Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Piratsetam 20% eritmasi 5ml № 10
Piratsetam 20% eritmasi 5ml № 10
Ishlab chiqaruvchi: Самсун
Yaroqlilik muddati: 5 yil
  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    1 yoshdan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud
12 375 so'm 12 500 so'm
Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari piratsetam 20% eritmasi 5ml № 10
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Eritma
  • Dozalash
    20%
  • Yaroqlilik muddati
    5 yil
  • Qadoqdagi soni
    5ml 10 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 l eritmada Tarkibiy modda Piracetam - 200 g. Yordamchi moddalari natriy atsetat (natriy sirka kislotasi 3-suvli) – 1,0 g, suyultirilgan sirka kislotasi – pH 5,0-6,0 gacha, in'ektsiya uchun suv – 1 l gacha.
  • Qo'llanilishi
    Psixoorganik buzilishlar, surunkali serebrovaskulyar yetishmovchilik (ateroskleroz, gipertonik kasallik, tomirli parkinsonizm), xotira, diqqat, nutqning buzilishi, bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i bilan kechuvchi; demans (tomirli demans, Altsgeymer kasalligi, senil demans); ishemik insult va uning oqibatlari, bosh miya jarohati, intoksikatsiya (komatoz va subkomatoz holat, tiklanish davri); o‘tkir virusli neyroinfeksiya; nerv tizimi kasalliklari, intellektual-mnestik funksiyalar, hushyorlik darajasi, emotsional-irodaviy soha va xulq-atvorning buzilishi bilan kechuvchi; vestibulyar nistagm, bosh aylanishi, kortikal miokloniya, afaziya; epilepsiya (yordamchi vosita sifatida); nevrotik depressiya, klinik manzarada adinamiya, asthenik va senesto-ipoxondrik buzilishlar, ideomotor sekinlashuv hodisalari ustun bo‘lgan; sust-apatiya holati; senil va atrofik jarayonlar; depressiv holatlar, antidepressantlarga chidamli; neyroleptiklar va boshqa psixotrop vositalar bilan davolashda somatovegetativ, nevrologik yoki psixik asoratlarni bartaraf etish yoki oldini olish; alkogolizm va narkomaniyada abstinent, pre- va delirioz holatlarni bartaraf etish, o‘tkir etanol, morfin, barbituratlar, amfetamin bilan intoksikatsiya; surunkali alkogolizmda psixoorganik sindrom; bolalarda - perinatal markaziy asab tizimi shikastlanishining oqibatlari, bolalar serebral falaji, psixoorganik sindromda past o‘qish qobiliyati, aqliy rivojlanishning orqada qolishi, oligofreniya, nutq buzilishi, xotira buzilishi, intellektual yetishmovchilik, serebrasteniya; serpozidkletkali anemiya (kompleks terapiya).
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Piratsetam va pirrolidon hosilalariga yuqori sezuvchanlik; gemorragik insult, yaqqol buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 20 ml/min dan kam), ajitatsiyali depressiya, Guntington kasalligi, homiladorlik, emizish, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi. Ehtiyotkorlik bilan: Antiagregant ta’siri tufayli, piratsetam og‘ir gemorragik buzilishlari, qon ketish xavfi (masalan, me’da yarasi bo‘lsa), gemostaz buzilishlari, anamnezda gemorragik serebrovaskulyar buzilishlari bo‘lgan bemorlarga, jarrohlik aralashuvlari, shu jumladan stomatologik aralashuvlar o‘tkazilgan bemorlarga, antikoagulyantlar va antiagregantlar, shu jumladan atsetilsalitsil kislotasining past dozalari qabul qilayotgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak. Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda qonda qoldiq azot va kreatinin darajasini doimiy nazorat qilish zarur. Keksalarda buyrak yetishmovchiligi mavjud bo‘lsa, doza tuzatiladi, uzoq muddatli davolashda buyraklarning funksional holatini nazorat qilish zarur. Piratsetam epilepsiyada tutqanoq tayyorgarligi chegarasini pasaytiradi, bu esa antikonvulsantlar dozasini tuzatishni talab qiladi. Kortikal miokloniya davolashda piratsetamni to‘satdan bekor qilish tutqanoq xurujlarining qaytalanishiga olib kelishi mumkin. Giponatriyli dieta tutayotgan bemorlarni davolashda, piratsetam tabletkalarining 24 g dozasi 46 mg natriy saqlashini hisobga olish tavsiya etiladi.
