Extiyotkorlik bilan
Taqiqlangan
Taqiqlangan
18 yoshdan
Extiyotkorlik bilan
Preparatni miya qon-tomir kasalliklari, qandli diabet, periferik arteriyalar kasalliklari, JKT yarali shikastlanishlari anamnezida, yengil yoki o‘rta darajadagi buyrak va jigar yetishmovchiligi, virusli gepatit, jigarni alkogolli shikastlanishi, yaxshi sifatli gipyerbilirubinemiya (Jilber, Dubin-Jonson va Rotor sindromlari), epilepsiya, tutqanoq xurujlariga moyillik, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi, keksalar orasida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Sanab o‘tilgan kasalliklar va holatlardan birortasi mavjud bo‘lsa, bemor preparatni qo‘llashdan oldin shifokorga murojaat qilishi kerak.
Dori og‘iz orqali 1 dona tabletka 1-3 marta/kun buyuriladi. Maksimal sutkalik doza - 4 tabletka.
Davolash davomiyligi isitmani tushiruvchi sifatida 3 kundan oshmasligi, og‘riq qoldiruvchi sifatida esa 5 kundan oshmasligi kerak. Davolashni davom ettirish faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng mumkin.
Ko‘rsatilgan dori dozasidan oshirmaslik kerak.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish.
Qon yaratilish tizimi tomonidan: trombotsitopeniya, leykopeiya, agranulositoz, anemiya, metgemoglobinemia.
Markaziy asab tizimi tomonidan: qo‘zg‘alish, xavotir, reflekslarning kuchayishi, tremor, bosh og‘rig‘i, uyqu buzilishi, bosh aylanishi, diqqatni jamlashning pasayishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishining tezlashuvi, aritmiyalar, arterial bosimning oshishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: eroziyali-yarali oshqozon-ichak shikastlanishlari, ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriyadagi noqulaylik, qorin og‘rig‘i, qabziyat, jigar funksiyasining buzilishi.
Siydik ajratish tizimi tomonidan: buyrak funksiyasining buzilishi.
Sezgi organlari tomonidan: eshitishning pasayishi, quloqda shovqin, yopiq burchakli glaukoma bo‘lgan bemorlarda ko‘z ichki bosimining oshishi.
Boshqalar: dermatit, taxipnoe (nafas olishning tezlashuvi).
Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya ta’sirlar kuchaysa yoki bemor yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya ta’sirlarni sezsa, bu haqda shifokorga xabar berishi kerak.
Kombinatsiyalangan preparat, analgezik, yallig‘lanishga qarshi, spazmolitik, isitmani tushiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Paratsetamol - analgetik-antipiretik, isitmani tushiruvchi va og‘riqni kamaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, bu SOG ni MNS da bloklash va og‘riq hamda termoregulyatsiya markazlariga ta’siri bilan bog‘liq.
Napreksen - NYUQV, yallig‘lanishga qarshi, analgezik va isitmani tushiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, bu prostaglandinlar sintezini tartibga soluvchi SOG faolligini neselektiv bostirishi bilan bog‘liq.
Kofein - psixostimulyator vosita, skelet mushaklari, yurak, buyraklarning qon tomirlarini kengaytiradi; aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, charchoq va uyquchanlikni bartaraf etishga yordam beradi; gistogematik to‘siqlarning o‘tkazuvchanligini oshiradi va narkotik bo‘lmagan analgetiklarning biologik mavjudligini oshiradi, shu bilan terapevtik ta’sirini kuchaytiradi. Bosh miya tomirlariga tonus beruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Drotaverin - miotrop spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi, bu FDE 4 ni ingibitsiyalash bilan bog‘liq, OVJ, o‘t yo‘llari, siydik-tanosil tizimi, qon tomirlarning silliq mushaklariga ta’sir qiladi.
Feniramin - gistamin H1-retseptorlari blokatori. Spazmolitik va yengil sedativ ta’sir ko‘rsatadi, ekssudatsiya hodisalarini kamaytiradi, shuningdek, paratsetamol va napreksenning analgezik ta’sirini kuchaytiradi.
Pentalgin® preparatini boshqa paratsetamol va/yoki YOKVQ saqlovchi vositalar, shuningdek, shamollash, gripp va burun bitishini yengillashtiruvchi vositalar bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Pentalgin® preparatini 5-7 kundan ortiq qo‘llaganda periferik qon ko‘rsatkichlari va jigar funksional holatini nazorat qilish lozim.
Paratsetamol qonda glyukoza va siydik kislotasi miqdorini laborator tekshiruv natijalarini buzadi.
