Maxsus ko'rsatmalar
Jigar va buyrak funksiyasi buzilgan, yaxshi sifatli giperkbilirubinemiya bo‘lgan bemorlarda, shuningdek, keksalar yoshidagi bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Paratsetamolni uzoq muddat qo‘llashda periferik qon manzarasi va jigar funksional holatini nazorat qilish zarur.
Premenstrual zo‘riqish sindromini davolash uchun pamabrom (diuretik, ksantin hosilasi) va mepiramin (gistamin H-retseptorlari blokatori) bilan birga qo‘llaniladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Paratsetamol platsentadan o‘tadi, terapevtik dozalarda qabul qilinganda preparat homila uchun xavfsiz, shuning uchun dozalash tartibiga qat’iy rioya qilish zarur.
Emizish davrida ona sutidagi konsentratsiyasi past (ona dozasining 1-2%). Emizilayotgan bolalarda nojo‘ya ta’sirlar qayd etilmagan. Qo‘llash dozalash tartibiga qat’iy rioya qilingan holda mumkin.
Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llash mumkin emas va bolalar uchun yetib bo‘lmaydigan joyda saqlash lozim.