Nojo´ya ta´sirlar
Tashqi qo‘llanilganda dori odatda yaxshi o‘tadi. Quyida keltirilgan nojo‘ya hodisalar anatomofiziologik tasniflash va uchrashish chastotasi bo‘yicha ro‘yxatga olingan. Nojo‘ya ta’sirlarning paydo bo‘lish chastotasi Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) bo‘yicha aniqlanadi va quyidagi tasnifga ega: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 va <1/10), kamdan-kam (≥1/1000 va <1/100), juda kam (≥1/10000 va <1/1000), juda juda kam (<1/10000, alohida holatlarni o‘z ichiga olgan holda), aniqlanmagan.
Terida va teri osti to‘qimalarida buzilishlar: kamdan-kam qichish, juda kam toshma, quruqlik; lokal nimesulid shakllarini qo‘llaganda terining rangining o‘tkinchi o‘zgarishi mumkin (dori vositasini to‘xtatishni talab qilmaydi). Dori keng teri maydonlariga surtilganda yoki uzoq muddat qo‘llanganda nimesulidga xos bo‘lgan tizimli nojo‘ya reaksiyalarning rivojlanishi istisno qilinmaydi: yurak qizishi, qayt qilish, qusish, diareya, oshqozon og‘rig‘i, oshqozon-ichak yo‘llarining shilliq qavatining yaralanishi, "jigar" transaminazlarining faolligini oshishi: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; suyuqlikni ushlab qolish, gematuriya; allergik reaksiyalar (anafilaktik shok, teri toshmasi); trombotsitopeniya, leykopeeniya, anemiya, agranulotsitoz, qon ketish vaqtining uzayishi. Agar ko‘rsatilgan nojo‘ya ta’sirlar kuchayib ketsa yoki siz ko‘rsatib o‘tilmagan boshqa nojo‘ya ta’sirlarni sezsangiz, buni shifokorga xabar qiling.