Agar 17-ketosteroidlarni aniqlash zarur bo‘lsa, Pentalgin® ni tekshiruvdan 48 soat oldin bekor qilish kerak. Naproksen qon ketish vaqtini oshirishini hisobga olish lozim.
Kofeinning markaziy asab tizimiga ta’siri asab tizimi turiga bog‘liq va yuqori asab faoliyatining qo‘zg‘alishi yoki tormozlanishi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.
Davolanish davrida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish mumkin emas.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Davolanish davrida bemor avtotransport boshqarishda va diqqatni yuqori jamlash va tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilishi kerak.
Sintomlar: terining oqarishi, anoreksiya (ishtahaning yo‘qligi), qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, me’da-ichak qon ketishi, qo‘zg‘alish, harakat bezovtaligi, ongning chalkashishi, taxikardiya, aritmiya, gipetermiya (tana haroratining ko‘tarilishi), siydik ajratishning tezlashishi, bosh og‘rig‘i, tremor yoki mushaklarning qaltirashi; epileptik tutqanoqlar, jigar transaminazalari faolligining oshishi, gepatonekroz, protrombin vaqtining uzayishi. Jigar funksiyasi buzilishi simptomlari dozani oshirib yuborganidan 12-48 soat o‘tib paydo bo‘lishi mumkin. Og‘ir dozani oshirib yuborishda jigar yetishmovchiligi rivojlanadi, progressiv ensefalopatiya, koma, o‘lim; o‘tkir buyrak yetishmovchiligi tubulyar nekroz bilan; aritmiya, pankreatit. Dozani oshirib yuborishga gumon bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish zarur.
Davolash: me’dani yuvish va undan so‘ng faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish. Paratsetamol bilan zaharlanishda maxsus antidot - atsetilsistein hisoblanadi. Atsetilsistein kiritish paratsetamol qabul qilingandan keyin 8 soat ichida muhimdir. Me’da-ichak qon ketishida antatsid vositalar kiritish va me’dani muzli 0,9% natriy xlorid eritmasi bilan yuvish; o‘pka ventilyatsiyasi va oksigenatsiyani ta’minlash; epileptik tutqanoqlarda - v/i diazepam kiritish; suyuqlik va tuzlar balansini saqlash.
Pentalgin® preparatini barbituratlar, tritsiklik antidepressantlar, rifampitsin, etanol bilan bir vaqtda qabul qilganda gepatotoksik ta’sir xavfi oshadi (bu kombinatsiyalardan saqlanish kerak).
Paratsetamol bilvosita ta’sir qiluvchi antikoagulyantlarning ta’sirini kuchaytiradi va urikozurik preparatlarning samaradorligini pasaytiradi.
Barbituratlarni uzoq muddat qo‘llash paratsetamol samaradorligini pasaytiradi.
Paratsetamolni etanol bilan birga qo‘llash o‘tkir pankreatit rivojlanish xavfini oshiradi.
Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (jumladan, tsimetidin) paratsetamolning gepatotoksik ta’sir xavfini kamaytiradi.
Paratsetamolni diflunizal bilan birga qo‘llashda paratsetamolning plazmadagi konsentratsiyasi 50% ga oshadi, bu esa gepatotoksiklik rivojlanish xavfini oshiradi.
Naprokssen furosemidning diuretik ta’sirini kamaytirishi, bilvosita antikoagulyantlarning ta’sirini kuchaytirishi, sulfanilamidlar va metotreksatning toksikligini oshirishi, litiyning chiqarilishini kamaytirishi va uning qon plazmasidagi konsentratsiyasini oshirishi mumkin.
Kofein va barbituratlar, primidon, antikonvulsantlar (gidantoin hosilalari, ayniqsa fenitoin) birga qo‘llanganda kofeinning metabolizmi kuchayishi va klirensi oshishi mumkin; kofein va tsimetidin, og‘iz orqali kontratseptiv vositalar, disulfiram, tsiprofloksatsin, norfloksatsin birga qabul qilinganda kofeinning jigar metabolizmi pasayadi (chiqarilishi sekinlashadi va qon konsentratsiyasi oshadi).
Kofein saqlovchi ichimliklar va boshqa markaziy asab tizimini stimullovchi vositalarni birga iste’mol qilish markaziy asab tizimining haddan tashqari stimullanishiga olib kelishi mumkin.
Drotaverin birga qo‘llanganda levodopaning antiparkinsonik ta’sirini susaytirishi mumkin.
Feniraminni trankvilizatorlar, uyqu dori vositalari, MAO ingibitorlari, etanol bilan birga qo‘llash markaziy asab tizimiga tormozlovchi ta’sirni kuchaytirishi mumkin.