-
Tarkibi
1 tabletkа, ichakda eriydigan qobiq bilan qoplangan, quyidagilarni o'z ichiga oladi:
faol modda: pantoprazol natriy seskvigidrat pantoprazolga ekvivalent 40 mg.
yordamchi moddalari: laktоза, natriy metilparaben, magniy stearat, sanset sariq bo'yoq, titan dioksid, makkajo'xori kraxmali, mikrokristallik tsellyuloza, talk, kremniy dioksidi, natriy kraxmal glikolyat.
-
Qo'llanilishi
Oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasi, jumladan gistamin H2-retseptor antagonistlariga chidamli, nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar bilan davolash natijasida yuzaga kelgan eroziya-yara shikastlanishlari, reflyuks-ezofagit, Zollinger-Ellison sindromi profilaktikasi va davolash. Antibiotiklar bilan kombinatsiyada oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasi bilan og'rigan bemorlarda antihelikobakter eradikatsion terapiya.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik, nevrotik tipdagi dispepsiya, OVJShning yomon sifatli kasalliklari, buyrak va jigar funksiyasining ogʻir buzilishlari, homiladorlik, laktatsiya, 12 yoshgacha boʻlgan bolalar.
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali, ovqatdan oldin (odatda ertalab), oz miqdorda suyuqlik bilan ichiladi. Me'da yarasi va reflyuks-ezofagitning simptomatik davolashida: tavsiya etiladigan doza kuniga 20-40 mg bo'lib, 2-4 hafta davomida qabul qilinadi. Dastlabki kursdan so'ng to'liq sog'aymagan va boshqa davolash turlariga chidamli bemorlar uchun preparatning dozasini kuniga 40 mg gacha oshiriladi va davolash yana 4 hafta davom ettiriladi. Davolash kursining davomiyligi ko'rsatmalarga qarab belgilanadi, lekin u 8 haftadan oshmasligi kerak.
O'n ikki barmoqli ichak yarasida: odatdagi doza kuniga 20-40 mg bo'lib, 2 hafta davomida qabul qilinadi. Dastlabki kursdan so'ng to'liq sog'aymagan bemorlar uchun davolash keyingi 4 hafta davom ettiriladi. Yara yomon bitganda boshlang'ich doza 40 mg va 4 haftalik davolash davomiyligi tavsiya etiladi. Yara va reflyuks-ezofagitning qaytalanishini oldini olish uchun kuniga 10-40 mg dozalar tavsiya etiladi.
Preparat bilan uzoq muddatli uzluksiz davolash tavsiya etilmaydi.
Zollinger-Ellison sindromida: tavsiya etiladigan boshlang'ich doza kuniga 40 mg. Doza individual ravishda kuniga 240 mg gacha oshirilishi mumkin (bu holda ikki marta qabul qilinadi), davolash davomiyligi kasallik simptomlarining dinamikasiga bog'liq.
Helicobacter pylori ga bakteritsid ta'sirga erishish uchun preparat 40 mg dozada kuniga ikki marta mos antibiotiklar (amoksitsillin, klaritromitsin, tetratsiklin va boshqalar) bilan turli sxemalarda, 7 yoki 14 kun davomida qabul qilinadi. Yarani to'liq bitkazish uchun, ikki yoki uchli terapiya tugaganidan so'ng, antatsidlar bilan qo'shimcha davolash talab qilinishi mumkin.
Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar qabul qilish natijasida yuzaga kelgan yara bo'lsa, pantozrazolning tavsiya etiladigan doza kuniga 20-40 mg ni tashkil qiladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
PentaZa-40 preparati odatda juda yaxshi ko'tariladi. Ba'zi hollarda (taxminan 1%) quyidagilar mumkin:
Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyquchanlik, uyqusizlik, holsizlik hissi, paresteziya, ayrim hollarda – depressiya va gallyutsinatsiyalar (moyil bemorlarda).
Ovqat hazm qilish tizimi va jigar tomonidan: kolit, diareya, qorin og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish, meteorizm, ta'm sezuvchanligining o'zgarishi, stomatit, jigar fermentlari faolligining oshishi, bilirubin darajasining oshishi yoki oshmasdan, glikozuriya, gipyerbilirubinemiya.
