Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Nazimet, 0,05%, 5 ml, burun tomchilari No1
Nazimet, 0,05%, 5 ml, burun tomchilari No1
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari nazimet, 0,05%, 5 ml, burun tomchilari no1
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tomchilar
  • Dozalash
    0,05%
  • Yaroqlilik muddati
    2 yil
  • Qadoqdagi soni
    5 ml 1 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    faol modda: oksimetazolin gidroxlorid - 0,1 mg, 0,25 mg va 0,5 mg. yordamchi moddalari: glitserin, natriy sitrat digidrat, limon kislotasi bezvodnaya, benzalkoniy xlorid, in'ektsiya uchun suv 1,0 ml gacha.
  • Qo'llanilishi
    burun shilliq qavatining yallig‘lanishi bilan kechuvchi o‘tkir nafas yo‘llari kasalliklari (burun oqishi);
    allergik rinit;
    vazomotor rinit;
    burun bo‘shlig‘i yondosh bo‘shliqlari yallig‘lanishida (sinusitlarda), evstaxit va o‘rta otitda drenajni tiklash uchun;
    diagnostik muolajalar oldidan burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining shishini bartaraf etish uchun.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    · oksimetazolingа yoki har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik;
    · atrofik rinit;
    · yopiq burchakli glaukoma;
    · Nazimet 0,025%, burun tomchilari 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilmasligi kerak;
    · Nazimet 0,05%, burun tomchilari 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilmasligi kerak;
    · transsfenoidal gipofizektomiyadan keyingi holat;
    · qattiq miya pardasida jarrohlik aralashuvlar (anamnezda).
    Extiyotkorlik bilan:
    · monoaminooksidaza ingibitorlari va arterial bosimni oshiruvchi boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bemorlarda (shu jumladan, ularni bekor qilgandan keyin 14 kun davomida);
    · ko‘z ichki bosimi oshgan bemorlarda;
    · yaqqol ateroskleroz va yurak-qon tomir kasalliklarining og‘ir shakllarida (yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, aritmiyalar);
    · tireotoksikoz, feoxromositoma va qandli diabetda;
    · porfiriyada;
    · surunkali buyrak yetishmovchiligida;
    · klinik siydik tutilishi simptomlari bilan prostata bezining giperplaziyasi bo‘lgan bemorlarda;
    · homiladorlik va laktatsiya davrida.
  • Qo'llash usuli
    Nazimet 0,01 %, 0,025 % va 0,05 % tomchilar intranazal qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Nazimet 0,01% burun tomchilari 4 haftagacha bo‘lgan go‘daklarda har bir burun yo‘liga 1 tomchidan kuniga 2-3 marta qo‘llaniladi. Hayotining 5-haftasidan 1 yoshgacha – har bir burun yo‘liga 1-2 tomchidan kuniga 2-3 marta. Quyidagi protseduraning samaradorligi ham isbotlangan: yoshga qarab 1-2 tomchi 0,01% eritma paxtaga tomizilib, burun yo‘llari artib chiqiladi. Nazimet 0,025 % burun tomchilari 1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga har bir burun yo‘liga 1-2 tomchidan kuniga 2-3 marta buyuriladi. Nazimet 0,05 % burun tomchilari kattalar va 6 yoshdan katta bolalarga har bir burun yo‘liga 1-2 tomchidan kuniga 2-3 marta buyuriladi. Preparatni 5-7 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas. Preparatni qayta buyurish faqat bir necha kundan so‘ng mumkin. Tavsiya etilgan dozadan yuqori dozada preparatni faqat shifokor nazorati ostida qo‘llash mumkin. Preparatning bir martalik dozasini kuniga 3 martadan ko‘p qo‘llash mumkin emas.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Ko‘p hollarda (≥ 1% dan < 10% gacha): burun shilliq qavatida kuydiruvchi yoki qurish hissi aksirish, ayniqsa sezgir bemorlarda. Kam hollarda (≥ 0,1% dan < 1% gacha): burun "tiqilishi" hissi (reaktiv gipereemiya); burundan qon ketishi. oshgan sezuvchanlik reaksiyalari (angionevrotik shish, toshma, qichishish). Noyob hollarda (≥ 0,01% dan < 0,1% gacha): yurak urishining tezlashuvi, pulsning tezlashuvi va arterial bosimning oshishi. Juda noyob < 0,01% va yakka hollarda: bezovtalik, uyqusizlik, charchoq (uyquchanlik, sedativ ta'sir), bosh og‘rig‘i, gallyutsinatsiyalar (ayniqsa bolalarda); aritmiyalar; chaqaloqlar va yangi tug‘ilganlarda apnoe; qon bosimi. Uzoq muddatli uzluksiz vazokonstriktor preparatlarni qo‘llash tahifilaksiya, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining atrofiyasi va burun shilliq qavatining qaytuvchi shishi (medikamentoz rinit)ga olib kelishi mumkin.