Maxsus ko'rsatmalar
Gipersensitivlik reaksiyalari rivojlangan taqdirda davolashni to'xtatish kerak.
Muskomed krem faqat butun teriga surtilishi kerak, ochiq yaralarga tushishidan saqlanish lozim. Surtilgandan so'ng o'ramli bog'lam qo'yish tavsiya etilmaydi. Preparatning ko'zga va shilliq qavatlarga tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Muskomed homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas.
Pediatriyada qo'llanilishi
Preparat 15 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llash mumkin emas.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatmaslik kerak.
Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida avtomobil boshqarishda va yuqori diqqat va psixomotor tezlik talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyatlarni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.