-
Qo'llanilishi
Arterial gipotenziya (past arterial bosim), nevrastenik sindrom, astenik sindrom, jismoniy va ruhiy haddan tashqari charchash, uzoq va og'ir, shu jumladan infeksion kasalliklardan so'ng tiklanish davri, gipotonik tipdagi neyrotsirkulyator distoniya, nevrasteniya asosida jinsiy funksiyaning zaiflashuvi bo'yicha kompleks terapiyada.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, emizish davri, uyqu buzilishlari, o‘tkir infeksion kasalliklar, arterial gipertenziya (arterial bosimning oshishi), yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, epilepsiya, tutqanoq holatlari, qon ketish, surunkali jigar kasalliklari, bolalar yoshi (12 yoshgacha).
Ehtiyotkorlik bilan: miya kasalliklari, alkogolizm, bosh miya jarohati.
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali ovqatdan 30-40 daqiqa oldin 15-25 tomchidan kuniga 2-3 marta.
Davolash kursi 30-40 kun.
Qayta kurs o'tkazish maqsadga muvofiqligi shifokor tomonidan belgilanadi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar, taxikardiya, bosh og'rig'i, uyqu buzilishlari, arterial bosimning oshishi va gipoglikemiya.
-
Farmakologik xususiyatlari
Jenshen damlamasi markaziy asab tizimini stimulyatsiya qiladi, umumiy toniziruvchi, gipertenziyalik va gipoglikemik ta'sir ko'rsatadi: ishtahani yaxshilaydi, arterial bosimni oshiradi, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, jinsiy funksiyani stimulyatsiya qiladi; umumiy holsizlikni, ortiqcha charchoqni, uyquchanlikni kamaytiradi; qonda xolesterin va shakar miqdorini pasaytiradi, buyrak usti bezlari po'stlog'i faoliyatini faollashtiradi.
Farmakologik faollik triterpen glikozidlari (panaksozidlar, panakvilon, panaksin), efir va yog'li moylar, pektin moddalar, vitaminlar, mikro- va makroelementlar, shuningdek fitoestrogenlar va daukosterin tarkibi bilan bog'liq.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatni uyqu buzilishini oldini olish uchun kunning ikkinchi yarmida qo'llash tavsiya etilmaydi.
Ta'sirining aniq ifodalangan mavsumiyligi mavjud: kuz va qishda qo'llash eng samaralidir.
Preparatning maksimal sutkalik dozasida 0,7 g absolyut etil spirti, maksimal bir martalik dozasida esa 0,23 g absolyut spirt mavjud.