Dorilarning o'zaro ta'siri
Galantamin morfin va uning analoglarining nafas olish markaziga tormozlovchi ta’sirini antagonizatsiya qiladi.
Galantamin boshqa xolinomimetiklar (masalan, ambenoniy, donepezil, neostigmin, piridostigmin yoki tizimli qo‘llaniladigan pilokarpin) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ularning xolinomimetik ta’siri kuchayishi mumkin, shu sababli ular bir vaqtda qo‘llanilmasligi kerak.
Galantamin antixolinergik vositalar (atropin va shunga o‘xshash moddalar), geksametoniy va boshqa ganglioblokatorlar, nedepolyarizatsiyalovchi miorelaksantlar (tubokurarin) ta’sirini antagonizatsiya qiladi.
Birga qo‘llanilganda galantamin yurak urish tezligini sekinlashtiruvchi dori vositalari, masalan, digoksin, beta-blokatorlar, kalsiy kanali blokatorlari va amiodaron bilan summativ o‘zaro ta’sirga kirishi va ularning ta’sirini kuchaytirishi mumkin.
Prokainamid, terapevtik ta’siri qisman antixolinergik faollik bilan bog‘liq bo‘lgan, galantamin bilan bir vaqtda qo‘llanilmasligi kerak, chunki u galantamining terapevtik ta’sirini kamaytirishi mumkin.
Aminoglikozidlar (gentamitsin, amikatsin) galantamining nerv-mushak o‘tkazuvchanligiga terapevtik ta’sirini, shuningdek, miasteniya gravis kasalligida galantamining terapevtik ta’sirini kamaytirishi mumkin.
Depolyarizatsiyalovchi nerv-mushak blokatorlari (suksametoniy) ta’sirining kuchayishi galantamin bilan birga va ayniqsa psevdoxolinesteraza yetishmovchiligi holatlarida kuzatilishi mumkin.
Farmakokinetik dori va boshqa o‘zaro ta’sirlar.
Galantamin jigar izofermentlari CYP3A4 va CYP2D6 tomonidan metabolizatsiyalanadi. CYP2D6 (xinidin, paroksetin, fluoksetin) yoki CYP3A4 (ketokonazol, zidovudin, ritonavir, eritromitsin) ingibitorlari galantamin metabolizmi va uning qon plazmasidagi konsentratsiyasiga ta’sir ko‘rsatishi va uning biofoydalanishini oshirishi mumkin. Shu izofermentlar orqali metabolizatsiyalanadigan dori vositalari galantamin bilan farmakokinetik darajada o‘zaro ta’sirga kirishi mumkin. Bunday hollarda nojo‘ya reaksiyalar xavfi ortadi, shu sababli galantamining qo‘llab-quvvatlovchi dozasini kamaytirish tavsiya etiladi.
Tsimetidin galantamining biofoydalanishini oshirishi mumkin.
Galantamin varfarinning farmakokinetikasiga ta’sir ko‘rsatmaydi.