Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari nozeilin-ns 15 ml spreyi
1 ml preparatda quyidagilar mavjud: Faol moddalari Nafazolin gidroxlorid 0,5 mg Xlorfeniramin maleat 0,5 mg Yordamchi moddalari natriy sitrat, bor kislotasi, benzalkoniya xlorid, dinatriy edetat, in'ektsiya uchun suv.
Qo'llanilishi
- rinitlarda (o‘tkir, allergik), sinusitlarda; - burundan qon ketishda (tomirlarni toraytiruvchi vosita sifatida) to‘xtatish va rinoskopiyani o‘tkazishni yengillashtirish uchun; - pichan isitmasida; - kon’yunktivitlarda (allergik, surunkali); - ko‘rish yuklamasi oshganida akkomodatsiya buzilishlarida; - bahorgi kon’yunktivitlarda (kombinatsiyalangan terapiya tarkibida).
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat quyidagi holatlarda qo'llash mumkin emas: - preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik; - arterial gipertenziya; - taxikardiya; - gipertireoidizm; - yaqqol ateroskleroz; - yopiq burchakli glaukoma; - MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish, shuningdek ularni bekor qilgandan keyin 14 kun davomida. Preparat 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llash mumkin emas.
Qo'llash usuli
Ko‘z tomchilari Kattalar va 6 yoshdan katta bolalar uchun tavsiya etiladigan preparat dozası zararlangan ko‘z (yoki ikkala ko‘z) kon'yunktival qopchasiga 1-2 tomchi, kuniga 4 martagacha. Burun tomchilari Kattalar va 6 yoshdan katta bolalar uchun tavsiya etiladigan preparat dozası har bir burun yo‘liga 1-2 tomchidan, kuniga 3-4 martagacha. Flakon-tomizg‘ich ichidagining mikroblar bilan ifloslanishini oldini olish uchun flakon uchining har qanday sirtlar bilan tegishidan saqlanish kerak. Qo‘llashlar orasida flakonni mahkam yopiq holda saqlash zarur.
Nojo´ya ta´sirlar
Mahalliy ta'sir bilan bog'liq midoz, yosh qichishishi, ichki ko'z bosimining oshishi, gipermiyaning kuchayishi, qichishish, noqulaylik, kuyish, uzoq muddatli qo'llanilganda - burun shilliq qavatining shishishi, atrofiya rinit.
Farmakologik xususiyatlari
Oftalmologiya va LOR-amaliyotda mahalliy qo‘llash uchun kombinatsiyalangan preparat. Preparat tarkibiga kiruvchi alfa-adrenomimetik nafazolin kuchli va uzoq davom etuvchi tomirlarni toraytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, shish, giperemiyani kamaytiradi. Alfa1- va alfa2-adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atadi, qorachiqni toraytiradi, yallig‘lanishga qarshi (shishga qarshi) xususiyatlarga ega. Mahalliy qo‘llanganda burun va ko‘z shilliq qavatida tomirlarni toraytiruvchi ta’sir bir necha daqiqadan so‘ng boshlanadi va bir necha soat davom etadi. Rinitlarda burun nafasini yengillashtiradi, venoz sinuslarga qon oqimini kamaytiradi. Tizimli ta’siri arterial bosimning oshishi bilan namoyon bo‘ladi. Xlorfeniramin, H1-gistamin retseptorlari blokatori, antiallergik ta’sir ko‘rsatadi, mahalliy ekssudativ namoyonlar, shish va burun, burun-halqum va burun yondosh bo‘shliqlari shilliq qavatining giperemiyasini kamaytiradi, ko‘z va burundagi qichishishni, rinoreya, burun bitishini, ko‘zdan yosh oqishini bartaraf etadi.
Maxsus ko'rsatmalar
Shuni hisobga olish kerakki, preparatni uzoq muddat qo‘llashda taxifilaksiya (ta’sirning susayishi) rivojlanishi mumkin. Preparat bilan davolashning 5-7 kunidan so‘ng qisqa tanaffus tavsiya etiladi. Preparatni surunkali rinitlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari, shu jumladan yurak ritmi buzilishlari, qiyin boshqariladigan arterial gipertenziya bo‘lgan bemorlarda, shuningdek, qandli diabeti bo‘lgan, ayniqsa, ketoatsidozga moyil bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparat tarkibiga kiruvchi benzalkoniya xlorid yumshoq kontakt linzalar tomonidan so‘rilishi mumkin, shuning uchun preparat tomizilishidan oldin linzalarni olib tashlash va preparat tomizilganidan 15 daqiqa o‘tgach taqish kerak. Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparat psixomotor reaksiyalar tezligiga ta’sir qilishi mumkinligini hisobga olib, preparat tomizilgandan so‘ng ko‘rish o‘tkirligi vaqtincha pasayishi mumkinligi sababli, avtomobil boshqaradigan va potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlaydigan shaxslarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish tavsiya etiladi. Pediatriyada qo‘llanilishi 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni faqat onaga kutilayotgan foyda homila yoki chaqaloq uchun potensial xavfdan ustun bo‘lsa, qo‘llash mumkin.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Preparat mahalliy anestezik vositalarning so‘rilishini sekinlashtiradi, ularning yuzaki anesteziya vaqtida ta’sirini uzaytiradi. MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda nafozolin ta’sirida depolanadigan katexolaminlarning ajralib chiqishi natijasida yaqqol arterial gipertenziya kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari, MAO ingibitorlari qabul qilinayotganda xlorfeniraminning jigaridagi metabolizmi sekinlashadi, bu esa uning ta’sirining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish xavfi preparatni tasodifan yutib yuborishda (ayniqsa kichik yoshdagi bolalarda) yuzaga keladi va quyidagi simptomlar bilan namoyon bo‘ladi: uyquchanlik, tormozlanish, tana haroratining pasayishi, yurak urish tezligining sekinlashuvi. Davolash: oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, zarur bo‘lsa simptomatik davolash buyuriladi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!