Extiyotkorlik bilan
6 yoshdan
Extiyotkorlik bilan
Taqiqlangan
Taqiqlangan
Nerv tizimi tomonidan: davolash boshida (ayniqsa, keksalarda) uyquchanlik, bosh aylanishi, charchoq, diqqatni jamlashning buzilishi, ataksiya, yurishning beqarorligi va harakatlarni muvofiqlashtirishning yomonlashuvi, sustlik, hissiyotlarning pasayishi, psixik va harakat reaksiyalarining sekinlashuvi; kamdan-kam hollarda - bosh og‘rig‘i, eyforiya, depressiya, tremor, kayfiyatning tushkunligi, qotib qolish, xotira buzilishi, distonik ekstrapiramidal reaksiyalar (nazorat qilinmaydigan harakatlar, shu jumladan ko‘z), holsizlik, kun davomida mushaklarning zaifligi, dizartriya (nutqning noaniqligi), ongning chalkashligi; juda kam hollarda - paradoksal reaksiyalar (tajovuzkor portlashlar, psixomotor qo‘zg‘alish, qo‘rquv, o‘z joniga qasd qilishga moyillik, mushak spazmi, gallyutsinatsiyalar, o‘tkir qo‘zg‘alish, asabiylik, tashvish, uyqusizlik).
Qon yaratuvchi tizim tomonidan: leyopeniya, neytropeniya, agranulositoz (titroq, gipertermiya, tomoq og‘rig‘i, g‘ayrioddiy charchoq yoki zaiflik), anemiya, trombotsitopeniya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘iz qurishi yoki so‘lak ajralishi, qizilo‘ngachda kuyish, ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, qabziyat, diareya, jigar funksiyasining buzilishi, jigar transaminazalari va SHF faolligining oshishi, sariqlik.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: siydik tutolmaslik, siydik ushlanishi, buyrak funksiyasining buzilishi.
Jinsiy tizim tomonidan: libido oshishi yoki pasayishi, dismenoreya.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish.
Homilaga ta’siri: teratogenlik, markaziy asab tizimini bostirish, nafas olishning buzilishi va preparatni qabul qilgan onalarning yangi tug‘ilgan chaqaloqlarida so‘rish refleksining bostirilishi.
Boshqa: o‘rganib qolish, dori vositasiga qaramlik, arterial bosimning pasayishi; kamdan-kam hollarda - nafas markazining bostirilishi, ko‘rishning buzilishi (diplopiya), bulimiya, tana vaznining pasayishi, taxikardiya, anterograd amneziya.
Dozani keskin kamaytirish yoki qabul qilishni to‘xtatishda bekor qilish sindromi (asabiylashish, bosh og‘rig‘i, tashvish, hayajon, qo‘zg‘alish, qo‘rquv hissi, asabiylik, uyquning buzilishi, disforiya, ichki organlar va skelet mushaklarining silliq mushak spazmi, depersonalizatsiya, terlashning kuchayishi, depressiya, ko‘ngil aynishi, qusish, tremor, sezgi buzilishlari, shu jumladan giperkakuziya, paresteziya, yorug‘likdan qo‘rqish, taxikardiya, tutqanoq, gallyutsinatsiyalar, kamdan-kam hollarda - o‘tkir psixoz).
Anksiolitik vosita (trankvilizator) benzodiazepin hosilalari guruhidan. Anksiolitik va sedativ ta'sir ko'rsatadi. Qarshi-tutqanoq va markaziy miorelaksatsion faollikka ega. Ta'sir mexanizmi bosh miya GABA-ergik jarayonlarini kuchaytirish bilan bog'liq. Asosan bosh miya faollashtiruvchi retikulyar tuzilmasiga ta'sir qiladi, sezgir retseptorlardan limbik tizimga impulslarni qabul qilishni kamaytiradi va emotsional rang-baranglikni pasaytiradi.
Dozani har qanday o‘zgartirish shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.
Arterial gipotenziyaga moyillikda, dori vositasiga qaramlik rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganda, keksalar, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, serebral va orqa miya ataksiyalari, giperkinez, psixotrop preparatlardan suiiste’mol qilishga moyillik, bosh miya organik kasalliklari, psixoz (paradoksal reaksiyalar bo‘lishi mumkin), gipoproteinemiya, tungi apnoe (aniqlangan yoki taxmin qilingan)da ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Oksazepamni uzoq muddat (bir necha oy davomida) qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki dori vositasiga qaramlik rivojlanishi mumkin. Uzoq muddatli davolashda jigar funksiyasi va periferik qon holatini nazorat qilish zarur.
Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Davolash davrida transport vositalarini boshqarmaslik va diqqatni oshirishni talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanmaslik kerak; alkogol iste’mol qilmaslik kerak.
Og‘iz orqali kontratseptivlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda oksazepam samaradorligi kamayadi.
Bir vaqtda qo‘llanganda zidovudin biofoydalanishi mo‘tadil oshadi va bosh og‘rig‘i rivojlanish tezligi oshadi.
Fenitoin bilan bir vaqtda qo‘llanganda oksazepamning qon plazmasidagi konsentratsiyasi kamayish xavfi mavjud.
Etanol bilan bir vaqtda qo‘llanganda markaziy asab tizimiga susaytiruvchi ta’siri kuchayadi.
Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.