  • Qo'llash usuli
    Og‘iz orqali (ovqat paytida yoki och qoringa, suyuqlik bilan popish). Kattalarga og‘iz orqali - kuniga 30-160 mg/kg 2-4 marta qabul qilinadi. Davolash davomiyligi - 6-8 hafta. Zaruriyat tug‘ilganda mushak ichiga yoki tomir ichiga boshlang‘ich doza 10 g kuniga yuboriladi. Tomir ichiga yuborilganda og‘ir ahvoldagi bemorlarga sutkalik doza 12 g bo‘lishi mumkin. Klinik yaxshilanishdan so‘ng doza asta-sekin kamaytiriladi va og‘iz orqali qabul qilishga o‘tiladi. Bolalarga og‘iz orqali - kuniga 30-50 mg/kg 2-3 marta qabul qilinadi. Davolash kamida 3 hafta davom etishi kerak.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Ko'proq kuniga 5 g dan ortiq dozalarda buyurilganda yuzaga keladi. Bolalarda (ayniqsa aqliy zaiflik bilan): bezovtalik, xavotir, tinch o‘tirmaslik, harakat faolligi, diqqatni jamlash qobiliyatining pasayishi, muvozanatsizlik, asabiylik, ziddiyatlilikning kuchayishi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - dispeptik simptomlar, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat, anoreksiya, tana vaznining oshishi. Markaziy asab tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - asabiylik, qo‘zg‘aluvchanlik, asabiylashish, bezovtalik, uyqu buzilishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, tremor, ba'zi hollarda - holsizlik, uyquchanlik, ekstrapiramidal buzilishlar, tremor, tutqanoq. Eshitish organlari tomonidan: vertigo. Teri qoplamlari tomonidan: dermatit, qichishish, toshma, angionevrotik shish. Boshqalar: jinsiy faollikning oshishi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Nootrop preparat. Miya almashinuv jarayonlari va qon aylanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Glyukozaning utilizatsiyasini oshiradi, metabolik jarayonlarning borishini yaxshilaydi, ishemiyalangan zonalarda mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi, faollashgan trombotsitlarning agregatsiyasini ingibitsiya qiladi. Gipoksiya, intoksikatsiya, shikastlanishlar, elektroshok bilan chaqirilgan miya shikastlanishlarida himoya ta'sir ko'rsatadi. Miya integrativ faoliyatini yaxshilaydi. Markaziy asab tizimida assotsiativ jarayonlarni faollashtiradi, xotira, kayfiyat va mentalitetni sog'lom va bemor odamlarda yaxshilaydi. Miya integrativ faoliyatini va intellektual faollikni stimulyatsiya qiladi, po'stloqdagi sinaptik o'tkazuvchanlikni va bosh miya yarim sharlararo bog'lanishlarni yaxshilaydi, o'qish jarayonlarini osonlashtiradi, buzilgan miya funksiyalarini (ong, xotira, nutq) tiklaydi va barqarorlashtiradi, aqliy ish qobiliyatini oshiradi. Sedativ va psixostimulyator ta'sir ko'rsatmaydi. Antigipoksik ta'siri tufayli miokard infarkti kompleks davolashida samaralidir.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Buyrak funksiyasi ko'rsatkichlarini doimiy nazorat qilish tavsiya etiladi. Agar uyqu buzilishlari paydo bo'lsa, piratsetamning kechki qabulini bekor qilish va bu doza kunduzgi qabulga qo'shilishi tavsiya etiladi. Transport vositalari haydovchilari va diqqatni yuqori jamlash talab qilinadigan kasb egalari uchun ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Gemodializ apparatlarining filtrlovchi membranalari orqali o'tadi.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Siptomlar: mumkin bo'lgan nojo'ya ta'sirlarning kuchayishi. Davolash: oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko'mir, simptomatik terapiya, gemodializ mumkin (samaradorligi 50-60%); maxsus antidoti yo'q.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Piracetamni markaziy asab tizimini stimulyatsiya qiluvchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llash ularning ta'sirini kuchaytiradi, antipsixotik vositalar (neyroleptiklar) bilan esa ularning markaziy ta'siri (tremor, bezovtalik va boshqalar) kuchayadi. Piracetam peroral antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytiradi, qalqonsimon bez gormonlarining samaradorligini oshiradi, antiepileptik preparatlarning samaradorligini pasaytiradi (epileptik chegarani pasaytiradi).
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Alisher
    ico ico ico ico ico
    Быстрая доставка и качественный продукт. Спасибо, Oxymed!
    06 August 2024
    0
    0
  • Gulnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличный препарат! Помог мне с концентрацией и памятью.
    06 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico