Dorilarning o'zaro ta'siri
Nimodipinni flluoksetin bilan uzoq muddat qo‘llanishi nimodipin kontsentratsiyasining o‘rtacha 50% ga oshishiga olib keladi. Flluoksetin kontsentratsiyasi sezilarli darajada kamayadi, shu bilan birga flluoksetinning faol metaboliti – norflluoksetin miqdori o‘zgarmaydi. Nimodipin va nortriptilinni bir vaqtda uzoq muddat qo‘llash nimodipin kontsentratsiyasining biroz kamayishiga olib keladi (shu bilan birga nortriptilin kontsentratsiyasi qon plazmasida o‘zgarmaydi). Galoperidol bilan uzoq muddatli terapiyada bo‘lgan bemorlarda nimodipin va galoperidol o‘rtasida dori vositalari o‘zaro ta’siri aniqlanmagan.
Zidovudin va nimodipinni bir vaqtda tomir ichiga buyurilishi zidovudin uchun AUC ning sezilarli oshishiga va uning taqsimlanish hajmi hamda klirensining kamayishiga olib keladi. Arterial bosimni pasaytiruvchi preparatlar bilan birga qo‘llanganda:
- diuretiklar
- beta-adrenoblokatorlar
- APF ingibitorlari
- AT-1 retseptorlar blokatorlari
- boshqa kalsiy antagonistlari
- alfa-adrenoblokatorlar
- metildopa
- fosfodiesteraza ingibitorlari
Nimodipin gipotenziya ta’sirini kuchaytirishi mumkin.
Potensial nefrotoksik preparatlar (masalan, aminoglikozidlar, tsefalosporinlar, furosemid) bilan bir vaqtda terapiya buyrak funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bunday davolash o‘tkazilganda, shuningdek, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda davolash diqqatli nazorat ostida o‘tkazilishi lozim. Buyrak funksiyasi buzilishi aniqlansa, nimodipin qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Nimodipinning infuzion eritmasi 23,7 hajm % spirt saqlaydi, spirtning boshqa dori vositalari bilan mumkin bo‘lgan o‘zaro ta’sirini hisobga olish zarur. Maymunlarda o‘tkazilgan tadqiqotda zidovudin va nimodipinni bir vaqtda buyurish va nimodipinni tomir ichiga bolyus tarzida yuborish zidovudin klirensining kamayishiga olib kelgan.