-
Tarkibi
3 ml eritmada quyidagilar mavjud:
faol moddalari: tiamin gidroxlorid (vitamin B1) - 100,00 mg, piridoksin gidroxlorid (vitamin B6) - 100,00 mg, sianokobalamin (vitamin B12) - 1000,00 mkg;
yordamchi moddalari: kaliy sianid 0,1 mg, natriy gidroksid eritmasi 1 M 73,0 mg, in'ektsiya uchun suv 3 ml gacha.
-
Qo'llanilishi
Quyidagi nevrologik kasalliklarni kompleks davolashda:
polinevropatiya (shu jumladan diabetik va alkogolli) sababli yuzaga kelgan neyropatik og'riq;
nevritlar va nevralgiyalar:
uch shoxli nerv nevralgiyasi;
yuz nervi nevriti;
qovurg'alararo nevralgiya;
umurtqa kasalliklari sababli yuzaga kelgan og'riq sindromi (lyumboishialgiya, pleksopatiya, umurtqa degenerativ o'zgarishlari sababli yuzaga kelgan ildiz sindromi);
zona (opoyasyvayushchiy gerpes).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Bola yoshi.
-
Qo'llash usuli
Preparat mushak ichiga (yirik in'ektsiyalar son mushagiga) yuboriladi. Davolashni mushak ichiga 1 ampula (3 ml) kuniga bir marta yuborishdan boshlash tavsiya etiladi, o'tkir simptomlar bartaraf bo'lguncha.
Simptomlar yaxshilangandan so'ng yoki kasallik o'rtacha og'irlikda bo'lsa: bir ampula haftasiga 1-3 marta 2-3 hafta davomida.
Qo'llab-quvvatlovchi davolash, qaytalanishni oldini olish yoki davom etayotgan davolash kursini davom ettirish uchun Neyrolab preparatini boshqa dori shaklida (qobiq bilan qoplangan tabletkalar) qo'llash tavsiya etiladi.
Davolash davomiyligini shifokor belgilaydi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Preparatning nojo‘ya ta’sirlarining tez-tezligi quyidagicha baholanadi:
Juda tez-tez: >1/10.
Tez-tez: >1/100 <1/10.
Kam tez-tez >1/1000 <1/100.
Kamdan-kam: >1/10 000 <1/1000.
Juda kamdan-kam: <1/10 000, alohida xabarlarni o‘z ichiga oladi.
Tez-tezligi aniqlanmagan: mavjud ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
Tez-tezligi aniqlanmagan: B6 vitamini kunlik doza >50 mg bo‘lgan uzoq muddatli qo‘llanilishi (>6-12 oy) periferik sensor neyropatiyani chaqirishi mumkin.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar:
Tez-tezligi aniqlanmagan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og‘rig‘i.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar:
Juda kamdan-kam: gipersensitivlik reaksiyalari, masalan, terlash, taxikardiya, teri reaksiyalari (qichishish, toshma), anafilaktik shok.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar:
Tez-tezligi aniqlanmagan: yuborish joyidagi reaksiyalar.
-
Farmakologik xususiyatlari
Preparat B guruhi vitaminlari kompleksi neyrotrop faol moddalarning kombinatsiyasini o'z ichiga oladi. Tarkibidagi vitaminlar: tiamin (B1), piridoksin (B6) va sianokobalamin (B12) markaziy va periferik asab tizimida kechadigan oraliq metabolizmda kofermentlar sifatida alohida rol o'ynaydi. Asab tizimi metabolik jarayonlarida B1, B6 va B12 vitaminlarining birgalikdagi ta'siri alohida ahamiyatga ega bo'lib, ularning birga qo'llanilishini asoslaydi.
B guruhi vitaminlarining kombinatsiyalangan qo'llanilishi shikastlangan asab tolalarining regeneratsiya jarayonlarini tezlashtiradi. Kombinatsiyaning samaradorligi alohida komponentnikidan ustun ekani isbotlangan.
Boshqa vitaminlar kabi, ular organizm mustaqil sintez qila olmaydigan ajralmas ozuqa moddalardir. B1, B6 va B12 vitaminlarini terapevtik kiritish oziq-ovqat bilan ko'pincha yetarli miqdorda kelib tushmaydigan vitaminlar yetishmovchiligini to'ldiradi, bu esa organizmda zarur kofermentlar miqdorini ta'minlaydi.
