Maxsus ko'rsatmalar
Keksalar va zaiflashgan bemorlarda, shuningdek bosh miya jarohati, jigar va buyrak funksiyasi buzilishi, gipotiroidizm, buyrak usti bezlari yetishmovchiligi, prostata bezi gipertrofiyasi, supraventrikulyar taxikardiya va shok holatida ehtiyotkorlik bilan va kichik dozalarda qo‘llash lozim.
Davolanish davrida alkogol iste’mol qilishni istisno qilish kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi. Preparatni 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Inson xatti-harakatiga, avtomobil yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri.
Terapik dozalarda qabul qilinganda preparat avtomobil yoki boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Biroq, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, gipotoniyaga o‘xshash nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelganda, avtomobil boshqarish va xavfli mexanizmlar bilan ishlashdan tiyilish lozim.
Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llash mumkin emas va uni bolalar uchun yetib bo‘lmaydigan joyda saqlash lozim.