-
Qo'llanilishi
endogen va ekzogen zaharlanishlarda, suvsizlanishni tiklashda, diareya, toksik dispepsiya, ichak tutilishi, gipoxloremik alkalozda, dori vositalarini eritish uchun. Bundan tashqari, natriy xloridning izotonik eritmasi yaralarni, ko'z kon'yunktivasini, qorin va plevra bo'shliqlarini, qin, siydik pufagini yuvish uchun qo'llaniladi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
gipernatriemiya; • atsidoz; • giperxloremiya; • gipokaliemiya; • gipergidratatsiya; • tsirkulyator buzilishlar, bosh miya va o‘pka shishiga tahdid soluvchi; • bosh miya shishi, o‘pka shishi; • glyukokortikosteroidlarni katta miqdorda birga qo‘llash; • o‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi. Ehtiyotkorlik bilan • dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi; • surunkali buyrak yetishmovchiligi (oligo-, anuriya); • buyrak funksiyasining buzilishi (izotonik eritmaning katta hajmlari uchun); • yurak yetishmovchiligi; • arterial gipertenziya; • periferik shishlar
-
Qo'llash usuli
Kiritishdan oldin flakonni vizual tekshirish zarur. Eritma shaffof bo‘lishi kerak, unda zarrachalar va cho‘kma bo‘lmasligi lozim. Flakon butunligi va germetikligi saqlangan bo‘lsa, preparat foydalanishga yaroqli deb hisoblanadi. Odatda natriy xloridning izotonik eritmasi tomchilab vena ichiga yuboriladi. Kiritishdan oldin eritma flakoni 35-37°C gacha isitiladi. Kiritiladigan eritma hajmi bemorning holati, suyuqlik yo‘qotilishi, qon plazmasidagi natriy va xlor ionlari miqdoriga bog‘liq. Infuziya tezligi individual tanlanadi. Zaruriyat tug‘ilganda 0,9% izotonik natriy xlorid eritmasining kichik hajmi tez yuborilishi mumkin. Eritmaning katta hajmi kiritilganda, bemor vazni 70 kg bo‘lsa, preparat vena ichiga tomchilab soatiga 500-600 tomchi tezlikda yuboriladi. Katta miqdorda suyuqlik yo‘qotilganda, zaharlanishlarda kuniga 3000 ml gacha izotonik natriy xlorid eritmasi yuborilishi mumkin. 0,9% izotonik natriy xlorid eritmasi teri ostiga, bo‘shliqlarga va to‘g‘ri ichakka yuborilishi mumkin. Shuningdek, 0,9% izotonik natriy xlorid eritmasi yaralar va shilliq qavatlarni yuvish uchun ishlatiladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Qusish, qusish, diareya, oshqozon spazmlari, chanqoq, ko'z yosh to'kish, terlash, isitma, takikardiya, arterial gipertoniya. Buyrak funksiyasining buzilishi, shish, nafas qisilishi, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, bezovtalik, zaiflik, mushaklarning titrashi va gipertonusi. Katta miqdordagi eritma kiritilishi xloridli acidozga, gipergidratatsiyaga, gipokalemiyaga olib kelishi mumkin.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Izotonik eritma gidrofil dori vositalari bilan aralashtirilishi mumkin.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Izotonik natriy xlorid eritmasi katta hajmlarda yuborilganda, qon plazmasidagi elektrolitlar miqdorini nazorat qilish zarur. Homilador va emizikli ayollarda qo'llash mumkin. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat kam toksik. Dozani oshirib yuborish holatlari qayd etilmagan.
-
Farmakologik xususiyatlari
Izotonik eritma. Dehidratatsiya paytida organizmdagi suyuqlik yetishmovchiligini to'ldiradi. Natriy va xlor ionlari hujayra tashqarisidagi suyuqlikning eng muhim noorganik komponentlari bo'lib, qon plazmasi va hujayra tashqarisidagi suyuqlikning mos osmotik bosimini saqlab turadi. Natriy xlorid organizmga oziq-ovqat bilan kiradi. Odatda inson kuniga taxminan 10 g (170 mmol) natriy xlorid iste'mol qiladi va bu miqdor organizmda elektrolit muvozanatini saqlashga imkon beradi. 0,9% natriy xlorid eritmasi qon plazmasiga nisbatan izotonik bo'lib, tibbiy amaliyotda keng qo'llaniladi. Izotonik natriy xlorid eritmasi tirnash xususiyati bermagani uchun, uni parenteral yuborish, yaralar va shilliq qavatlarni yuvish uchun ishlatish mumkin. Natriy xlorid eritmasi qon plazmasiga nisbatan izotonik bo'lgani uchun, u qon tomirlaridan tezda chiqariladi va faqat vaqtincha tomirlardagi suyuqlik hajmini oshiradi, shu sababli preparatning katta qon yo'qotishlari va shokda samaradorligi past.