Nafas olish tizimi tomonidan: laringit, kamdan-kam hollarda – bronxospazm, bronxial astma.
Mushak-tayanch tizimi tomonidan: artralgiyalar, mialgiyalar, mushak zaifligi.
Qon yaratuvchi tizim tomonidan: ayrim hollarda – anemiya.
Teri reaksiyalari: teri toshmasi, eshakemi va/yoki qichishish, ko'p shaklli eritema.
Boshqa reaksiyalar: ayrim hollarda – periferik shishlar, ko'rish buzilishlari, gematuriya, impotensiya, terlashning kuchayishi, isitma, buyrak og'rig'i.
-
Farmakologik xususiyatlari
Pantoprazol oshqozon sekretsiyasining blokatori hisoblanadi, parietal hujayralardan xlorid kislotasi sekretsiyasini H+, K+ ATF-az proton nasosini, xlorid kislotasi sekretsiyasining yakuniy bosqichini katalizlovchi fermentni ingibitsiyalash orqali kamaytiradi. Shu bilan birga, preparat asosiy va stimullangan (stimulyator tabiatidan qat'i nazar) kislota sekretsiyasini ham ingibitsiyalashga yordam beradi. Kislota sekretsiyasining ingibitsiyasi bir martalik qabuldan so'ng 24-72 soat davom etadi. Preparat qabul qilish to'xtatilgandan so'ng sekretor faollik asta-sekin 7 kun ichida dastlabki holatiga qaytadi. Pepsin sekretsiyasini bostirmaydi, gastrin zardob darajasini oshiradi, u odatda preparat bilan davolash to'xtatilgandan so'ng 1-2 hafta ichida dastlabki qiymatiga qaytadi. Antibiotiklarning antihelikobakter ta'sirini namoyon bo'lishiga yordam beradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Keksalar va jigar yoki buyrak funksiyasi buzilgan bemorlar uchun maxsus doza tanlash talab etilmaydi.
Davolashni boshlashdan oldin oshqozon va qizilo'ngachda yomon sifatli jarayon mavjudligini istisno qilish zarur, chunki preparatni qabul qilish simptomatikani niqoblashga olib kelishi mumkin, bu esa to'g'ri tashxis qo'yishni qiyinlashtiradi va kechiktiradi.
Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda qo'llanilganda qon zardobida jigar fermentlari faolligini muntazam nazorat qilish va u oshgan taqdirda pantoprazolni bekor qilish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi
Agar homiladorlik davrida pantoprazolni qo'llash zarur bo'lsa, onaga kutilayotgan foyda va homilaga potensial xavfni solishtirish kerak. Agar laktatsiya davrida preparatni qabul qilish zarur bo'lsa, emizishni to'xtatish masalasini hal qilish kerak, chunki eksperimental tadqiqotlarda pantoprazol ona suti bilan ajralishi aniqlangan.
Avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat bilan davolash vaqtida transport vositalarini boshqarish va diqqatni jamlashni talab qiladigan mexanizmlar bilan ishlashdan tiyilish kerak.
Preparatni bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatmaslik kerak.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Preparat diazepam, varfarin va fenitoin, shuningdek, jigar mikrosomal oksidlanish yo‘li bilan sitoxrom P450 ishtirokida metabolizmga uchraydigan boshqa dori vositalarining organizmdan chiqarilishini sekinlashtiradi.
Preparat qabul qilinishi fonida, me’da shirasi pH darajasi ularning biologik o‘zlashtirilishida muhim aniqlovchi omil bo‘lgan ayrim dori vositalarining so‘rilishi kamayishi mumkin (masalan, ketokonazol, ampisillin va uning hosilalari, temir tuzlari).
Preparat antatsidlar, metoprolol, teofillin, lidokain va xinin bilan birga qo‘llanilganda dori vositalarining ta’sirida o‘zgarish kuzatilmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning bir martalik 400 mg gacha bo‘lgan dozasini qabul qilish hech qanday xavfli simptomlarning rivojlanishiga olib kelmaydi. Agar dozani yanada oshirib yuborilsa, maxsus antidot yo‘qligi sababli, me’dani yuvish va simptomatik davolash o‘tkazilishi kerak.
Preparatni gemodializ yordamida qondan tozalash samarasiz.