Nojo´ya ta´sirlar
Nojo‘ya reaksiyalar uchrashish tezligi quyidagicha tasniflanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan < 1/10 gacha), kamdan-kam (≥1/1000 dan < 1/100 gacha), kam (≥1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam (< 1/10000), alohida xabarlarni o‘z ichiga oladi. Mahalliy reaksiyalar: kamdan-kam - ko‘p shaklli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromini o‘z ichiga oladi), ekzema; kam - bullyoz dermatit; juda kam - kontakt dermatiti (qichishish, giperemiya, ishlov berilgan teri sohasining shishishi, püstulyoz toshma, papulyoz-vezikulyoz toshmalar, qobiq tashlash).
Gelni terining katta yuzalariga, uzoq muddat davomida surtishda, diklofenakning tizimli nojo‘ya ta’sirlari rivojlanishi mumkin.
Tizimli reaksiyalar: kam - umumiy teri toshmasi, allergik reaksiyalar (urtikariya, angionevrotik shish, bronxospastik reaksiyalar), astma, fotosensibilizatsiya; juda kam - anafilaktik reaksiyalar (shokni o‘z ichiga oladi). Agar ko‘rsatilgan nojo‘ya reaksiyalardan birortasi kuchaysa yoki siz boshqa, yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya ta’sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.