Maxsus ko'rsatmalar
Bubni buyrak yetishmovchiligi, qalqonsimon bezning gipergfunktsiyasi, allergik kasalliklar, psoriaz, 65 yoshdan katta shaxslar va qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Beta-adrenoblokatorlarni bekor qilish asta-sekin, 10 kun davomida (YUIK bo‘lgan bemorlarda 2 haftagacha) amalga oshirilishi lozim.
Davo boshida QD va YUQni har kuni nazorat qilish kerak. Chekuvchilarda beta-adrenoblokatorlarning samaradorligi chekmaydiganlarga nisbatan pastroq. Nebivolol qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda glyukoza darajasiga ta’sir qilmaydi, biroq nebivolol ta’sirida gipoglikemik preparatlar qo‘llanilganda yuzaga keladigan gipoglikemiyaning ayrim belgilarini (taxikardiya, yurak urishining tezlashuvi) niqoblanishi mumkin. Psoriazli bemorlarda nebivololni qo‘llash zarur bo‘lsa, terapiyadan kutilayotgan foyda va psoriazning kuchayish xavfini diqqat bilan baholash kerak. Beta-adrenoblokatorlarni qalqonsimon bezning gipertrofiyasi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim, chunki beta-adrenoblokatorlar ta’sirida taxikardiya niqoblanishi mumkin.
Nebivolol periferik qon aylanishi buzilishining simptomlarini kuchaytirishi mumkin. Kontakt linzalar taqadigan bemorlar beta-adrenoblokatorlar fonida ko‘z yoshi suyuqligi ishlab chiqarilishi kamayishi mumkinligini hisobga olishlari kerak. Jarrohlik aralashuvlari o‘tkazilayotganda, bemor beta-adrenoblokatorlar qabul qilayotganini anesteziologga ma’lum qilish lozim. Qon plazmasida glyukoza miqdorini nazorat qilish 4-5 oyda 1 marta (qandli diabetli bemorlarda) amalga oshirilishi kerak. Buyrak funksiyasi laborator ko‘rsatkichlarini nazorat qilish 4-5 oyda 1 marta (keksalar uchun) amalga oshiriladi.
Homiladorlikda qo‘llash
Faqat qat’iy ko‘rsatmalar bo‘yicha (yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda bradikardiya, arterial gipotenziya, gipoglikemiya va nafas olish falaji rivojlanishi mumkinligi sababli) mumkin. Nebivolol qabul qilishni tug‘ruqdan 48-72 soat oldin to‘xtatish kerak. Agar bu mumkin bo‘lmasa, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni tug‘ruqdan keyin 48-72 soat davomida qat’iy nazorat qilish lozim.
Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Nebivolol psixomotor reaksiyalar tezligiga ta’sir qilmaydi. Nebivolol qabul qilinayotganda ba’zan bosh aylanishi va charchoq hissi paydo bo‘lishi mumkin, shuning uchun nebivolol qabul qilayotgan bemorlar potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan tiyilishlari kerak.