-
Tavsif
Maz och sariq rangda, sarg‘ish-jigarrangdan yashil-jigarranggacha bo‘lgan tuslar bo‘lishi mumkin, lanolinning o‘ziga xos hidi bor.
-
Tarkibi
Vazelin – 25,0 g; lanolin – 15,0 g; suyuq parafin – 10,0 g; emulsion mum – 3,0 g; tsetostearyl spirt – 1,65 g; metilparagidroksibenzoat – 0,2 g; tozalangan suv – 100,0 g gacha
-
Qo'llanilishi
Teri qoplamining yaxlitligi buzilishi, mexanik, kimyoviy, harorat omillari yoki jarrohlik aralashuvlardan keyin yuzaga kelgan holatlar:
- turli kelib chiqishdagi kuyishlar (shu jumladan quyosh kuyishi);
- tirnalishlar, sidirg‘alar, yaralar, to‘shak yaralari;
- yomon bitadigan aseptik operatsiyadan keyingi yaralar;
- dermatitlar, furunkullar, pastki oyoqning trofik yaralari;
- laktatsiya davrida ko‘krak so‘rg‘ichlarining yoriqlari va yallig‘lanishini davolash va oldini olish;
- bolalarga g‘amxo‘rlik: chaqaloqlarda to‘shak yaralarini oldini olish va davolash, terining mayda shikastlanishlarida bitish jarayonini faollashtirish, pelenka dermatiti;
- quruq terini ishlov berish va himoya qilish uchun;
- teriga tashqi muhit omillarining (sovuq, shamol, namlik) noqulay ta’sirining oqibatlarini davolash va oldini olish.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
-
Qo'llash usuli
Tashqi. Mazni shikastlangan joyga yupqa qatlamda, yengil surkab, kuniga 2-4 marta (zaruriyat tug‘ilganda tez-tezroq) surtish tavsiya etiladi. Agar maz infeksiyalangan teri yuzasiga surtilsa, uni oldindan har qanday antiseptik bilan ishlov berish kerak.
Emizikli onalar har bir emizishdan keyin so‘rg‘ich yuzasiga maz surtishlari kerak.
Chaqaloqlarga har bir kiyim almashtirish yoki suv muolajasidan keyin maz surtiladi.
Preparatni qo‘llash davomiyligi bemorning kasallik kechishining individual xususiyatlariga bog‘liq va erishilgan terapevtik effekt hamda preparatga o‘zlashtirish darajasiga qarab belgilanadi. Agar davolashdan so‘ng yaxshilanish bo‘lmasa yoki yangi simptomlar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish zarur. Preparatni faqat ko‘rsatma bo‘yicha va ko‘rsatilgan dozalarda qo‘llang. Zaruriyat tug‘ilganda, dori vositasini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar (shu jumladan preparat tarkibida metilparagidroksibenzoat mavjudligi sababli kechikkan reaksiyalar) – toshma, qichishish.
-
Farmakologik xususiyatlari
Dekspantenol – pantoten kislotasining hosilasi bo‘lib, u suvda eruvchan B guruhi vitamini (vitamin B5) hisoblanadi, koferment A tarkibiy qismi sifatida uglevod, oqsil va yog‘ almashinuvi uchun zarur. Teri regeneratsiyasini stimulyatsiya qiladi, hujayra metabolizmini normallashtiradi, kollagen tolalarining mustahkamligini oshiradi. Regeneratsiyalovchi, kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, terini oziqlantiradi va yumshatadi. Yordamchi moddalar mazning terapevtik xususiyatlarini yaxshilaydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Namlanayotgan yaralarga surtmang. Preparatning ko‘zga tushishidan saqlaning. Trofik yaralar va yomon bitayotgan transplantantlarni davolash davolovchi shifokor nazorati ostida olib borilishi kerak.
Preparatni qo‘llashdan oldin yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qing. Yo‘riqnomani saqlang, u yana kerak bo‘lishi mumkin. Agar savollaringiz bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling. Siz davolanayotgan dori vositasi shaxsan siz uchun mo‘ljallangan va uni boshqa shaxslarga bermaslik kerak, chunki u ularga ham xuddi sizdagi simptomlar bo‘lsa ham zarar yetkazishi mumkin.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Preparat transport vositalarini boshqarish va diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.