-
Tarkibi
Har bir flakon (100 ml) quyidagilarni o'z ichiga oladi:
faol modda: ofloksatsin 200 mg;
yordamchi moddalari: natriy xlorid, xlorid kislotasi kontsentrlangan, dinatriy edetat digidrat, in'ektsiya uchun suv.
-
Qo'llanilishi
Nafas yo‘llari infeksiyalari (bronxit, pnevmoniya), LOR-a’zolari (sinusit, faringit, o‘rta otit, laringit), teri, yumshoq to‘qimalar, suyaklar, bo‘g‘imlar infeksiyalari, qorin bo‘shlig‘i va o‘t yo‘llari infeksion-yallig‘lanish kasalliklari (bakterial enteritdan tashqari), buyraklar (pielonefrit), siydik chiqarish yo‘llari (tsistit, uretrit), kichik chanoq va jinsiy a’zolar (endometrit, salpingit, ooforit, servitsit, parametrit, prostatit, kolpit, orxit, epididimit), gonoreya, xlamidioz, septitsemiya (faqat v/v yuborish uchun), meningit, immun holati buzilgan bemorlarda infeksiyalar profilaktikasi (shu jumladan neytropeniya holatida); bakterial qorin parda yaralari, kon’yunktivit, blefarit, meybomit (arpa), dakriotsistit, keratit, ko‘zning xlamidial infeksiyalari.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
yuqori sezuvchanlik yoki ofloksasin va boshqa ftorxinolon hosilalariga toqat qilmaslik
-glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi
-epilepsiya
Markaziy asab tizimi shikastlanishlari bilan tutqanoq chegarasining pasayishi (bosh miya jarohati, insult, bosh miya yallig‘lanish kasalliklaridan keyin)
-homiladorlik, laktatsiya
-bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, depressiya, holsizlik, bezovtalik hissi, uyqu buzilishi, qo‘zg‘aluvchanlik, tremor, psixotik reaksiyalar
-diplopiya, yorug‘likni qabul qilish buzilishi
-ta’m, hid, eshitish buzilishi
-taxikardiya, arterial bosimning pasayishi, kollaps
-ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og‘rig‘i, ishtahaning yo‘qligi, meteorizm
-jigar transaminazalari faolligining va qon plazmasida bilirubin darajasining vaqtincha oshishi
-xolestatik sariqlik
-soxta membranoz kolit
-kristalluriya
-leykopeniya, agranulositoz, eozinofiliya, trombotsitopeniya
-teri toshmasi, qichishish, eshakemi, fotosensibilizatsiya, bronxospazm
-artralgiya, mialgiya, tendinitlar, tenosinovitlar yoki paylarning yorilishi
-gipoglikemiya (qandli diabet bilan kasallanganlarda)
-disbakterioz, superinfeksiya Kamdan-kam
-mushaklarda tutqanoqlar, qo‘llar va oyoqlarda paresteziya, gallyutsinatsiyalar (bu reaksiyalar preparatni darhol bekor qilishni talab qiladi)
-o‘tkir interstitsial nefrite va azot chiqarish funksiyasining buzilishi, qon plazmasida siydik va kreatinin miqdorining biroz oshishi
-gemolitik va aplastik anemiya, pansitopeniya
-angionevrotik shish, Kvinke shishi Juda kamdan-kam
-anafilaktik shok Qarshi ko‘rsatmalar
-yuqori sezuvchanlik yoki ofloksasin va boshqa ftorxinolon hosilalariga toqat qilmaslik
-glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi
-epilepsiya
-Markaziy asab tizimi shikastlanishlari bilan tutqanoq chegarasining pasayishi (bosh miya jarohati, insult, bosh miya yallig‘lanish kasalliklaridan keyin)
-homiladorlik, laktatsiya
-bolalar va o‘smirlar yoshi (18 yoshgacha).
-
Qo'llash usuli
Preparat dozalari individual tarzda infeksiya joylashuvi va og‘irligiga, mikroorganizmlarning sezuvchanligiga, bemorning umumiy holati va jigar hamda buyrak funksiyasiga qarab tanlanadi.
Preparatni tomir ichiga yuborishni 200 mg bir martalik doza bilan boshlanadi, uni tomchilab, sekin 30-60 daqiqa davomida yuboriladi. Bemor holati yaxshilanganda preparatni shu kunlik dozada og‘iz orqali qabul qilishga o‘tkaziladi.
Kattalar uchun Oflo®ning o‘rtacha kunlik dozasi 200 mg dan 400 mg gacha. Maksimal bir martalik doza - 400 mg. Maksimal kunlik doza - 800 mg. Qabul qilish soni kuniga 2 marta. Davolash kursi davomiyligi 7 kundan 10 kungacha. 400 mg gacha bo‘lgan kunlik dozani bir martada, afzalroq ertalab buyurish mumkin.
