Qo'llash usuli
1 sprey-doza = dozatorga 1 marta qisqa bosish.
Kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lishida O‘RVI (5 kun davomida).
1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – har bir burun yo‘liga 2 sprey-dozadan kuniga 3-4 marta (bir martalik doza – 20 000 ME, sutkalik doza – 60 000-80 000 ME).
3 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – har bir burun yo‘liga 2 sprey-dozadan kuniga 4-5 marta (bir martalik doza – 20 000 ME, sutkalik doza – 80 000-100 000 ME).
14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – har bir burun yo‘liga 2 sprey-dozadan kuniga 5-6 marta (bir martalik doza – 20 000 ME, sutkalik doza – 100 000-120 000 ME).
Kattalarga – har bir burun yo‘liga 3 sprey-dozadan kuniga 5-6 marta (bir martalik doza – 30 000 ME, sutkalik doza – 150 000-180 000 ME).
Respirator virusli infeksiyalarni oldini olish uchun.
Bemor bilan kontaktda bo‘lganda va sovqotganda – yoshga mos dozalashga muvofiq kuniga 2 marta 5-7 kun davomida. Zaruriyat tug‘ilganda profilaktik kurslarni takrorlash mumkin. Bir martalik kontaktda bir marta purkash yetarli.
Mavsumiy kasallanish ko‘paygan davrda – yoshga mos dozalashga muvofiq ertalab bir marta 1-2 kunlik interval bilan.
Burun spreyi qo‘llash sxemasi:
- flakondan himoya qopqog‘ini yechish;
- purkagichni bosib faollashtirish (sinov purkash);
- vertikal holatda bo‘lib, nasadkaning uchini navbatma-navbat har bir burun yo‘liga joylashtirib, nasos-dozatorga bosish;
- qo‘llashdan so‘ng flakonni qopqoq bilan yopish.
Bola
1 yoshdan boshlab bolalarga qo‘llash mumkin.