-
Tarkibi
1 ml preparat tarkibida mavjud Faol moddalar Nafazolin gidroxlorid 0,5 mg Xlorfeniramin maleat 0,5 mg Yordamchi moddalar natriy sitrat, bor kislotasi, benzalkoniya xlorid, dinatriy edetat, in'ektsiya uchun suv.
-
Qo'llanilishi
- rinitlarda (o‘tkir, allergik), sinusitlarda; - burundan qon ketishda (tomirlarni toraytiruvchi vosita sifatida) to‘xtatish va rinoskopiyani o‘tkazishni yengillashtirish uchun; - pichan isitmasida; - kon’yunktivitlarda (allergik, surunkali); - ko‘rish yuklamasi oshganida akkomodatsiya buzilishlarida; - bahorgi kon’yunktivitlarda (kombinatsiyalangan terapiya tarkibida).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat quyidagi holatlarda qo'llash mumkin emas: - preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik; - arterial gipertenziya; - taxikardiya; - gipertireoidizm; - yaqqol ateroskleroz; - yopiq burchakli glaukoma; - MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish, shuningdek ularni bekor qilgandan keyin 14 kun davomida. Preparat 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llash mumkin emas.
-
Qo'llash usuli
Ko'z tomchilari Kattalar va 6 yoshdan katta bolalar uchun tavsiya etilgan preparat doza - zararlangan ko'z (yoki har ikkala ko'z) kon'yunktival qopchasiga 1-2 tomchi kuniga 4 martagacha. Burun tomchilari Kattalar va 6 yoshdan katta bolalar uchun tavsiya etilgan preparat doza - har bir burun yo'liga 1-2 tomchi 3-4 marta kuniga. Flakon-tomchilatkich ichidagining mikroblar bilan ifloslanishini oldini olish uchun flakon uchining har qanday sirtlar bilan tegib ketishidan saqlanish kerak. Qo'llashlar orasida flakonni mahkam yopiq holda saqlash lozim.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Mahalliy ta'sir bilan bog'liq midoz, yosh qichishishi, ichki ko'z bosimining oshishi, gipermiyaning kuchayishi, qichishish, noqulaylik, kuyish, uzoq muddatli qo'llanilganda - burun shilliq qavatining shishishi, atrofiya rinit.
-
Farmakologik xususiyatlari
Oftalmologiya va LOR-amaliyotda mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan kombinatsiyalangan preparat. Preparat tarkibiga kiruvchi alfa-adrenomimetik nafazolin kuchli va uzoq davom etuvchi tomirlarni toraytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, shish va giperemiyani kamaytiradi. Alfa1- va alfa2-adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atadi, qorachiqni toraytiradi, yallig‘lanishga qarshi (shishga qarshi) xususiyatlarga ega. Burun va ko‘z shilliq qavatiga mahalliy qo‘llanganda tomirlarni toraytiruvchi effekt bir necha daqiqadan so‘ng yuzaga chiqadi va bir necha soat davom etadi. Rinitlarda burun nafasini yengillashtiradi, venoz sinuslarga qon oqimini kamaytiradi. Tizimli ta’siri arterial bosimning oshishi bilan namoyon bo‘ladi. Xlorfeniramin, N1-gistamin retseptorlari blokatori, allergiyaga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, mahalliy ekssudativ ko‘rinishlar, shish va burun, burun-halqum va burun yondosh bo‘shliqlari shilliq qavatining giperemiyasini kamaytiradi, ko‘z va burunda qichishishni, rinoreya, burun bitishini, ko‘zdan yosh oqishini bartaraf etadi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Preparat mahalliy anestezik vositalarning so‘rilishini sekinlashtiradi, ularning yuzaki anesteziya vaqtida ta’sirini uzaytiradi. MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda nafazolin ta’sirida depoda saqlanayotgan katexolaminlarning ajralib chiqishi natijasida kuchli arterial gipertenziya kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari, MAO ingibitorlari qabul qilinayotganda xlorfeniraminning jigaridagi metabolizmi sekinlashadi, bu esa uning ta’sirining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatni uzoq muddat qo‘llashda taxifilaksiya (ta’sirning susayishi) rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak. Preparat bilan davolashning 5-7 kunidan so‘ng qisqa muddatli tanaffus tavsiya etiladi. Preparatni surunkali rinitlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari, shu jumladan yurak ritmi buzilishi, qiyin boshqariladigan arterial gipertenziya bo‘lgan bemorlarda, shuningdek, qandli diabeti, ayniqsa, ketoatsidozga moyilligi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparat tarkibiga kiruvchi benzalkoniya xlorid yumshoq kontakt linzalar tomonidan so‘rilishi mumkin, shuning uchun linzalarni preparat tomizilishidan oldin olib tashlash va preparat instillyatsiyasidan 15 daqiqa o‘tgach taqish kerak. Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparat psixomotor reaksiyalar tezligiga ta’sir qilishi mumkinligini hisobga olib, preparat tomizilgandan so‘ng ko‘rish o‘tkirligi vaqtincha pasayishi mumkinligi sababli, avtomobil boshqaradigan va potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlaydigan shaxslarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish tavsiya etiladi. Pediatriyada qo‘llanilishi 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan. Preparat bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlanishi va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasligi kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni faqat onaga kutilayotgan foyda homila yoki chaqaloq uchun potensial xavfdan ustun bo‘lsa qo‘llash mumkin.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Dozaning oshib ketishi xavfi preparatni tasodifiy yutib yuborilganda (ayniqsa kichik yoshdagi bolalarda) yuzaga keladi va quyidagi simptomlar bilan namoyon bo‘ladi: uyquchanlik, sekinlashish, tana haroratining pasayishi, yurak urish tezligining sekinlashishi. Davolash: oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, zarur bo‘lsa simptomatik davolash buyuriladi.