-nafas yo‘llari, teri va yumshoq to‘qimalar infeksion kasalliklarida Oflo® 200 mg dan kuniga ikki marta buyuriladi. Murakkab infeksiyalarda Oflo® dozasini kuniga 800 mg gacha oshirish mumkin
-buyrak va siydik chiqarish yo‘llari infeksion kasalliklarida Oflo® 100-200 mg dozada kuniga 1-2 marta, kasallik og‘irligiga qarab buyuriladi
-jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda maksimal kunlik doza 400 mg
-o‘tkir asoratsiz gonoreyada Oflo® ni 400 mg dozada bir martalik qabul qilish mumkin
-buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda (kreatinin klirensi 50-20 ml/min bo‘lsa) bir martalik doza o‘rtacha dozaning 50 % ni tashkil qilishi kerak, kuniga 2 marta buyuriladi yoki to‘liq bir martalik doza kuniga 1 marta yuboriladi. Kreatinin klirensi 20 ml/min dan kam bo‘lsa, bir martalik doza - 200 mg, so‘ngra 100 mg kuniga bir marta navbat bilan (har ikki kunda bir marta) yuboriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
bosh og'rig'i, bosh aylanishi, depressiya, zaiflik, bezovtalik hissi, uyqu buzilishi, hayajon, tremor, psixotik reaksiyalar
-diplopiya, yorug'likni qabul qilishda buzilish
-ta'm, hid, eshitish buzilishi
-tahikardiya, qon bosimining pasayishi, kolaps
-qo'zg'alish, qusish, diareya, qorin og'rig'i, ishtahaning yo'qligi, gaz to'planishi
-vaqtinchalik jigar transaminazlari va qon plazmasidagi bilirubin darajasining oshishi
-xolestatik saraton
-psevdomembranoz kolit
-kristalluriya
-leykopeniya, agranulotsitoz, eozinofiliya, trombotsitopeniya
-teri toshmasi, qichish, urtikarija, fotosensibilizatsiya, bronkospazm
-artalgiya, mialgiya, tendinit, tenosinovit yoki tendin yirtilishi
-gipoglikemiya (shakar diabeti bilan og'rigan bemorlarda)
-dizbakterioz, superinfektsiya Kamdan-kam
-mushtak spazmlari, ekstremitalarda paresteziya, gallyutsinatsiyalar (bu reaksiyalar dori vositasini darhol to'xtatishni talab qiladi)
-o'tkir interstitsial nefrit va azot chiqarish funksiyasining buzilishi, qon plazmasida urea va kreatinin darajasining biroz oshishi
-gemolitik va aplastik anemiya, pancitopeniya
-anjionevrotik shish, Kvinke shishi Juda kamdan-kam
-anafilaktik shok
-
Farmakologik xususiyatlari
Ftorxinolonlar guruhiga mansub keng ta'sir doirasiga ega antimikrob preparat, bakterial ferment DNK-gidrazaga ta'sir qiladi, u DNK bakteriyalarning ortiqcha spiralizatsiyasini va shunday qilib, DNKning barqarorligini ta'minlaydi (DNK zanjirlarining beqarorlanishi ularning nobud bo'lishiga olib keladi). Bakteritsid ta'sir ko'rsatadi.
Beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlar va tez o'suvchi atipik mikobakteriyalarga nisbatan faol.
Sezgir: Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Escherichia coli, Citrobacter, Klebsiella spp. (shu jumladan Klebsiella pneumonia), Enterobacter spp., Hafhia, Proteus spp. (shu jumladan Proteus mirabilis, Proteus vulgaris - indol-musbat va indol-manfiy), Salmonella spp., Shigella spp. (shu jumladan Shigella sonnei), Yersinia enterocolitica, Campilobacter jejuni, Aeromonas hydrophila, Plesiomonas aeruginosa, Vibrio cholerae, Vibrio parahaemolyticus, Haemophilus influenzae, Chlamydia spp., Legionella spp., Serratia spp., Providencia spp., Haemophilus ducreyi, Bordetella parapertussis, Bordetella pertussis, Moraxella catarrhalis, Propionibacterium acnes, Staphylococcus spp., Brucella spp.
Doriga turlicha sezgirlikka ega: Enterococcus faecalis, Streptococcus pyogenes, pneumoniae va viridans, Serratio marcescens, Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter, Mycoplasma hominis va pneumoniae, Mycobacterium tuberculosis, shuningdek Mycobacterium fortuim, Ureaplasma urealyticum, Clostridium perfringens, Corynebacterium spp., Helicobacter pylori, Listeria monocytogenes, Gardnerella vaginalis.
Ko'p hollarda sezgir emas: Nocardia asteroides, anaerob bakteriyalar (masalan, Bacteroides spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp., Eubacterium spp., Fusobacterium spp., Clostridium difficile). Treponema pallidum ga ta'sir qilmaydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Pnevmoniyani pnevmokokklar chaqirgan hollarda dori vositasi tanlovi emas.
O‘tkir tonzillitni davolashda ko‘rsatilmagan.
2 oydan ortiq qo‘llash, quyosh nurlari ta’siriga, ultrabinafsha nurlanishga (simob-kvars lampalari, solyariy) duchor bo‘lish tavsiya etilmaydi.
Markaziy asab tizimi tomonidan nojo‘ya ta’sirlar, allergik reaksiyalar, soxta membranoz kolit yuzaga kelganda preparatni bekor qilish zarur.
Koloskopik va/yoki gistologik tasdiqlangan soxta membranoz kolitda vankomitsin va metronidazol peroral buyuriladi.
Kamdan-kam uchraydigan tendinit paylarning yorilishiga olib kelishi mumkin (asosan axill payi), ayniqsa, keksalarda.
Tendinit belgilari paydo bo‘lsa, davolashni darhol to‘xtatish, axill payini immobilizatsiya qilish va ortopedga murojaat qilish zarur.
Davolash davrida avtotransport boshqarish va yuqori diqqat-e’tibor va tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan tiyilish, etanol iste’mol qilmaslik kerak.
Dori vositasini qo‘llashda ayollarga tamponlardan foydalanish tavsiya etilmaydi, chunki kandidiaz rivojlanish xavfi ortadi.
Davolash fonida miasteniya kechishi og‘irlashishi, porfiriyaning xurujlari ko‘payishi mumkin.
Bakteriologik diagnostika vaqtida soxta manfiy natijalarga olib kelishi mumkin (Mycobacterium tuberculosis ajralishini to‘sqinlik qiladi).