Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
1 ml eritma tarkibida
Faol moddalardan tiamin gidroxloridi 100% suvdan holi modda hisobida 50 mg, piridoksin gidroxloridi 100% quruq modda hisobida 50 mg, sianokobalamin 100% quruq modda hisobida 0,5 mg;
Yordamchi moddalardan lidokain gidroxlorid, benzil spirti, natriy polifosfat, kaliy geksatsianoferat III, 1 M natriy gidroksid eritmasi, in'ektsiya uchun suv.
Qo'llanilishi
Turli kelib chiqishli nevrologik kasalliklar: nevritlar, nevralgiyalar, polinevropatiyalar (diabetik, alkogolli), mialgiyalar, korek sindromi, retrobulbar nevrit, o'pka lishay, yuz nervi falaji.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik;
- yurak yetishmovchiligini dekompensatsiyalangan o'tkir shakli;
- yurak o'tkazuvchanligining o'tkir buzilishi;
- psoriaz;
- homiladorlik va emizish davri;
- bolalar yoshi.
Qo'llash usuli
Preparat sekin, chuqur mushakka yuboriladi. Kasallikning og'ir holatlarida va o'tkir og'riqda qonda vitaminlar darajasini tez oshirish uchun 2 ml eritma kuniga 1 marta mushak ichiga buyuriladi. Zo‘rayish bosilgandan so‘ng va kasallikning yengil shakllarida 2 ml 2-3 marta haftasiga buyuriladi. Davolash kursi kamida 1 oy davom etadi.
Nojo´ya ta´sirlar
Juda tez yuborilganda tizimli reaksiyalar (bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, aritmiya, bradikardiya, ortiqcha terlash, tutqanoq) bo‘lishi mumkin, ular tezda o‘tib ketadi.
Allergik reaksiyalar teri toshmasi va/yoki qichishish, nafas olishda qiyinchilik, Kvinke shishi, anafilaktik shok.
Yakka holatlarda – ortiqcha terlash, ugri toshmasi, eshakemi.
Maxsus ko'rsatmalar
Vitamin B12 ning mushak ichiga yuborilishi yuqori sezuvchanlikka ega bemorlarda anafilaktoid reaksiya chaqirishi mumkin. Bolalar. Preparatni bolalarda qo'llash xavfsizligi isbotlanmagan. Eritma benzil spirti saqlaganligi sababli, preparatni bolalarga qo'llash mumkin emas.
Avtotransport boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati. Avtotransport boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta'sir qilmaydi. Preparat yuborilgandan so'ng bosh aylanishi kuzatilgan bemorlar avtotransport boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdan tiyilishlari kerak.
Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng qo'llash mumkin emas va bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlash kerak.
Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida qo'llash mumkin emas.
Farmakologik xususiyatlari
Parenteral yuborilgandan so‘ng tiamin organizmda taqsimlanadi. Taxminan 1 mg tiamin har kuni metabolizatsiyalanadi. Metabolitlar siydik bilan chiqariladi. Defosforillanish buyraklarda sodir bo‘ladi. Tianning biologik yarim parchalanish davri 0,35 soatni tashkil etadi. Tiamin organizmda to‘planmaydi, chunki yog‘larda yomon eriydi.
Vitamin V6 fosforillanadi va piridoksal-5-fosfatgacha oksidlanadi. Qon plazmasida piridoksal-5-fosfat va piridoksal albumin bilan bog‘lanadi. Hujayra membranasi orqali o‘tish uchun albumin bilan bog‘langan piridoksal-5-fosfat gidrolizlanadi va piridoksalga aylanadi, bu jarayon ishqoriy fosfataza yordamida amalga oshiriladi.
Vitamin V12 parenteral yuborilgandan so‘ng tezda jigar, suyak iligi va boshqa organlar tomonidan so‘riladigan transport oqsil komplekslarini hosil qiladi. Vitamin V12 o‘tga o‘tadi va ichak-jigar aylanishida ishtirok etadi. Vitamin V12 platsenta orqali o‘tadi.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Tiamin sulfatlar saqlovchi eritmalar bilan o‘zaro ta’sirlanganda to‘liq parchalanadi. Vitamin V1 parchalanish mahsulotlari ishtirokida boshqa vitaminlar inaktivlanishi mumkin.
Levodopa saqlovchi preparatlar bilan birga qo‘llanganda levodopaning periferik dekarboksillanishi kuchayadi va uning antiparkinsonik ta’siri kamayadi.
Dozani oshirib yuborilishi
Sintomlari: nojo‘ya ta’sirlarning kuchayishi - bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, aritmiya, bradikardiya, ortiqcha terlash, tutqanoq.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!