Farmakologik xususiyatlari
Osteoking gipofiz-adrenokortikal tizim funksiyasini kuchaytirishi, gialurat, xondroitinaza, gistamin, 5-gidroksitriptamin va prostaglandinsintetaza funksiyalarini tormozlashi mumkin, bu esa kuchliroq yallig'lanishga qarshi, shishlarga qarshi va og'riqni kamaytiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Osteoking preparati tromboksan A2 fermenti sintezini ingibitsiya qiladi, fosfodiesteraza sintezi va faolligini pasaytiradi, cAMF darajasini oshiradi, shu tariqa trombotsitlar agregatsiyasini tormozlashda, tromb hosil bo'lishini bostirishda rol o'ynaydi. Kalsiy kanallari va hujayra ichidagi kalsiy ajralishini bloklab, spazmga uchragan tomirlarni kengaytirishga, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilashga va shikastlangan to'qimalarga kislorod yetkazib berishni oshirishga yordam beradi. Osteoking preparatidagi faol moddalarning kompleksi siniq va suyak shikastlanishlarini davolash va tiklash uchun mustahkam asos yaratadi, shu bilan kasallik davomiyligini qisqartiradi.
Preparat yallig'lanishga qarshi, shishlarga qarshi, analgetik ta'sir ko'rsatadi, tromb hosil bo'lishini ingibitsiya qiladi, qon aylanishi va mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi, suyak hujayralari sintezini rag'batlantiradi, suyak trabekulalarining hosil bo'lishini oshiradi, suyak bitishini rag'batlantirib, zichligini oshiradi; gipolipidemik, fibrinolitik, antikoagulyant va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega. Osteoking qonni quyuqligini kamaytiradi, suyak ichki bosimini pasaytiradi, suyaklarning qon bilan ta'minlanishini yaxshilaydi, past zichlikdagi lipoproteidlar darajasini pasaytiradi va yog' emboliyasi hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi. Osteoking, FRES (tomir endoteliy o'sish omili) ekspressiyasini rag'batlantirish, genetik cbf α1 (yadro bog'lovchi omil α1) va BMP-2 (suyak morfogenetik oqsili) ni oshirish orqali, osteoblastlar faolligini sezilarli darajada yaxshilaydi va shikastlangan suyaklarni tiklab, suyak kasalliklarini samarali davolaydi.