Qo'llash usuli
Ertalab, iloji boricha ovqatdan oldin, kapsulani butun holda yutib, yarim stakan suv bilan ichish tavsiya etiladi. Kapsulani chaynash yoki maydalash mumkin emas.
Yutishda qiyinchilik bo‘lgan bemorlar va faqat yarim qattiq ovqatni ichib-yuta oladigan bolalar uchun kapsulani ochib, uning ichidagini yarim stakan suv bilan qabul qilish yoki uni engil nordon ichimlik, masalan, meva sharbati, olma pyuresi yoki gazsiz suv bilan aralashtirib ichish mumkin. Bemor bunday aralashmani qisqa muddatda (30 daqiqa ichida) qabul qilish kerakligini bilishi lozim. Aralashmani ishlatishdan oldin chayqatish va yarim stakan suv bilan ichish kerak.
Bundan tashqari, bemorlar kapsulani so‘rib, pelletlarni yutib, yarim stakan suv bilan ichishlari mumkin.
Kattalar uchun.
Preparatni ovqatdan oldin, kapsulani shikastlamasdan, oz miqdorda suyuqlik bilan ichish tavsiya etiladi.
Me’da yarasi kasalligida - 20-40 mg kuniga 1 marta 4-8 hafta davomida.
On ikki barmoqli ichak yarasi kasalligida Omegast® 20 mg kuniga 1 marta 2-4 hafta davomida buyuriladi. Rezistent holatlarda doza 40 mg gacha oshirilishi mumkin.
Gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERK), reflyuks-ezofagitda – 20 mg har kuni 1 marta 4-8 hafta davomida.
Zollinger-Ellison sindromida Omegast® 60 mg kuniga 1 marta buyuriladi. Zarurat tug‘ilganda doza 80-120 mg gacha oshiriladi, 2 qabulga bo‘linadi. Kurs davomiyligi individual belgilanadi (operatsiyagacha).
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYQV) qabul qilish natijasida yuzaga kelgan eroziyali-yarali oshqozon-ichak shikastlanishlarida - 20 mg kuniga 1 marta 4-8 hafta davomida.
Helicobacter pylori ni eradikatsiya qilish uchun – Omegast® 20 mg kuniga 2 marta (aniq 12 soatda, ertalab va kechqurun) 7-14 kun davomida antimikrob terapiya bilan birga (qo‘llanilayotgan davolash sxemasiga qarab) buyuriladi.
Nojo´ya ta´sirlar
toshma, qichishish, angionevrotik shish.
- charchoq, umumiy zaiflik.
- tana vaznining oshishi, gipoglikemiya, giponatriemiya.
- purpura, petehiya, terining quruqligi, soch to'kilishi.
- ko'krak qafasida og'riq, takikardiya yoki bradikardiya, yurak urishi, gipertoniya, periferik shishlar.
- qayt qilish, qusish, qorin ichakning irritatsiyasi, til shilliq qavatining atrofiyasi, og'iz quruqligi.
- mushak og'rig'i, mushaklar va suyaklarda og'riq, mushak spazmlari, mushak zaifligi.
- quloqlarda shovqin, ta'mning buzilishi, ko'rish va eshitishning o'rtacha buzilishlari.
- agressiya, depressiya, uyquchanlik, gallyutsinatsiyalar, sekinlik, uyqu buzilishi, asabiylashish, xavotir, tremor, bosh aylanishi, paresteziya.
-proteinuriya, gematuriya, glikozuriya, serum kreatinin darajasining oshishi.
- ginekomastiya, tuxumdonlarda og'riq.
Kamdan-kam:
- jigar funksiyalarining laborator ko'rsatkichlarining o'rtacha oshishi.
- gepatotsellyulyar, xolestatik yoki aralash gepatit.
Juda kamdan-kam:
- anafilaktik reaksiyalar.
- pancitopeniya, agranulotsitoz, anemiya, shu jumladan gemolitik anemiya, neyropeniya, trombotsitopeniya, leykotsitoz.
- Layel sindromi, Stivens-Djonson sindromi, ko'p shaklli eritema.
- umurtqa pog'onasi, son, bilakning sinish xavfi.
- jigar yetishmovchiligi.
- interstitsial nefrit.