Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, anoreksiya, qorin og'rig'i, soxta membranoz enterokolit, jigar transaminazalari faolligining oshishi, giperbilirubinemiya, gepatit, disbakterioz.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimning pasayishi, tomir kollapsi, taxikardiya.
Modda almashinuvi tomonidan: gipoglikemiya (ishtahaning oshishi, terlash, titroq).
Markaziy asab tizimi va periferik asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, holsizlik, uyquchanlik, uyqusizlik, paresteziya, xavotir, qo'rquv, gallyutsinatsiyalar, ongning chalkashishi, depressiya, harakat buzilishlari, tutqanoq.
Sezgi organlari tomonidan: ko'rish, eshitish, hid bilish, ta'm va taktil sezuvchanlikning buzilishi.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: artralgiya, mialgiya, paylarning uzilishi, mushak zaifligi, tendinit.
Siydik ajratish tizimi tomonidan: giperkreatininemiya, interstitsial nefrite.
Qon hosil qilish tizimi tomonidan: eozinofiliya, gemolitik anemiya, leyopeniya, neytropeniya, agranulositoz, trombotsitopeniya, panstsitopeniya, gemorragiyalar.
Dermatologik reaksiyalar: fotosensibilizatsiya, qichishish, teri va shilliq qavatlarning shishishi, yomon sifatli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).
Allergik reaksiyalar: toshma, bronxospazm, bo'g'ilish, anafilaktik shok, allergik pnevmonit, vaskulit.
Boshqalar: porfiriyaning kuchayishi, rabdomioliz, doimiy isitma, superinfeksiya rivojlanishi.