-
Tarkibi
Har bir ampulada mavjud:
faol modda: prokain - 5 mg;
yordamchi moddalar: xlorid kislotasi eritmasi 0,1 M pH 3,8-4,5 gacha; in'ektsiya uchun suv - 1000 ml gacha.
-
Qo'llanilishi
O'tkazuvchi va infiltratsion anesteziya uchun.
Orqa miya va epidural anesteziya uchun ishlatib bo'lmaydi!
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
preparat tarkibiy qismlariga (jumladan, PABK va boshqa mahalliy anesteziklar - efirlarga) yuqori sezuvchanlik;
miasteniya;
sulfanilamidlar bilan davolash;
15 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
Spinal va epidural anesteziya uchun ishlatmang!
Ehtiyotkorlik bilan:
yurak-qon tomir tizimi funksiyasi buzilganda;
yurak yetishmovchiligida.
-
Qo'llash usuli
Individual, anesteziya turi, yuborish yo'li, ko'rsatmalarga qarab. 15 yoshdan katta o'smirlar va kattalarda qo'llaniladi, doza o'rtacha tana vazniga hisoblanadi. Asosan, o'tkazuvchi anesteziya uchun dori vositasining minimal dozasi yetarli bo'ladi.
O'tkazuvchi anesteziya uchun - eritmaning 25 ml gacha.
Infiltratsion anesteziya uchun - 25 ml dori vositasi 25-50 ml 9 g/l natriy xlorid eritmasi bilan suyultirib, to'qimalarni qatlamma-qatlam shimdirish yo'li bilan.
Tomirlarning okklyuzion shikastlanishlari, arterioskleroz yoki innervatsiya buzilishi, qandli diabeti bo'lgan bemorlarda doza uchdan birga kamaytirilishi kerak. Jigar yoki buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda, ayniqsa dori vositasi qayta qo'llanilganda, dozani kamaytirish tavsiya etiladi.
Bolalar: ushbu dori vositasini bolalarda qo'llash tajribasi yo'q. Bolalarda qo'llash uchun maksimal doza 15 mg/kg gacha.
Qariyalar: dozani bemorlarning umumiy holatiga muvofiq tuzatish tavsiya etiladi.
Dori vositasini qayta qo'llash taxifilaksiya (dori vositasiga tezda toqatlilik rivojlanishi) yoki qaytariluvchi samaradorlik yo'qolishiga olib kelishi mumkin. Dori vositasi ampula ochilgandan so'ng darhol ishlatilishi kerak. Ishlatilmagan qoldiqlar yo'q qilinadi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Yurak-qon tomir tizimidan: dori vositasining qon plazmasidagi konsentratsiyasi oshganda arterial bosim biroz oshadi, odatda novokainning ijobiy inotropik va ijobiy xronotropik ta'siri ta'sirida. Novokain EKGda o'zgarishlarga olib kelishi mumkin: T to'lqini tekislanishi va ST segmentining qisqarishi.
Arterial bosimning pasayishi ortiqcha dozalanishning birinchi belgisidir, ya'ni dori vositasining kardiotoksik ta'siri.
Markaziy va periferik nerv tizimidan: perioral paresteziya, bezovtalik, deliriy, klonik-tonik tutqanoqlar
Allergik reaksiyalar: qichish, angionevrotik shish, bronxospazm, qon aylanish tizimining reaksiyasi sifatida nafas olish sindromi tasvirlangan (kamdan-kam hollarda 0,01% dan kam).
Mahalliy allergik va pseudoallergik reaksiyalar kontakt dermatiti ko'rinishida, eritema, eritma bilan aloqa qilishda qichishish, hatto pufakchalar hosil bo'lishigacha.
-
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Mahalliy anestezik vosita o‘rtacha anestezik faollikka va keng terapevtik ta’sir doirasiga ega. Bosh miya po‘stlog‘ining motor zonalari, miokard va periferik xolinoreaktiv tizimlarning qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi, gangliobloklovchi ta’sir ko‘rsatadi, shu jumladan silliq mushaklarga spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi; atsetilxolin hosil bo‘lishini kamaytiradi.
Kuchsiz asos bo‘lib, Na+- kanallarini bloklaydi, sezuvchi nervlarning uchlarida impulslar hosil bo‘lishiga va nerv tolalari bo‘ylab impulslar o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Nerv hujayralari membranalarida harakat potensialini o‘zgartiradi, dam olish potensialiga aniq ta’sir ko‘rsatmasdan. Nafaqat og‘riq, balki boshqa modalitetdagi impulslarning ham o‘tishini bostiradi. Lidokain va bupivakain bilan solishtirganda, prokain kamroq anestezik ta’sir ko‘rsatadi va shu sababli nisbatan past toksiklikka va kengroq terapevtik doiraga ega.
Farmakokinetikasi
Shilliq qavatlar orqali yomon so‘riladi. Parenteral yuborilganda yaxshi so‘riladi, tezda plazma va to‘qimalar esteralari tomonidan gidrolizlanadi va ikki asosiy farmakologik faol metabolitlar hosil qiladi: dietilaminoetanol (o‘rtacha tomir kengaytiruvchi ta’sirga ega) va PABK (sulfanilamid kimyoterapevtik dori vositalarining raqobatbardosh antagonisti bo‘lib, ularning antimikrob ta’sirini susaytirishi mumkin). T1/2 - 0,7 daqiqa. Asosan buyraklar orqali metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi - 80%.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Novokainni antikoagulyantlar (masalan, geparin), nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar yoki plazma o‘rnini bosuvchi vositalar bilan birga og‘riq sindromini davolashda qo‘llash nafaqat qon ketishining oshishiga, balki tomirlarning shikastlanishiga va massiv qon ketishlarga olib kelishi mumkin.
Xavf guruhidagi bemorlarda (hatto geparin past dozalarda tromboz profilaktikasi uchun buyurilganda ham) Novokain qo‘llashdan oldin qon ivish vaqti va aktiv qisman tromboplastin vaqti (AQT) aniqlanishi kerak. Novokain va nofraksionlangan geparin birga tromboz profilaktikasi uchun buyurilganda inʼektsiyalar ayniqsa ehtiyotkorlik bilan bajarilishi lozim. Davolash davrida transport vositalarini boshqarishda va yuqori diqqat va tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida dori vositasi faqat onaga foydasi homila va bolaga potensial xavfdan ustun bo‘lsa qo‘llaniladi.
Preparat yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasligi va bolalar ololmaydigan joyda saqlanishi kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlar: teri va shilliq qavatlarning oqarishi, bosh aylanishi, qusish, "sovuq" ter, og'iz atrofida paresteziya, tilning uvishishi hissi, nafas olish tezlashishi, taxikardiya, arterial bosimning pasayishi, kollapsgacha, apnoe, metgemoglobinemiyagacha. Markaziy asab tizimiga ta'siri qo'rquv hissi, gallyutsinatsiyalar, tutqanoq, harakatli qo'zg'alish bilan namoyon bo'ladi.
Davolash: adekvat o'pka ventilyatsiyasini kislorod inhalatsiyasi bilan ta'minlash, qisqa ta'sir qiluvchi umumiy anesteziya uchun dori vositalarini tomir ichiga yuborish, og'ir hollarda - detoksikatsion va simptomatik terapiya.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Preparat markaziy asab tizimiga boshqa mahalliy anesteziklar, umumiy narkoz vositalari, uyqu dorilari, sedativ preparatlarning tormozlovchi ta’sirini kuchaytiradi, sulfanilamidlarning antimikrob ta’sirini susaytiradi.