chiqaruvchi ko‘pchilik gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarga nisbatan antimikrob ta’sir doirasi kengayadi.
Polimiksin V Acinetobacter, Aeromonas, Alcaligenes, Citrobacter, Enterobacter, E.coli, Klebsiella, Moraxella, P.aeruginosa, Salmonella, Shigella, S.maltophilia ga nisbatan faol.
Polimiksin V ga kokk va batsillalar, B.catarrhalis, Brucella, B.cepacia, B.pseudomallei, Campylobacter, C.meningosepticum, Legionella, Morganella, Neisseria, Proteus, Providencia, Serratia, V.cholera El Tor, Mycobacte chidamli.
Neomitsin Corynebacterium, Listeria monocytogenes, Met-S Staphylococcus, Acinetobacter, B.catarrhalis, Campylobacter, Citrobacter, Enterobacter, E.coli, H.influenzae, Klebsiella, Morganella, Proteus, Providenratia, Salvia ga nisbatan faol.
Neomitsin ta’siriga Enterococci, N.asteroides, Met-R Staphylococcus, Streptococcus, A.denitrificans, Burkholderia, Flavobacterium sp., P.stuartii, P.aeruginosa, S.maltophilia, Chlamidia, Mycoplasma, Rickets chidamli.