Ushbu vitaminlarning asab tizimi turli kasalliklarida terapevtik qo'llanilishi, bir tomondan, mavjud yetishmovchilikni (kasallikning o'zi bilan bog'liq bo'lishi mumkin bo'lgan organizmning oshgan ehtiyoji tufayli) kompensatsiya qilishga, ikkinchi tomondan esa, asab to'qimalari funksiyasini tiklashga qaratilgan tabiiy mexanizmlarni rag'batlantirishga yo'naltirilgan.
Shu bilan birga, B guruhi vitaminlari kompleksining bilvosita analgezik ta'siri terapevtik natijaga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatni tomir ichiga yuborish tavsiya etilmaydi. Funikulyar miyeloz yoki pernisioz anemiyada klinik manzara, shuningdek, laborator tahlillar B12 vitamini yuborilganda o'ziga xosligini yo'qotishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Neyrolab preparatini qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki homiladorlikda qo'llash bo'yicha ma'lumotlar mavjud emas.
B1, B6 va B12 vitaminlari ona sutiga ajraladi, biroq yangi tug'ilgan chaqaloqda dozani oshirib yuborish xavfi aniqlanmagan. Ayrim hollarda B6 vitaminining yuqori dozalari (>600 mg kuniga) sut ajralishini bostirishi mumkin. Laktatsiya davrida preparatni qabul qilish zarur bo'lsa, emizishni to'xtatish kerak.
Avtomobil boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir ko'rsatmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Vitaminlar V1, V6 va V12 keng terapevtik diapazonga ega.
Preparat tavsiya etilgan dozalarda va rejimda qo'llanilganda dozani oshirib yuborish simptomlari kuzatilmaydi. Vitaminlarning yuqori dozalari uzoq muddat (2 oydan ortiq) vena ichiga yuborilganda intoksikatsiya simptomlari paydo bo'lishi mumkin.
Vitamin V1: tavsiya etilgan dozadan 100 martadan ortiq (>10 g) yuborilgandan so'ng kurarega o'xshash gangliobloklovchi effektlar, nerv impulslarini o'tkazilishining buzilishi kuzatilgan.
Vitamin V6: vitamin V6 ni kunlik doza >50 mg bo'lgan holda uzoq muddat (>6-12 oy) qo'llash periferik sensor neyropatiyani chaqirishi mumkin. Vitamin V6 ni kunlik doza 1 g dan ortiq bo'lgan holda 2 oydan ortiq davomiy qo'llash neyrotoksik effektlarni chaqirishi mumkin. Kuniga 2 g dan ortiq yuborilgandan so'ng gipoxrom anemiya va seborey dermatit, ataksiya bilan neyropatiya, sezuvchanlik buzilishi, elektroensefalogrammada o'zgarishlar bilan epileptiform tutqanoqlar holatlari tasvirlangan.
Vitamin V12: yuqori doza parenteral yuborilgandan so'ng ekzematöz teri buzilishlari va aknening benign shakli kuzatilgan.
Yuqorida ko'rsatilgan dozani oshirib yuborish simptomlari paydo bo'lsa, preparat bilan davolashni to'xtatish kerak. Zarur bo'lsa, simptomatik terapiya, shu jumladan desensibilizatsiyalovchi davolash buyuriladi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Bir vaqtda qo‘llanganda piridoksin levodopaning qarshi-parkinson ta’sirini kamaytirishi mumkin.
Piridoksin antagonistlari (masalan, izoniazid, gidralazin, penitsillamin yoki sikloserin) bilan birga qo‘llanganda piridoksinga ehtiyoj oshishi mumkin.
“Ilmali” diuretiklar, masalan, furosemid, kanalikulyar reabsorbtsiyani bloklashi mumkin, shu tariqa, uzoq muddatli qo‘llashda tiamin ekskresiyasini kuchaytiradi, bu esa qonda tiamin miqdorining kamayishiga olib keladi.
Preparatni boshqa dori vositalari bilan bir shpritsda aralashtirish tavsiya etilmaydi.
Vitamin V1 sulfitlar saqlovchi eritmalar bilan o‘zaro ta’sirlanganda to‘liq parchalanadi.