Extiyotkorlik bilan
Faol moddalari: Vitamin A-800 mkg, Vitamin C-80 mg, Vitamin D3-400ME, Vitamin E-11ME, Tiamin (B1)-1,5 mg, Riboflavin (B2)-1,5 mg, Niasinamid (B3)-18 mg, Piridoksin (B6)-2 mg, Vitamin B12-2,6 mkg, Foliy kislotasi (B9)-500 mkg, Kalsiy-250 mg, Temir-25 mg, Sink-10 mg.
Yordamchi moddalari: sariq asal mumi, gidrogenizatsiyalangan soya yog‘i I, gidrogenizatsiyalangan soya yog‘i II, tozalangan soya yog‘i, soya lecitini, limon kislotasi suvdan holi, jelatin, glitserin, sorbitol, qora temir oksidi, sariq N6, qizil temir oksidi, tozalangan suv.
Chiqarilish shakli: yumshoq jelatin kapsulalar.
Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik
Homiladorlik davrida va tug‘ruqdan keyin kuniga 1 kapsuladan ovqat vaqtida suv bilan yoki shifokor tavsiyasiga ko‘ra.
Preparatni qo‘llash tavsiya etiladigan davomiyligi homiladorlik rejalashtirilganda homiladorlik boshlanishidan 1 oy oldin, butun homiladorlik va emizish davrida.Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchasi. Kompleks homiladorlik va emizish davrida ayolning ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun maxsus ishlab chiqilgan.
Vitamin A turli moddalar (oqsillar, lipidlar, mukopolisaxaridlar) sintezida ishtirok etadi va teri, shilliq qavatlar hamda ko‘rish organining normal funksiyasini ta’minlaydi.
Vitamin D3 homilador ayol organizmida kalsiy va fosfor muvozanatini saqlashda muhim rol o‘ynaydi.
Vitamin E (tokoferol) tabiiy antioksidant hisoblanadi.
B guruhi vitaminlari organizmda turli almashinuv turlarini tartibga soluvchi fermentlarning hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
Foliy kislotasi qon hujayralarining normal hosil bo‘lishi uchun zarur, eritropoezni rag‘batlantiradi, aminokislotalar sintezida ishtirok etadi.
Temir ona va bolaning normal moddalar almashinuviga yordam beradi.
Kalsiy suyak to‘qimalari shakllanishi, qon ivishi, nerv impulslarini o‘tkazish, skelet va silliq mushaklarning qisqarishida ishtirok etadi.
Sink homila skeletining normal shakllanishi va to‘qimalar regeneratsiyasi uchun zarur, ayrim gormonlar, jumladan insulin tarkibiga kiradi.
Vitamin C — tan olingan immunostimulyator. Yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega, erkin radikallarni neytrallashga va o‘pka hujayralarini ularning agressiv ta’siridan himoya qilishga yordam beradi.
Biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchasi, dori vositasi emas.
Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Yorug‘lik va namlikdan himoyalangan joyda 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati 2 yil.
Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.