-
Tarkibi
Bitta kapsulaning tarkibi:
faol moddalari:
valeriana ildizpoyasi va ildizlari ekstrakti (quruq) - 125,000 mg;
melissa barglari ekstrakti (quruq) - 25,000 mg;
na'matak barglari ekstrakti (quruq) - 25,000 mg;
yordamchi moddalari:
magniy oksidi - 6,000 mg;
laktoza monogidrat - 85,500 mg;
magniy gidrosilikat - 8,100 mg;
magniy stearat - 2,200 mg;
kolloid kremniy dioksidi suvdan holi - 3,200 mg;
kapsula qobig'i:
titan dioksidi E171 - 1,3690 %; temir oksidi qizil E172 - 0,7527 %; xinolin sariq E104 - 0,0153 %; zakatno-sariq E110 (sunset yellow) - 0,0368 %; azorubin E122 - 0,0438 %; metilparagidroksibenzoat E128 - 0,2945 %; propilparagidroksibenzoat E126 - 0,1241 %; jelatin - 97,3638 %.
-
Qo'llanilishi
asabiy qo‘zg‘aluvchanlik bilan bog‘liq uyqusizlik (uxlab qolish qiyinchiliklari).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
laktaza yetishmovchiligi, laktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiya;
arterial gipotenziya;
xolangit, o‘t tosh kasalligi va boshqa o‘t yo‘llari kasalliklari;
homiladorlik;
emizish davri;
12 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
Ehtiyotkorlik bilan: gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERK) bo‘lgan bemorlar.
-
Qo'llash usuli
Og‘iz orqali, kapsulalarni oz miqdorda suv bilan ichiladi, Uyqusizlikda ovqat qabul qilishdan qat'i nazar. Uyqusizlikda kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga uxlashdan 1 soat oldin 1-2 kapsuladan qabul qilish tavsiya etiladi.
Preparatni uzluksiz 1,5-2 oydan ortiq qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Davolash kursi 2-4 hafta. Davolash kursi davomiyligini oshirish uchun shifokor bilan maslahatlashish kerak. Davolash to‘xtatilganda bekor qilish sindromi kuzatilmaydi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaktsiyalar mumkin (giperemiya, teri toshmasi, periferik shishlar, allergik dermatit), bronxospazm, uzoq muddatli qo'llanilganda - ich qotishi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Preparat tinchlantiruvchi va spazmolitik ta'sirga ega.
Valeriana ildizpoyasi va ildizlari ekstrakti tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Melissa barglari ekstrakti - tinchlantiruvchi va spazmolitik, yalpiz barglari ekstrakti esa spazmolitik va o'rtacha tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Preparat uyqu dori vositalari va markaziy asab tizimini (MAT) susaytiruvchi boshqa dori vositalari, gipotenziya qiluvchi preparatlar (xususan, markaziy ta'sirga ega), og'riq qoldiruvchi vositalarning ta'sirini kuchaytiradi, bu esa doza tuzatishni talab qiladi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Bemorlar GÉRB bilan preparatni qabul qilganda simptomlarning yomonlashuvi mumkin. Agar preparatni qo'llash vaqtida uyqusizlik simptomlari saqlanib qolsa yoki kuchaysa, shifokorga murojaat qilish kerak. Preparatni uzluksiz 1,5-2 oydan ortiq qo'llash tavsiya etilmaydi.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat bilan davolanish davrida diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari (transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishlari)ni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Bir martalik 20 g valeriana ildizpoyasi va ildizlarini (taxminan Persen® Kecha preparatining 39 kapsulasi) qabul qilish charchoq hissi, qorin sohasida spazmlar, ko'krakda siqilish hissi, bosh aylanishi, qo'llarning titrashi, qorachiqning kengayishi kabi holatlarni chaqirishi mumkin, ular 24 soat ichida o'z-o'zidan yo'qolishi mumkin.
Dozani oshirib yuborish holatlarida me'dani yuvish va shifokorga murojaat qilish maqsadga muvofiq.