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Nazimet – α (alfa)-adrenomimetik, imidazolin hosilasi, mahalliy qo‘llash uchun tomirlarni toraytiruvchi vositalarga kiradi. Intranazal yuborilganda preparat α2-adrenoretseptorlarni stimulyatsiya qiladi va burun bo‘shlig‘i shilliq qavati tomirlarini toraytiradi, natijada shish, giperemiya, ekssudatsiya kamayadi, burun orqali nafas olish tiklanadi, burundan ajralmalar kamayadi. Shilliq qavat shishi bartaraf etilgandan so‘ng, qo‘shimcha burun bo‘shliqlari uchun chiqaruvchi kanallar ochiladi va kengayadi. Bu burun bo‘shliqlari drenaj funksiyasini stimulyatsiya qiladi va bakterial asoratlar rivojlanishining oldini oladi. Nazimet shuningdek, evstaxiy naychasi atrofidagi shilliq qavat shishini kamaytiradi, evstaxit va o‘rta otitda drenajni yaxshilaydi.

    Faol moddaning antiviral, immunomodulyator va antioksidant ta’siri isbotlangan. Oksimetazolinning antiviral ta’siri, viruslar bilan infeksiyalangan hujayralar madaniyatidan foydalanilgan tadqiqotlar bilan tasdiqlangan (terapevtik yondashuv). Ushbu sabab-oqibatli ta’sir mexanizmi sovuq va burun oqishini keltirib chiqaruvchi viruslar faolligini bostirish orqali namoyon bo‘lgan, blyashka kamaytirish testi, viruslarning qoldiq infeksionligini aniqlash (viruslarni titrlash), shuningdek, virusli sitopatik ta’sirni inhibe qilish testi yordamida ko‘rsatilgan.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Oksimetazolin va tritsiklik antidepressantlar, monoaminooksidaza ingibitorlari traniltsipramin turi va boshqa gipertenziya ta’siriga ega preparatlarni bir vaqtda qo‘llash arterial bosimning oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, imkon qadar, bu preparatlarni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Mahalliy anestezik dori vositalarining so‘rilishini sekinlashtiradi, ularning ta’sirini uzaytiradi. Boshqa tomirlarni toraytiruvchi dori vositalarini birga buyurish nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish xavfini oshiradi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Preparatning ko‘zga tushishidan saqlaning. Infektsiyaning tarqalishini oldini olish uchun preparatni individual tarzda qo‘llash zarur. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va go‘daklarda davolash alohida ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. Preparat tarkibida konservant sifatida mavjud bo‘lgan benzalkoniy xloridga yuqori sezuvchanlik bo‘lsa, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim – preparatni uzoq muddat qo‘llashda burun shilliq qavatining shishishi yuzaga kelishi mumkin. Tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni uzoq muddat uzluksiz qo‘llash tahifilaksiya, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining atrofiyasi va medikamentoz rinitga olib kelishi mumkin. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanganda tavsiya etilgan dozalardan oshirmaslik kerak. Preparat faqat ona va homila yoki bolaga foyda va xavf nisbati sinchiklab baholangandan so‘ng qo‘llanilishi lozim. Dori vositasining transport vositalarini boshqarish yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilish xususiyatlari Tavsiya etilgan dozadan yuqori dozalarda va uzoq muddat qo‘llanganda, tarkibida oksimetazolin bo‘lgan burun uchun vositalarning yurak-qon tomir tizimi va markaziy asab tizimiga umumiy ta’siri istisno qilinmaydi. Bunday hollarda transport vositalarini boshqarishda va yuqori diqqat-e’tibor va tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Alisher
    ico ico ico ico ico
    Качественный продукт, хорошо увлажняет слизистую оболочку носа. Рекомендую
    06 August 2024
    0
    0
  • Gulnara
    ico ico ico ico ico
    Отличные капли, помогли мне с насморком. Быстрая доставка от Oxymed.
    06 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico