Dorilarning o'zaro ta'siri
Ondansetron boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ularning metabolizmini tezlashtirmaydi va sekinlashtirmaydi. Maxsus tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ondansetron alkogol, temazepam, furosemid, alfentanil, tramadol, morfin, lidokain, tiopental yoki propofol bilan o‘zaro ta’sir qilmaydi.
Ondansetron jigar sitoxrom P450 fermentlari: CYP3A4, CYP2D6 va CYP1A2 tomonidan metabolizlanadi. Ondansetron metabolizmining fermentlari xilma-xilligi tufayli, ularning birortasi (masalan, CYP2D6 genetik yetishmovchiligi) faoliyatining tormozlanishi yoki kamayishi odatdagi sharoitda boshqa fermentlar tomonidan kompensatsiya qilinadi va umumiy kreatinin klirensiga ta’sir qilmaydi yoki ta’siri ahamiyatsiz bo‘ladi.
Ondansetronni QT intervalini uzaytiruvchi va/yoki elektrolit muvozanatini buzuvchi dori vositalari bilan ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (qarang bo‘lim «Qo‘llash xususiyatlari»).
Ondansetronni QT intervalini uzaytiruvchi preparatlar bilan birga qo‘llash QT intervalining qo‘shimcha uzayishiga olib kelishi mumkin. Ondansetronni kardiotoksik preparatlar (masalan, doksorubitsin, daunorubitsin yoki trastuzumab kabi antrasiklinlar), antibiotiklar (masalan, eritromitsin), zamburug‘larga qarshi preparatlar (masalan, ketokonazol), antiaritmik preparatlar (masalan, atenolol yoki timolol) bilan birga qo‘llash aritmiya rivojlanish xavfini oshiradi (qarang bo‘lim «Qo‘llash xususiyatlari»).
Serotoninergiklar (masalan, SIOZ va IOZ)
Serotonin sindromi (psixik holat o‘zgarishlari, vegetativ beqarorlik va nerv-mushak buzilishlarini o‘z ichiga oladi) ondansetron va boshqa serotoninergik preparatlar, shu jumladan selektiv serotonin qayta qabul qilinishining ingibitorlari (SIZQS) va SNZ ingibitorlari bilan birga qo‘llanganda kuzatilgan (qarang bo‘lim «Qo‘llash xususiyatlari»).
Apomorfin
Ondansetronni apomorfin gidroxlorid bilan birga qo‘llash mumkin emas, chunki birga qo‘llanganda og‘ir gipotenziya va hushdan ketish holatlari kuzatilgan.
Fenitoin, karbamazepin va rifampisin.
Kuchli CYP3A4 induktorlari (masalan, fenitoin, karbamazepin va rifampisin) bilan davolanayotgan bemorlarda ondansetron klirensi oshadi va uning qon zardobidagi konsentratsiyasi kamayadi.
Tramadol
Ba’zi klinik tadqiqotlarga ko‘ra, ondansetron tramadolning analgetik ta’sirini kamaytirishi mumkin.