Dorilarning o'zaro ta'siri
Paratsetamol va boshqa YOKVlarni uzoq muddat birga qo‘llash "analgetik" nefropatiya va buyrak papillyar nekrozi, buyrak yetishmovchiligini terminal bosqichiga o‘tish xavfini oshiradi.
Paratsetamolni yuqori dozalarda va salitsilatlar bilan bir vaqtda uzoq muddat buyurish buyrak yoki siydik pufagi saratoni rivojlanish xavfini oshiradi.
Diflunisal paratsetamolning plazmadagi konsentratsiyasini 50% ga oshiradi, bu gepatotoksiklik rivojlanish xavfini oshiradi.
Miyelotoksik dori vositalari preparatning gematotoksikligini kuchaytiradi.
Preparat uzoq muddat qabul qilinganda noaniq antikoagulyantlar (varfarin va boshqa kumarinlar) ta’sirini kuchaytiradi, bu qon ketish xavfini oshiradi.
Jigar mikrosomal oksidlanish fermentlari induktorlari (barbituratlar, fenitoin, karbamazepin, rifampitsin, zidovudin, fenitoin, etanol, flumetsinol, fenilbutazon va tritsiklik antidepressantlar) dozani oshirib yuborishda gepatotoksik ta’sir xavfini oshiradi.
Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (tsimetidin) gepatotoksik ta’sir xavfini kamaytiradi.
Metoklopramid va domperidon paratsetamol so‘rilish tezligini oshiradi, kolestiramin esa kamaytiradi.
Etanol paratsetamol bilan birga qo‘llanganda o‘tkir pankreatit rivojlanishiga yordam beradi.
Preparat urikozurik preparatlar faolligini kamaytirishi mumkin.