Farmakologik xususiyatlari
Bakteritsid ta'sirga ega bo'lib, mikroblar hujayrasining DNK - giraza hayotiy muhim fermentini inhibe qilib, mikroorganizmlarning DNK biosintezini buzadi. Preparat asosan grammanfiy va ba'zi grammusbat aerob bakteriyalariga ta'sir qiladi. Ko'pchilik antibiotiklar va sulfanilamid preparatlariga chidamli mikroorganizmlar ustida faol. Preparatga E.coli, Klebsiellа spp, shu jumladan Klebsiella pneumonia, Proteus mirabillis, Proteus vulgaris, Serratilla spp., Providencia spp., Citrobacter spp., Salmonella spp., Shigella spp., Yepsinia spp., Vibrio spp., Neisseria gonorea, Neisseria meningitidis, Haemophilus influenzae, Aeromonas hydrophila, Bordetella parapertussis, Bordetella pertussis, Moraxella catarrhalis, Staphylococcus spp., Staphilococcus aureus, Legionella spp., Cheamidia trachomaris, Mikoplazma spp., o'sayotgan mikobakteriyalar, shuningdek, beta-laktamazalarni ishlab chiqaradigan bakteriyalar juda sezgir. Preparatga Acinetobacter spp., Enterococci, Streptococcus spp., (shu jumladan pnevmokoklar) Clostridium perfringens, Corynebacterium spp., Campelobacter spp., Helicobacter pylori, Listeria monocytogenes, Pseudomonas aeruginosae, Gardnerella vaginalis, Mycobacterium tuberculosis, Ureaplazma urealyticum o'rtacha sezgir. Preparatga anaerob mikroorganizmlar (shu jumladan, bakteroidlar, klostridiyalar, aktinomisetlar, fuzobakteriyalar, enterokoklar, metitsillin-rezistent stafilokoklar, nokardiyalar) chidamli.